Kimyoviy antiseptika- mikroblarga qarshi kurashish uchun turli kimyoviy
moddalardan foydalaniladi.
1. Galogenlar guruxi: xlorli birikmalar (xlorli oxak, xloramin B) va yod saqlovchi
birikmalar-yodning 5 %li spirtli eritmasi, Lyugol eritmasi (yod yoki kaliy yodni suvli yoki
spirtli eritmasi), yodanat (yodni sulfat bilan kompleks birikmasining suvli eritmasi) kiradi.
2. Oksidlovchilar: organik moddalar ishtirokida faol kislorodni ajratib mikrob
xujayrasida oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini buzadi. Vodorod peroksid, kaliy
permanganat, rux oksidi misol bo„ladi.
3. Kislota va ishqorlar guruxi: qo„lni, jarroxlik maydonini, asboblarini, jarroxlik
amaliyotida ishlatiladigan ip va materiallarni zararsizlantirish uchun keng qo„llaniladi.
Bunga pervomur (81ml,85 % chumoli kislotasiq171 ml 33% vodorod peroksid), bor
kislotasining 2-3 % li suvli eritmasi, kalsiylangan soda, nashatir spirti, natriy ishkori
kabilar.
4. Og„ir metall tuzlari guruxi: kuchli bakteritsid ta‟sirga ega bulib, rezina perchatkalar
va jarroxlik ipini zararsizlantirishda keng ishlatiladi. Sulema (1: 1000 simob xlorid suvli
eritmasi), kumush nitrat (5-10% li eritmasi), ksiroform (3-10% malxam mazi va upasi)
ishlatiladi.
5. Spirtlar guruxi: etil spirti amaliyotda keng qo„llaniladi. 70% lisi yuqori bakteritsid
ta‟sirga ega bo„lib, jarroxlik maydoni, asboblar, qulni, ipni tozalash uchun ishlatiladi.
6. Aldegidlar guruxi: formaaldegid- gazsimon modda, suvda yaxshi eruvchan, 40% li
eritmasi-formalin insrumentlar, drenajlar, qo„lqoplarni zararsizlantirishda ishlatiladi.
7. Bo„yoqlar va nitrofuranlar: brilliant yashili 0,1-2%li spirtli eritmasi yiringli
yallig„lanishlarda sirtga, metilen ko„kining 1-2% li spirtli eritmasi kuyganda ishlatiladi.
Furatsilin eritmasi 0,02 % sirtga qullaniladi.
Antiseptik moddalar bemor tanasidagi mikroblarni, dezinfeksiyalovchi moddalar esa
tashqi muxitdagi mikroblar ( kiyimi, tushagi,axlati, balg‘amini va b.sh) ni o‘ldirish uchun
qo‘llaniladi.
Aseptika-jarohatgaga mikroblar tushishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar
majmuasi. Mikroblar jarohatga tashqi muhitdan (ekzogen infeksiya) havo-tomchi yo„li,
og„iz orqali, jaroxatda qoldirilgan buyumlar – drenaj va b. orqali, ya‟ni implantatsion yo„l
bilan tushishi mumkin. Bundan tashqari infeksiya qo„zg„atuvchilari teri, nafas yo„llari,
hazm yo„llarida mavjud bo„lib, limfa va qon orqali jarohatga tushishi mumkin (endogen
infeksiya).
Ma‟lumki, jarroxlik amaliyotidan keyingi yiringli asoratlarni olishda operatsiya
blokining ish tartibi katta ahamiyatga ega. Operatsiya bloki xonalari oson tozalanadigan,
suv o„tkazmaydigan materiallardan qilinib, qat‟iy ravishda zonalarga bo„linadi. Bular
quyidagilar: 1-zona-qat‟iy rejim zonasi-operatsiya xonalari kiradi, 2-operatsiya oldi zonasi,
3-zonaga qon, ko„chuvchi tibbiy apparatlar va b. saqlanadigan xonalar kiradi. 4-zonaga
yordamchi xonalar kiradi.
Qontakt infeksiyalarning jarohatga tushishini oldini olish maqsadida jarroh qo„lini
turli usullar bilan zararsizlantiradi. Qo„lni zararsizlantirishda Spasokukotskiy-Kochergin,
Alfeld usullaridan, serigel, degmen, degmitsid bilan yuvish usullaridan foydalaniladi.
Jarrohlik
amaliyotida
ishlatiladigan
asboblarni,
oqlik
va
bog„lov materiallarini
zararsizlantirishda serilizatsiyaning turli usullaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |