Dori-darmonlarni qo`llanilishi.
Dori vositalari kasallikning oldini olish, unga davo qilish uchun tanaga yuborilishi
yoki sirtdan kullanishi kerak. Dori vositalari tanaga asosan 2 yo`l bilan kiritiladi: enteral va
parenteral.
Enteral yo`l (dorilarni me‟da – ichak yo`li orkali tanaga kiritish) xar tomonlama kulay
va oson xisoblanadi. Dori moddalarini ogiz orkali kabul kilish, til ostiga kuyish usullaridan
foydalaniladi. Dorilarni ogiz orkali kabul qilish eng tabiiy yo`ldir. Ogiz orkali poroshoklar,
tabletkalar, suyuk dorilar ichiladi.
Dorilarni tugri ichak orkali yuborish. Bu usul dorini ogiz orkali kabul kila
olmaydigan: kusadigan, yuta olmaydigan, xushsiz yotgan bemorlar dori ichishdan bosh
tortadiganlarga dori yuborish imqonini beradi. Bu klizmani utkazishdan 15-20 daqiqa
avvalroq bemorga tozalovchi klizma utkazish lozim. Tugri ichakka yuborish uchun
tomchilar va dorili klizmalardan foydalaniladi. Dorini harorati 38-390 S bulishi lozim.
Dori moddalarini parenteral yuborish (in‟eksiya). Dorilarni bu yo`l bilan tanaga
kiritish murakkabrok xisoblanadi va tibbiyot xodimlari tomonidan bajariladi. Bu usulning
asosiy afzalliklari yuborishning tezligi va dozasining anikligidir. In‟eksiya deb dori
moddalarini shprits yordamida teri orasiga, teri ostiga, mushak orasiga, venaga, suyak
tukimasiga, orka miya bushligiga, bug„im bushliqlariga dori yuborishga aytiladi. Dori
vositalarini in‟eksiya qilish aseptik sharoitda bajarilishi kerak: dori eritmasi, shprits va
boshkalar sterillangan bulishi shart. Aks xolda organizmga kasallik kuzgatuvchi mikroblar
tushib, infeksion asoratlar rivojlanishi mumkin. In‟eksiyalar uchun shpritslar va ignalardan
foydalaniladi. SHprits turlari: rekord, lyuer, bir marta ishlatiladigan shpritslar,.Jane
shpritsi. SHprits ichi bush silindrdan iborat. Sungi vaktlarda bir marta ishlatishga
muljallangan shpritslar keng kullanmokda. Ular plastmassadan kilinadi va fabrika
sharoitida sterillanadi. Bunday shprits ayniksa birinchi yordam kursatishda kulaydir. Igna
oddiy yoki zanglamaydigan pulatdan tayyorlanadi. SHprits yigishdan oldin xamshira kulini
ilik suv bilan sovunlab yuvishi, kulini sochikka artmay turib unga spirt surtishi lozim.
In‟eksiyadan oldin bemor terisini spirt xullangan paxta bilan artish kerak. Kaynatilgan
shprits sovib bulgandan sung yigiladi. Ignaga kul tekkizish kat‟iy man etiladi.
Kup marta ishlatiladigan shpritslar 60 dakika davomida kaynatiladi6 Bir marta
ishlatishga muljallangan shpritslarni ishlatishdan oldin kogozda kursatilgan muddatiga,
kogozini germetik xolatiga e‟tibor kilishi kerak.
Teri orasiga in‟eksiya kilish. Teri orasiga in‟eksiyalar tashxis maksadida kilinadi.
Mantu (sil kasalligini aniklash uchun), dorilarga organizmni sezuvchanligini aniklash
uchun xam teri orasiga in‟eksiya kilinadi. Teri kizarib kolsa ushbu dorini kullash mumkin
emas.
Teri ostiga in‟eksiya kilish. Teri osti in‟eksiya soxasiga elka, son, korin, kurak osti
kiradi. In‟eksiya kilinadigan joy spirtli paxta bilan ikki marta artiladi. In‟eksiya qilish
uchun chap kul bilan bemorning terisi kat-kat kilib yigib ushlanadi va igna buyining 2/3
kismi tezlik bilan kiritiladi. Bunda shpritsning silindri 1 va 3-4 barmoklar orasida
ushlanadi. 2 barmok igna muftasining ostida bulishi kerak, ya‟ni teri bilan shprits silindri
orasida 300S bulishi kerak va u kamfora yog„li bo„lganligi sababli ampula issiq suvda
isitilib, sung katta ignada tortilib yuborish tavsiya etiladi. Dori yuborilgandan keyin
in‟eksiya kilingan joyga spirtga botirilgan paxtani kuyib igna tezda tortib olinadi. Teri
ostiga in‟eksiya kilinadigan dori preparatlarga kuyidagilar kiradi:
Kamfora moyi - 20 % - 1 ml ampulada.
Kordiamin 25 % - 1 ml
Morfin 1 % - 1 ml
Promedol 1 % - 1 ml
V-6, Aloe, Fibs va boshkalar.
Ukol kilingan joy engil massaj kilinib yod surtiladi. YUborilgan dori tez surilib ketishi
uchun grelka yoki kompress kuyiladi (marlini 40 % li spirtga xullab).
Muskul orasiga in‟eksiya kilish. Dumbalar soxasi muskul orasiga in‟eksiyalar uchun
eng kulay joy xisoblanadi. Dori dumba soxasiga yuborilganda bemor kornini bosib yoki
yon boshiga chalkancha yotadi. In‟eksiya qilish uchun dumba xayolan 4 kismga bulinadi,
yukori tashki kvadratga in‟eksiya kilinadi. SHprits kuydagicha ushlanadi: 5 barmok igna
muftasini, kolgan barmoklar silindrni tutib turadi. SHprits bemor tanasi yuzasiga nisbatan
perpendikulyar xolda turadi. Ignani dadil xarakat bilan teri burmasini urtasiga ichkariga
kiritib mufta ustida 1 sm koldiriladi, eritma asta-sekin yuboriladi. Igna sanchilgan joydagi
teri atrofii chap kul bilan tortiladi. Ignani chakqon xarakat bilan chikarish, teriga sprit
xullangan paxta tampon bosish lozim. In‟eksiya katta ignada kilinadi, chunki dori moddasi
teri osti yog kavatidan utib muskul bagriga borishi kerak. Muskul orasiga antibiotiklar
kilinadi. Antibiotiklarga benzilpensillin, ampitsilin, ampioks, kefzol, bitsillin va boshkalar
kiradi. Antibiotiklar maxsus flaqonlarda poroshok kurinishida chikariladi. Ishlatishdan
oldin ularni 0,5 % novokain eritmasida yoki maxsus eritmada eritiladi. Antibiotiklarni
isitish mumkin emas. YUkori temperaturada ular parchalanadi, yod xam antibiotiklarni
parchalaydi.
Eritish quyidagicha bo`ladi:
Benzilpensillin natriyli tuzi..
250000 T.B. + 2,5 ml 0,5 % novonain
500000 T.B. + 5 ml 0,5 % novokain
1000000 T.B. + 10 ml 0,5 % novokain
Ampitsillin natriyli tuzi.
0,25 gr. + 2,5 ml 0,5 % novokain
0,5 gr. + 5 ml 0,5 % novokain
Bundan tashkari muskul orasiga kuyidagi dorilarni yuborish mumkin: Vitamin V-1,
V-6, V-12, S lar, dimedrol, analgin.
In‟eksiya notugri kilinsa kuyidagi asoratlar ruy berishi mumkin:
1. Igna utmas bulsa muskullar orasida sinib kolishi mumkin. Igna sinib muskul
orasida kolsa, darxol olib tashlash kerak.
2. Nerv tolalarini zararlantirish okibatida falaj bulib kolishi mumkin, ya‟ni in‟eksiya
uchun joy notugri tanlanganda, oyok-kul sezuvchanligi buzilishi mumkin.
3. Yiringli infeksiya (abssess). Bu asosrat shpritslar va ignalarni etarlicha
sterillamaslik, ampulani ochish oldidan xamshira uz kulini va bemorning terisini yaxshi
tozalamasligi okibatida kelib chikadi. In‟eksiya kilinganda aseptikaga rioya qilish kerak.
Aseptika – yaraga mikrob tushishini oldini olish degani. SHu sababli hamshira qullarini kir
sovun yordamida tozalab yuvish lozim. SHprits va boshkalar steriallangan bulishi shart.
Bir marta ishlatiladigan shpritslarning urab turgan qog„ozi germetik bulishi va ishlatish
muddati utib ketmagan bulishi lozim.
Sterillashga kaynatish, kizdirish, bug bilan sterillash kiradi. Aseptik koidalarini buzish
okibatida tukimalarga infeksiya kiritib kuyilganligi tufayli infiltrat xosil bulishi mumkin.
Infiltrat paydo bulganida in‟eksiya kilingan joy bezillab turishi mumkin. Infiltrat paydo
bulsa grelka yoki isituvchi kompressdan foydalanish kerak. Muolajalar kilinmasa infiltrat
absessga aylanadi. Bu esa jarroxlik yo`li bilan davo kilishni talab etadi. Absess shakllangan
bulsa operatsiya kilib ochish, yiringni chikarib yuborish radikal davo metodi xisoblanadi.
Absessning profilaktikasi aseptika koidalariga kat‟iy rioya kilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |