Bozor iqtisodiyoti tizimin-
ing muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga us-
tuvorlik beradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy
muammolaridan biri b o iib alohida shaxs va korxonalar iqtisodiy
faoliyatini uyg‘unlashtirish hisoblanadi. Bunday uyg‘unlashtirishni
amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Birinchisi - markazdan
boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qoilash b o isa, ikkinchisi
- bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor
tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg‘unlashtirishga
namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi.