kasalliklarida bemorlarni parvarish qilish.
Tabiiy yo`l bilan (og„iz orkali) ovkatlantirishning iloji bulmasa sun‟iy yo`l bilan
ovkatlantirishga utiladi. Ogir va xushidan ketgan bemorlarni ovkatlantirishda quyidagi
usullardan foydalanish mumkin.
• Ingichka zond orkali;
• Oziqlantiruvchi huqna (klizma) orqali;
• Parenteral yo`l bilan (venaga glyukoza, gidrolizin yuboriladi).
Ingichka zond orkali ovkatlantirish. Buning uchun ingichka zond va Jane shpritsi
kerak buladi. Avvalo ingichka zondni sterillab olinadi ya‟ni 25 dakika kaynatiladi.
Ingichka zondni olib bemorning kindigidan burnigacha ulchab 4 barmok kushiladi va belgi
kuyiladi. Zondning uchini suvda namlab olinadi sung burun yo`llari orkali bemorning
me‟dasiga kiritiladi. Zond nafas yo`llariga tushgan bulsa, bemor yutaladi va kukaradi.
Bunday xollarda zond tortib olinadi. Zondni kaytadan burun yo`llari orkali oshkozonga
kiritiladi. Zondning oshkozonga tushganligini tekshirish lozim. Uning uchun:
1.
zondni tashqarida qolgan uchiga kuzgu tutamiz. Oynada suv buglarining
tomchilari paydo bulmasa zond me‟daga tushgan buladi.
2.
paxta piligini zond teshigiga kuyilganda pilik tebranmasa, zond oshkozonga
tushgan buladi.
3.
yokilgan gugurt chupini zond teshigiga kuyilganda uchmasa – zond me‟daga
tushgan buladi.
Sterillangan Jane shpritsi yordamida dagal bulakchalari bulmagan suyuk ovkat (sut,
kaymok, xom tuxum, bulyon, glyukoza eritmasi, meva suvlari) kuyiladi. Suyuk ovkatni
360 S gacha isitiladi, sung yuboriladi. Bir kunda 3 maxal 1 stakandan suyuk ovkatlar
berish tavsiya etiladi. Ogir bemorlar yotgan xolatda ovkatlantiriladi. Ingichka zond ogir
yotgan bemorlarni ovkatlantirish uchun kullaniladi.
Klizma orkali oziklantirish. Ozikli moddalarni ogiz orkali kiritib bulmagan xollarda
ularni tugri ichak orkali yuborish mumkin. Bemorlar ovkat yutishga kiynalganda, xushsiz
yotganda, kizilungachdan ovkat utmaganda bu usul kul keladi. Bundan tashkari ovkatli
klizmalar diurezni kuchaytiradi va organizmdan toksinlar chikarilishiga imqon beradi.
Oziqlantiruvchi klizma qilishdan 30 minut oldin bemorga tozalovchi klizma qilinadi.
Oziqlantiruvchi klizmani rezina nokchadan yuboriladi. Tugri ichakdan 5 % glyukoza
eritmasi, 0,9 % natriy xlorid eritmasi, bulon sun‟iy ovkatlantirish uchun foydalaniladi.
Suyuklik xarorati 380S da yaxshi ta‟sir etadi va tez suriladi. Oziqlantiruvchi klizmaning
xajmi 200 ml bulishi kerak. Avvalo rezina nokchaning uchi 25 dakika kaynatib olinadi.
Rezina nokchaga 5% glyukoza eritmasi tortib olinadi va xavosini chikarib uchiga vazelin
surtiladi. Bemor chap yonboshida oyoklarini tizzasidan bukib yotadi, bemor dumbasining
bir pallasi kutarilib nokchaning uchi orkali teshikka kiritiladi. Kindikka perpendikulyar,
umurtka pagonaga parallel xolatda va nokchadagi suyuklik yuboriladi, sung 2 soat
davomida xojatxonaga borish tavsiya etilmaydi. Barcha muolajalar shifokor tavsiyasiga
binoan kilinadi.
Parenteral yo`l. Sun‟iy yo`l bilan ovqatlantirish maqsadida oziq moddalarni kasalga
parenteral yo`l bilan ya‟ni me‟da ichak yo`lini chetlab venaga yuborsa xam bo`ladi.
Venaga glyukoza, gidrolizin, poliamin, gidrolizat kazein tomchilab yuboriladi. Ular 200
ml, 400 mlli flaqonlarda ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |