Toshkent farmasevtika instituti Umumiy va Noorganik kimyo kafedrasi Mavzu: Kolloid eritmalarning optik xossalari. Ultramikroskopiya va Elektron mikroskopiya. Kolloid zarrachaning shakli, o’lchami va massasini o’lchash
Toshkent farmasevtika instituti Umumiy va Noorganik kimyo kafedrasi Mavzu:Kolloid eritmalarning optik xossalari.Ultramikroskopiya va Elektron mikroskopiya . Kolloid zarrachaning shakli, o’lchami va massasini o’lchash.
Bajardi: AKBAROV ADHAM
rejA:
1.KOLLOID SISTEMALARNING OPTIK XOSSALARI HAQIDA TUSHUNCHA
2.ULTRA MIKROSKOPIYA VA ELEKTRON MIKROSKOPIYA
3.KOLLOID ZARRACHANING SHAKLI O’LCHAMI VA MASSASINI O’LCHASH.
Ultramikroskop (ultra... va mikroskop) — oddiy mikroskop yordamida koʻrib boʻlmaydigan mayda zarralarni koʻrishga xizmat qiladigan optik asbob. U. koʻriladigan obʼyekt (zarralar)ni yoritish usuli bilan oddiy mikroskopdan farq qiladi. Oddiy mikroskoplarda qoʻllaniladigan obʼyektni yoritib kuzatish usuli oʻrniga, bunda qorongʻilashtirilgan maydon usulidan foydalaniladi. U.da obʼyektni yoritish uchun kuchli yorugʻlik manbai va juda katta yorugʻlik kuchiga ega boʻlgan optik tizimlar qoʻllaniladi. Bu usulda tekshirilayotgan obʼyekt (zarralar) nur bevosita kuzatuvchining koʻziga tushmaydigan qilib, yon tomondan juda kuchli yoritiladi. Har bir yoritilgan zarra kuzatuvchiga qorongʻi maydonda oʻzidan yorugʻlik sochib turuvchi yorugʻ nuqta boʻlib koʻrinadi. Turli xildagi U. yordamida turli dispers sistemalarpat zarralarning konsentratsiyasi va harakati aniklanadi.q.). U. yordamida 2YU’9 m gacha kattalikdagi zarralarni oʻrganish mumkin. Dastlabki U. 1903 yilda avstriya olimlari G.Zidentopf (1872—1940) va R. Zigmondi (1865—1929) tomonidan yaratilgan.
Ul’tramikroskop yordamida ma’lum hajmdagi zarrachalarning soni hisoblab topiladi, lekin zarrachaning shakl va o’lchamlarini bevosita aniqlab bo’lmaydi. Ul’tramikroskopda manbadan tushayotgan nur bilan ko’rinadigan nur bir-biriga perpendikulyar bo’ladi. Manbadan chiqqan nur mikroskopda tushmaydi, shuning uchun biz bu mikroskopda qorong’ilikni ko’ramiz. Agar manbadan chiqqan nur kolloid zarrachaga tushsa, kolloid zarracha bu nurni yoyadi, zarrachaning o’zi esa yorug’lik manbai bo’lib xizmat qiladi. Ul’tramikroskopdan foydalanib, zarrachaning o’lchamini hisoblab topsa bo’ladi. Bunda 1litr hajmda dispers faza miqdorini bilib, tekshirilayotgan sistemada zarrachalarning og’irligini bilish mumkin, ya’ni: m=nvd (2) bunda: m-barcha zarrachalarning og’irligi, n-soni aniq zarrachalar, v-bitta zarrachaning hajmi, d-dispers faza zichligi.