tiklash uchun kerakli sharoitni yaratish, bemorni davolash muassasasiga junatishdan iborat.
Qon quyish yo„qotilgan qonning o„rnini bosish va asoratlarni bartaraf etish maqsadida
amalga oshiriladi. Qon quyish butun organizmga murakkab neyrogumoral ta‟sir etadi.
Ushbu ta‟sir asosan quyidagilardan iborat: qonning o„rinbosarlik ta‟siri, simullovchi ta‟sir,
Kuyilgan qon bemor organizmida 2 xaftadan 4 xaftagacha saqlanib, kislorod
ta‟minotida, fagostitoz va boshqa jarayonlarda ishtirok etadi. Qon quyilgandan keyin,
masalan, ko„mikning qon ishlab chiqarish faoliyati ortadi, leykostitlarning fagostitozlik
xususiyati yaxshilanadi. SHuning bilan bir qatorda qon bosimi pasaygan bo„lsa ko„tariladi,
Qon quyilishidan oldin uning guruxlarini aniqlash zarur. Eritrostitlar tarkibida
bo„ladigan agglyutinogen A va plazmadagi agglyutinin va ga qarab qon 4 guruxga
0 (I) gurux qonining eritrostitlarida agglyutinogenlar yo„q, plazmada esa
A (II) gurux qonida eritrostitlarida A-agglyutinogen va plazmada esa -agglyutinin
B (III) gurux qoni eritrostitlarida agglyutinogen va plazmada esa agglyutinin bor.
agglyutinin bilan uchrashsa, agglyutinatsiya reaksiyasi ro„y beradi, ya‟ni eritrostitlar bir-
Qon guruxlari standart zardoblar yordamida aniqlanadi. Buning uchun chini tarelka
yoki shisha bo„lagi olinib, uchga bo„linadi va I, II, III raqamlari bilan belgilanadi.
Har bir raqam ro„parasiga muayyan (standart) zardobdan 1 tomchidan tomiziladi.
Keyin barmoqdan olingan qonning 1 tomchisidan uchchala zardobga tomiziladi va 5
daqiqa kuzatiladi.
Agar aralashma uchchala guruxda ham o„zgarmasa (ipir-ipir quyqa xosil bo„lmasa),
tekshirilayotgan qon 1-gurux deb hisoblanadi. Agar II gurux o„zgarmasa II gurux, III
guruxda o„zgarmasa III gurux, aralashmalar uchchala guruxda ipir-ipir quyqa hosil qilsa
tekshirilayotgan qon IV gurux deb hisoblanadi.
Qon beruvchi shaxs donor, qon qabul qiluvchi-retsipient deyiladi. I gurux qoni
universal donor deyiladi, chunki uni hamma guruxlarga quyish mumkin. IV gurux qoni esa
universal retsipient deyiladi, chunki u hamma gurux qonini qabul qila oladi. Hozirgi vaqtda
tibbiyot amaliyotida ko„proq bir xil guruxdagi qonni quyiladi.
Qon quyishda rezus-faktorni ham xisobga olish lozim. Taxminan 15 % ida rezus
faktor bo„lmaydi (rezus-manfiy kishilar), 85 % kishilarda esa u bo„ladi (rezus-musbat
kishilar). Agar rezus manfiy odamga rezus omili bor qon quyilsa, eritrostitlar yopishib
qoladi va gemolitik shok rivojlanadi.
Qon quyishda albatta shaxsiy va biologik moslik tekshiriladi. SHaxsiy mos kelishini
tekshirishda 2 tomchi bemor qoni zardobi 0, 1 ml flaqondagi qon bilan CHashka Petrida
aralashtiriladi. CHashka Petri 10 daqiqa 40-42
0
S li suv xammomiga quyiladi. Agar shu
vaqt ichida agglyutinatsiya bo„lmasa, qon mos hisoblanadi.
Biologik sinamada bemor venasiga 15-20 ml qon yuborib, 2-3 daqiqa kutiladi. Agar
bemor organizmida o„zgarishlar-titrash, bel og„rig„i, qayt qilish, sovuq ter bosishi, pulsni
sutslashishi kuzatilmasa YAna shunday qilib ikki marta qon yuboriladi, so„ngra to„liq
quyish davom ettiriladi.
Qon quyishning bevosita va bilvosita usullari mavjud. Bevosita usulda to„g„ridan-
to„g„ri donordan retsepientga qon quyiladi. Bilvosita usulda qon maxsus tekshiruvlardan
o„tgan sog„lom odamlardan olinib, qonservatsiya qilinib, 4-5
0
S xaroratda 30 kungacha
sovutgichlarda saqlanadi, so„ngra foydalaniladi. Qon quyish tomchilab va bir martalik
bulishi mumkin. Bundan tashqari suyak to„qimasining g„ovak moddasiga qon quyilishi
mumkin. Arteriya ichiga qon quyish bemor og„ir (terminal) xolatda bulganda amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: