Asosiy tayanch tushunchalar
Yalpi talab - barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va
davlat tomonidan narxlaming muayyan darajasida turli tovarlar va
xizmatlami sotib olish mumkin boigan milliy iqtisodiyotdagi real
pul daromadlari hajmi.
Yalpi taklif-mamlakatda narxlaming muayyan darajasida ishlab
chiqarilgan va sotishga tayyor boigan barcha tovarlar va xizmatlar
hajmi.
Xrapovik samarasi - yalpi talab oshganda narxning o‘rtacha da
rajasi ko‘tarilishi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narx pa
sayish tamoyiliga ega boimasligini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Yalpi talab va yalpi taklifni tahlil qilish nima uchun zamr?
2. Yalpi talab nima? Nima uchun yalpi talab egri chizigi o‘zgaradi?
3. Yalpi talabga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
4. Yalpi talab egri chizigining pasayuvchan shaklda boiishiga
foiz stavkasi, boylik va import tovarlar xaridi samaralarining ta’sirini
tushuntirib bering.
442
5. Yalpi taklif nima? Yalpi taklif egri chizig‘idan uchta kesmani
tasvirlang va ular nimani ko‘rsatishini tushuntiring?
6. Yalpi taklifga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
7. Hozirgi sharoitda 0 ‘zbekistonda yalpi taklifning o‘zgarishiga
ko‘proq qaysi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda?
8. 0 ‘zbekistonda yalpi taklif hajmini oshirishda davlat tomonidan
qanday choralar ko‘rilmoqda?
9. Huquqiy me’yorlarning o‘zgarishi yalpi taklif hajmiga ta’sir
ko‘rsatishi borasida Respublikamiz tajribasidan misollar keltiring.
10. Nima sababdan xrapovik samarasi ro‘y beradi? Bu samaraning
real hayotda amal qilishiga misollar keltiring.
11. Yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining ahamiyati nimada?
Bunday muvozanatga erishish yo‘llarini izohlab bering.
443
16-BOB. ISTE’MOL, JAM G‘ARMA
VA INVESTITSIYALAR
Oldingi boblardan ma’lumki, barcha ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish korxonalarida yil davomida Yaratilgan mahsulotning
yig‘indisi yalpi ichki mahsulot deb ataladi. Shu bilan yalpi ichki mah
sulot harakati to'xtab qolmaydi, balki davom etadi va ayirboshlash,
taqsimlash jarayonlaridan o‘tib, undan keyin turli xil talab va ehtiyoj
lami qondirish uchun iste’molga borib tushadi. Taqsimlanish jarayo
nida eng awalo, undan (YalMdan) yil davomida iste’mol qilingan
(yeyilgan) asosiy vositalar qiymati ya’ni ammortizatsiya fondi ajratib
tashlanib sof mahsulot hajmi aniqlanadi. Mana shu sof mahsulot
ning puldagi ifodasi milliy daromad deb yuritiladi. Shu milliy daro
mad taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlaridan o‘tgandan keyin
iste’mol fondi va jamg‘arma fondlariga ajraladi.
Ushbu bobda milliy daromad tarkibiy qismlari tahlili davom et-
tirilib, uning iste’molning mazmuni, turlari hamda ishlab chiqarish
va xizmat ko‘rsatishni kengaytirishga ijtimoiy taraqqiyotni amalga
oshirishga ketadigan qismi bo‘lgan jamg‘arishning iqtisodiy maz
muni qarab chiqiladi. Ulaming darajasini aniqlovchi asosiy omillar
ko‘rsatib beriladi. Shu bilan birga daromadning iste’moldan ortiqcha
qismi - jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni va omillarini ko‘rsatib
berishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Undan tashqari investitsiya-
ning mazmuni manbalari, uning jamg‘arma bilan bog‘liqligi ham
yoritiladi.
16.1. Iste’mol va jam g‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda
ularning o‘zaro bog‘liqHgi
Milliy iqtisodiyotda yalpi ichki mahsulotning asosiy qismi bo‘lgan
yangidan vujudga keltirilgan mahsulot, ya’ni sotilgandan keyingi
uning puldagi ko‘rinishi bo‘lgan milliy daromaddan iste’mol va
jamg‘arish maqsadlarida foydalaniladi. Keng m a’noda iste’mol
444
jam iyat a ’zolari iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab
chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish jarayonini bildi
radi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.
Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
jarayoniga tegishli b o iib , ishlab chiqarish vositalari va ishchi ku-
chidan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini ang
latadi.
Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro ‘y
berib, bunda kishilaming iste’mol buyumlaridan va xizmatlar
dan bevosita o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlami qondirish maqsa
dida foydalanishi tushuniladi.
Shaxsiy iste’mol o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: moddiy ham
da nomoddiy ne’mat va xizmatlar iste’molidan iborat boiadi.
Moddiy
iste’mol - ehtiyojlami
qondirishda
moddiy
ko‘rinishdagi ne’m atlardan foydalanish. Bularga oziq-ovqat,
kiyim-kechak, uy-joy, turli xil buyumlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va
boshqalardan foydalanishni misol keltirish mumkin.
Nomoddiy ne’mat va xizmatlar iste’moli - ehtiyojlami
qondirishda nomoddiy ko‘rinishdagi ne’mat va xizmatlaming
nafli xususiyatlaridan foydalanish. Bularga bilim olish, musiqa ting-
lash, sogiiqni tiklash, advokat xizmatidan foydalanish va boshqalami
misol keltirish mumkin.
Yakka tartibdagi yoki jamoa boiib iste’mol qilish ham farqlanadi.
Alohida shaxsning o‘z ixtiyorida bo ig an ne’matlarni iste’mol
qilishi yakka tartibdagi iste’molga, jamiyat a ’zolari turli gu-
ruhlarining ne’matlardan birgalikda foydalanishi jamoa b o iib
iste’mol qilishga kiradi. Masalan, ovqatlanish, kiyinish, badiiy asar-
lar о‘qish yakka tartibdagi iste’molni, jamoat transportidan foydala
nish, o‘yingohlarda sport o‘yinlarini tomosha qilish, sihat maskan-
larida sogiiqni tiklash jamoa boiib iste’mol qilishni anglatadi.
Milliy daromadning jamiyat a ’zolari moddiy va ma’naviy
ehtiyojlarini qondirishga sarflanuvchi qismi iste’mol fondi deb
ataladi. Iste’mol fondi butun aholining shaxsiy iste’molini, aholiga
ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muas-
sasalar va boshqarishdagi barcha sarflami o‘z ichiga oladi.
445
Iste’mol fondining shaxsiy daromad shaklida aholi qo‘liga kelib
tushadigan qismi iste’mol sarflari maqsadida ishlatiladi. Iste’mol
Do'stlaringiz bilan baham: |