Gel xromatografiyaning qo‘llanilishi.
Gel xromatografiyasida shisha nayni gel bilan to‘ldirish
katta axamiyatga ega. Gel bilan to‘ldirish gel turi va ishlatilishi bilan bog‘liq. Agarda yumshoq gel
qo‘llanilsa gel avval ajratish uchun olingan erituvchida bo‘ktirilishi va shishirilishi kerak. YArim
qattiq gellardan foydalanilganda avval gel (suspenziyasi) bo‘tqasi tayyorlanadi, erituvchi bilan
aralashma zichligi quruq gel zichligiga teng bo‘lmog‘i kerak.
Gel xromatografiyasi uchun ichki diametri 8-10mm ga teng naychalardan foydalaniladi.
Naycha diametrini 50 mm gacha kattalashtirish effektivlikni oshiradi, lekin naycha diametrini
kamaytirish tavsiya etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |