Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet629/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   625   626   627   628   629   630   631   632   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

Asosiy tayanch tushunchalar

Yalpi  talab  -   barcha  iste’molchilar,  ya’ni  aholi,  korxonalar  va 

davlat  tomonidan  narxlaming  muayyan  darajasida  turli  tovarlar  va 

xizmatlami  sotib  olish  mumkin  boigan  milliy  iqtisodiyotdagi  real 

pul daromadlari hajmi.



Yalpi taklif-mamlakatda narxlaming muayyan darajasida ishlab 

chiqarilgan  va  sotishga  tayyor boigan barcha tovarlar  va xizmatlar 

hajmi.

Xrapovik samarasi -  yalpi talab oshganda narxning o‘rtacha da­

rajasi ko‘tarilishi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narx pa­

sayish tamoyiliga ega boimasligini ifodalovchi ko‘rsatkich.

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

1. Yalpi talab va yalpi taklifni tahlil qilish nima uchun zamr?

2. Yalpi talab nima? Nima uchun yalpi talab egri chizigi o‘zgaradi?

3. Yalpi talabga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

4.  Yalpi  talab  egri  chizigining  pasayuvchan  shaklda  boiishiga 

foiz stavkasi, boylik va import tovarlar xaridi samaralarining ta’sirini 

tushuntirib bering.

442



5.  Yalpi  taklif nima?  Yalpi  taklif egri  chizig‘idan  uchta kesmani 

tasvirlang va ular nimani ko‘rsatishini tushuntiring?

6. Yalpi taklifga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

7.  Hozirgi  sharoitda  0 ‘zbekistonda  yalpi  taklifning  o‘zgarishiga 

ko‘proq qaysi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda?

8.  0 ‘zbekistonda yalpi taklif hajmini oshirishda davlat tomonidan 

qanday choralar ko‘rilmoqda?

9.  Huquqiy  me’yorlarning  o‘zgarishi  yalpi  taklif hajmiga  ta’sir 

ko‘rsatishi borasida Respublikamiz tajribasidan misollar keltiring.

10. Nima sababdan xrapovik samarasi ro‘y beradi? Bu samaraning 

real hayotda amal qilishiga misollar keltiring.

11. Yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining ahamiyati nimada? 

Bunday muvozanatga erishish yo‘llarini izohlab bering.

443



16-BOB. ISTE’MOL, JAM G‘ARMA 

VA INVESTITSIYALAR

Oldingi  boblardan  ma’lumki,  barcha  ishlab  chiqarish  va  xizmat 

ko‘rsatish  korxonalarida  yil  davomida  Yaratilgan  mahsulotning 

yig‘indisi yalpi ichki mahsulot deb ataladi. Shu bilan yalpi ichki mah­

sulot harakati to'xtab  qolmaydi,  balki  davom  etadi va ayirboshlash, 

taqsimlash jarayonlaridan o‘tib, undan keyin turli xil talab va ehtiyoj­

lami qondirish uchun iste’molga borib tushadi. Taqsimlanish jarayo­

nida  eng  awalo,  undan  (YalMdan)  yil  davomida  iste’mol  qilingan 

(yeyilgan) asosiy vositalar qiymati ya’ni ammortizatsiya fondi ajratib 

tashlanib  sof mahsulot  hajmi  aniqlanadi.  Mana  shu  sof mahsulot­

ning puldagi ifodasi milliy daromad deb yuritiladi.  Shu milliy daro­

mad taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlaridan o‘tgandan keyin 

iste’mol fondi va jamg‘arma fondlariga ajraladi.

Ushbu  bobda  milliy  daromad tarkibiy  qismlari  tahlili  davom  et- 

tirilib,  uning  iste’molning  mazmuni,  turlari  hamda  ishlab  chiqarish 

va  xizmat  ko‘rsatishni  kengaytirishga  ijtimoiy  taraqqiyotni  amalga 

oshirishga  ketadigan  qismi  bo‘lgan  jamg‘arishning  iqtisodiy  maz­

muni  qarab  chiqiladi.  Ulaming  darajasini  aniqlovchi  asosiy  omillar 

ko‘rsatib beriladi.  Shu bilan birga daromadning iste’moldan ortiqcha 

qismi  -  jamg‘armaning  iqtisodiy  mazmuni  va  omillarini  ko‘rsatib 

berishga ham alohida e’tibor qaratiladi.  Undan tashqari investitsiya- 

ning  mazmuni  manbalari,  uning jamg‘arma  bilan  bog‘liqligi  ham 

yoritiladi.

16.1. Iste’mol va jam g‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda 

ularning o‘zaro bog‘liqHgi

Milliy iqtisodiyotda yalpi ichki mahsulotning asosiy qismi bo‘lgan 

yangidan  vujudga  keltirilgan  mahsulot,  ya’ni  sotilgandan  keyingi 

uning  puldagi  ko‘rinishi  bo‘lgan  milliy  daromaddan  iste’mol  va 

jamg‘arish  maqsadlarida  foydalaniladi.  Keng  m a’noda  iste’mol



444


jam iyat  a ’zolari  iqtisodiy  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  ishlab 

chiqarilgan  tovar va  xizmatlardan  foydalanish jarayonini  bildi­

radi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.

Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 

jarayoniga tegishli b o iib , ishlab chiqarish vositalari va ishchi ku- 

chidan  ishlab  chiqarish  maqsadida  foydalanish  jarayonini  ang­

latadi.

Shaxsiy  iste’mol  ishlab  chiqarish  sohasidan  tashqarida  ro ‘y 

berib,  bunda  kishilaming  iste’mol  buyumlaridan  va  xizmatlar­

dan  bevosita  o‘zlarining  shaxsiy  ehtiyojlami  qondirish  maqsa­

dida foydalanishi tushuniladi.

Shaxsiy iste’mol o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: moddiy ham­

da nomoddiy ne’mat va xizmatlar iste’molidan iborat boiadi.

Moddiy 


iste’mol  -   ehtiyojlami 

qondirishda 

moddiy 

ko‘rinishdagi  ne’m atlardan  foydalanish.  Bularga  oziq-ovqat, 

kiyim-kechak,  uy-joy,  turli  xil  buyumlar,  uy-ro‘zg‘or  buyumlari  va 

boshqalardan foydalanishni misol keltirish mumkin.

Nomoddiy  ne’mat  va  xizmatlar  iste’moli  -   ehtiyojlami 

qondirishda  nomoddiy  ko‘rinishdagi  ne’mat  va  xizmatlaming 

nafli xususiyatlaridan foydalanish. Bularga bilim olish, musiqa ting- 

lash, sogiiqni tiklash, advokat xizmatidan foydalanish va boshqalami 

misol keltirish mumkin.

Yakka tartibdagi yoki jamoa boiib iste’mol qilish ham farqlanadi. 

Alohida  shaxsning  o‘z  ixtiyorida  bo ig an   ne’matlarni  iste’mol 

qilishi  yakka  tartibdagi  iste’molga,  jamiyat  a ’zolari  turli  gu- 

ruhlarining  ne’matlardan  birgalikda  foydalanishi  jamoa  b o iib  

iste’mol qilishga kiradi. Masalan, ovqatlanish, kiyinish, badiiy asar- 

lar о‘qish yakka tartibdagi  iste’molni, jamoat transportidan foydala­

nish,  o‘yingohlarda  sport  o‘yinlarini  tomosha  qilish,  sihat  maskan- 

larida sogiiqni tiklash jamoa boiib iste’mol qilishni anglatadi.

Milliy  daromadning  jamiyat  a ’zolari  moddiy  va  ma’naviy 

ehtiyojlarini  qondirishga  sarflanuvchi  qismi  iste’mol  fondi  deb 

ataladi.  Iste’mol  fondi butun  aholining  shaxsiy  iste’molini,  aholiga 

ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi,  shuningdek,  ilmiy muas- 

sasalar va boshqarishdagi barcha sarflami o‘z ichiga oladi.



445


Iste’mol  fondining  shaxsiy  daromad  shaklida  aholi  qo‘liga kelib 

tushadigan  qismi  iste’mol  sarflari  maqsadida  ishlatiladi.  Iste’mol 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   625   626   627   628   629   630   631   632   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish