Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


 O‘zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet810/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   806   807   808   809   810   811   812   813   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

21.4. O‘zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish 

masalalari

0 ‘zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish iqtisodiy 

islohotlar va davlat iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri 

hisoblanadi.  Zero,  izchil  soliq-byudjet  siyosatining  amalga  oshirili­

shi,  soliq yukini  kamaytirish  bilan  bog‘liq  chora-tadbirlaming  ishlab 

chiqilishi,  soliq  to‘lovchilarda  ishlab  chiqarishni  kengaytirishga  sha- 

roit  yaratilishi,  ishlab  topilgan  va  ulaming  o‘zlarida  qoldirilayotgan 

mablag‘laming  reinvestitsiya  qilinishi  oqibatida  qo‘shimcha  soliq 

obyektining paydo  bo‘lishi hisobiga nafaqat byudjetdagi yo‘qotishlar 

o'mining qoplanishi, balki soliq to‘lovchilarning qo‘shimcha daromad- 

larga ega bo‘lib, ishlab chiqarish imkoniyatining oshishiga olib keladi.

Mamlakatdagi  soliq  tizimining  soddalashtirilishi  va  unifikatsiya 

qilinishi, soliq yukining yanada kamaytirilishi quyidagi bir qator vazi- 

falaming muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga moddiy zamin yaratadi:

-   soliq yukining  kamaytirilishi  orqali  soliq  imtiyozlarining  ken- 

gaytirilishi  xorijiy  investitsiyalaming jalb  qilinishi  va  iqtisodiyotni 

modemizatsiyalashni kengaytirishga imkon yaratadi;

-  soliq tizimini soddalashtirish va soliq stavkalarini pasaytirish o‘z 

navbatida xususiy mulkchilik tarmog‘ini kengaytiradi, biznes uchun 

qulay muhit yaratadi va uning kafolatlarini mustahkamlaydi;

-  soliq yukini kamaytirish hisobiga soliq to‘lovchilar ixtiyorida qola- 

digan mablag1 lar reinvestitsiya qilinishiga hamda ishchi xodimlaming 

ish  haqiga  yo‘naltirilishiga  tavsiya  qilinishi, jismoniy  shaxslar  daro- 

madlaridan  olinadigan  soliq  stavkasining  oraliq  chegaralari  bo‘yicha 

pasaytirilishi,  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig‘i 

bo‘yicha imtiyozlarining kengaytirilishi pirovardida aholi  daromadla- 

rining oshishiga hamda yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga olib keladi;

-  soliq yukini kamaytirish natijasida soliq to‘lovchilar ixtiyorida 

qolgan mablag‘lardan samarali foydalanish aholi daromadi va bandlik 

darajasini oshirish orqali xarid talabining jadal o‘sishini ta’minlaydi;

-   soliq  sohasidagi  islohotlami  chuqurlashtirish  va  soliq  yukini  ka­

maytirish eksportni har tomonlama rag‘batlantirish va valyuta zaxiralari- 

ni tejash, ulardan oqilona va samarali foydalanishni ham ta’minlaydi;

598



-  

soliq tizimidagi  islohotlami  chuqurlashtirish uy-joy  kommunal 

xo‘jaligidagi islohotlami chuqurlashtirish hamda energiya resurslari- 

dan  foydalanishda tejamkorlikni ta’minlash bilan bogiiq chora-tad­

birlaming amalga oshirilishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

0 ‘zbekistonda  ishlab  chiqarishning  yuqori  o‘sish  sur’atlarini 

ta’minlash,  tadbirkorlik  faoliyatini  rag‘batlantirish,  aholining  real 

daromadlarini  va iste’mol  talablarini  oshirishda muntazam  ravishda 

soliq yukini kamaytirish choralarining keng qo‘llanilishi o‘z natijala- 

rini bermoqda. Ayniqsa, soliqlar va to‘lovlami birxillashtirishga katta 

e’tibor  qaratilishi  soliqqa  tortish  mexanizmlarining  oshkoraligiga, 

soliqlami  hisoblash  va  to‘lashga  oid  korxonalar  faoliyatini  sodda- 

lashtirishga, shuningdek, soliq majburiyatlarining bajarilishini sama­

rali nazorat qilishga yordam beradi. Ayni paytda bu hoi respublikada 

qollaniladigan soliq tizimini xalqaro me’yorlar va andozalarga mu­

vofiqlashtirish zarurati bilan izohlanadi.

Faqat  2000-2016-yillar mobaynida mamlakatda  daromad  solig‘i 

38  foizdan  23  foizga,  yagona  ijtimoiy to‘lov  40  foizdan  24  foizga, 

kichik  biznes  subyektlari  va  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari  ishlab 

chiqamv-chilar  uchun  yagona  soliq  5  foizga  tushirildi.  Jismoniy 

shaxslar  daromadidan  soliq  olish  stavkasi  ham  tubdan  qayta ko‘rib 

chiqildi  va  kamaytirildi.  Natijada  2016-yilga  kelib  iqtisodiyotda 

umumiy  soliq  yuki  40  foizdan  20,5  foizgacha  pasaytirildi.  Shunga 

muvofiq korxo-nalaming moliyaviy resurslari ham tegishli  ravishda 

oshdi. Bu o‘z navbatida, investitsiyalaming ko‘payishi, korxonalam- 

ing  aylanma mablag‘larini to‘ldirish,  ishchi va xizmatchilaming  ish 

haqi va daromadlarini oshirish uchun qo‘shimcha manba bo‘lib xiz­

mat qilmoqda.

2015-yilda bunday soliq yengilliklari  130 milliard so‘mdan ortiq 

mablag‘ni tejash va uni korxonalar  ixtiyorida qoldirib,  ulaming  o‘z 

aylanma mablag‘larini ko‘paytirish, ishlab chiqarishni modemizatsi­

ya qilish va texnologik yangilash, shuningdek, aholi daromadlarini 90 

milliard so‘mdan ko‘proq oshirish imkonini beradi.

2012-yil  davomida  dastur  doirasida  oltita  muhim  qonun,  jum­

ladan,  “Xususiy mulkni himoya  qilish va mulkdorlar  huquqlarining 

kafolatlari  to‘g‘risida”gi,  yangi  tahrirdagi  “Tadbirkorlik  faoliyati



599


erkinligining  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  qonunlar,  shuningdek,  ruxsat 

berish tartib-tamoyillarini  soddalashtirish,  soliq va  statistik hisobot- 

lami qisqartirishga qaratilgan qonun hujjatlari va normativ aktlar maj­

muasi qabul qilindi.

Ruxsat berishga oid 80 ta tartib-tamoyil, litsenziyalanishi talab eti- 

ladigan  15  ta faoliyat turi bekor qilindi,  statistik,  soliq va moliyaviy 

hisobotlaming  shakllari  va davriyligi bir yarim-ikki barobar  qisqar- 

tirildi.  Davlat  va nazorat  qiluvchi  idoralaming  tadbirkorlik  subyek­

tlari  bilan  elektron  shakldagi  bilvosita  aloqasi  bosqichma-bosqich 

joriy etilmoqda”.

Ma’lumot uzatish, statistika, moliya va soliq hisobotlarining elek­

tron  shakli  va  tarmoqlari  hayotimizga  izchil  va  tizimli  asosda joriy 

etilmoqda.  Bugungi  kunda  tadbirkorlik  subyektlarining  89  foizdan 

ortig‘i  soliq hisobotlarini,  qariyb  86  foizi  statistik hisobotlami  elek­

tron shaklda topshirmoqda.

Respublikada  2005-2016-yillarda  turli  soliq  stavkalarining 

о‘zgarishi  tahlili  shuni  ko‘rsatadiki,  yuridik  shaxslardan olinadigan 

foyda solig‘i  1,7 baravar, dividend (foizlar) shaklida olinadigan daro- 

madlardan foyda solig‘i  1,5 baravar, aksiz solig‘i  1,6 baravar, yagona 

soliq  to‘lovi  2,6  baravar,  yagona  ijtimoiy  to‘lov  1,2  baravar pasay- 

tirildi (21.3-jadval).


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   806   807   808   809   810   811   812   813   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish