Asosiy tayanch tushunchalar
Agrar munosabatlar - yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan
foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish jarayonida
vujudga keladigan munosabatlardir.
Renta munosabatlari - yerdan foydalanish natijasida vujudga
keladigan sof daromadni taqsimlash va o‘zlashtirish jarayonida vu
judga keladigan munosabatlar.
Differensial renta - yer uchastkalarining unumdorligidagi va
joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha
sof daromad.
Differensial renta I - yerlaming tabiiy unumdorligi farqlar nati
jasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad.
Differensial renta II - yerlaming iqtisodiy unumdorligini oshirish
natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad.
Do'stlaringiz bilan baham: