Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari - bu mahsulot ishlab
chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy mehnatning umumiy (jonli va
moddiylashgan) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqa
rish jamiyat uchun qanchaga tushganligini ko‘rsatadi. Tovar ishlab
chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon bo‘ladi
va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni:
w = с + v + m,
bu yerda: w - ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot
qiymati; s - iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati; v -
ishchi kuchi qiymati (ish haqi); m - qo‘shimcha qiymat.
Do'stlaringiz bilan baham: |