Bozor subyekti - ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi.
Bozor subyektlari ikki guruhga - sotuvchi va xaridorlarga boiinib,
ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar
bozorga tovar va xizmatlami taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab
bildiradi. Bozor o‘z subyektlari manfaatini bir-biriga bogiab, ulami
muvofiqlashtiradi. Ayrim turdagi bozorlarda sotuvchi va xaridorlar
o ‘rtasida bevosita aloqa mavjud b o isa, boshqalarida bilvosita aloqa
mavjud b o iib , ular hech qachon bir-birini ko‘rmaydi yoki bilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |