Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet628/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   624   625   626   627   628   629   630   631   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

Xulosalar

1.  Yalpi talab -  bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar 

va davlat tomonidan narxlaming muayyan darajasida turli tovarlar va 

xizmatlami sotib olish mumkin bo‘lgan milliy iqtisodiyotdagi real pul 

daromadlari hajmi.

2.  Yalpi  talab  turli  tovarlaming  miqdori,  sifati  va  narx  dara­

jasiga  bevosita  bog‘liq.  Agar  yakka  talab  egri  chizig‘i  turli  narx 

ko‘rsatkichlarida  alohida  iste’molchining  muayyan  tovarga  bo‘lgan 

talabi  miqdori  o‘rtasidagi  bog‘liqlikni  ifodalasa,  yalpi  talab  egri 

chizig‘i mamlakatdagi narxlaming turli darajasi hamda ishlab chiqa­

rishga bo‘lgan talab hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi.

3.  Yalpi taklif -  bu mamlakatda narxlaming muayyan darajasida 

ishlab chiqarilib, sotishga chiqarilayotgan barcha tovarlar va xizmat­

lar hajmidir. Bu narxlaming har xil mumkin bo'lgan o‘rtacha daraja­

sida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko‘rsatadi.

4.  Yalpi  taklifga  eng  awalo  narxlar  darajasi  bilan  ishlab  chiqa­

rilgan  tovarlar  ijtimoiy  qiymati  o‘rtasidagi  nisbatning  o‘zgarishi 

ta’sir ko‘rsatadi. Narxlar darajasining qiymatdan oshishi qo‘shimcha 

tovarlar ishlab chiqarish uchun rag‘bat yaratadi. Narxlar darajasining qiy­

matdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib ke­

ladi.  Shu  sababli  narxlar  va  milliy  ishlab  chiqarish  hajmi  o‘rtasida 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bog‘liqlik mavjud bo‘ladi.

5.  Yalpi  taklifga  narxdan  tashqari  yana  bir  qator  omillar  ta’sir 

ko‘rsatadi:  a)  resurslar  narxining  o‘zgarishi;  b)  samaradorlikning 

o‘zgarishi; v) huquqiy me’yorlaming o‘zgarishi.

6.  Iqtisodiyot nazariyasida yalpi taklifga uch xil nuqtai nazardan 

yondashuv mavjud: yalpi taklif narxlar darajasiga bog‘liq emas; narx­

lar darajasiga bevosita bog‘liq; yalpi taklifning o‘sishida yoki kamayi- 

shida narxlar darajasi o‘zgarishsiz qoladi.  Shuning uchun yalpi taklif 

egri chizig‘i grafigi uchta kesmaga ega: tik, yotiq va oraliq kesmalar.



441


7.  Yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifga turlicha ta’sir qiladi:  tak­

lif egri chizigining keynscha kesmasida taklif aynan o‘sha miqdorga 

ortadi, oraliq kesmada -  narxlar darajasining o‘sganligi uchun taklif 

oz  miqdorda  ortadi;  klassik  kesmada  esa -   yalpi  taklifda  o‘zgarish 

bo‘lmaydi, chunki barcha resusrlar jalb etilgan bo‘ladi, lekin narxlar 

darajasi keskin o‘sadi.

8.  Yalpi  talab  egri  chizig‘i va yalpi taklif egri  chizig‘i kesishgan 

nuqta  umumiqtisodiy  muvozanatni  ifodalab,  bu  holatga  narxning 

muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real 

hajmi orqali erishiladi.

9.  Iqtisodiyot  doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon 

harakat  qiladi va m aium  darajada bu tenglik ta’minlab turiladi.  Bi- 

roq,  yalpi talab  va yalpi taklifga ta’sir  etuvchi  omillarning  o‘zgarib 

turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat 

tomon harakat qiladi.


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   624   625   626   627   628   629   630   631   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish