Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Iqtisodiyotning  barqaror  rivojlanishida  xususiy  mulk  va



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

Iqtisodiyotning  barqaror  rivojlanishida  xususiy  mulk  va 

uning asosida rivojlanayotgan xususiy tadbirkorlikka keng e’tibor 

berilmoqda. 

Prezidentimiz  Sh.Mirziyoyev  ta’kidlaganidek,  “jiddiy 

va kundalik e ’tiborini talab qiladigan yana bir muhim yo‘nalish bor. 

Bu -  xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ulaming 

ta’sirchan himoyasini ta’minlashdir.”14.

Qishloq  xo‘jaligi,  qurilish,  savdo,  xizmat  ko‘rsatish  sohasi  sin- 

gari  tarmoqlar,  uy-joy  fondi  to‘liq  xususiy  mulk  egalari  tasarrufiga 

o‘tkazildi.  Iste’mol  tovarlari  ishlab  chiqaradigan,  oziq-ovqat,  tikuv­

chilik mahsulotlari, to‘qimachilik, charm-poyabzal, mebel va farmat- 

sevtika sanoati tarmoqlarida davlatning ulushi anchaga kamaytirildi.

Respublikamizda  xususiylashtirish  bo‘yicha  qo‘yilgan  vazifa  -  

davlat sektori bozor iqtisodiyoti sharoitida ham sezilarli rol o ‘ynashini 

inkor  qilmaydi.  Chunki  iqtisodiyotning  davlat  korxonalari  ma’lum 

darajada saqlanib qolishi kerak bo‘lgan sohalar ham mavjud. Bunday 

korxonalar uchun  ulaming  bozor  sharoitlariga  moslashuviga  imkon 

beradigan xo‘jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.

Mamlakatimizda  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish,  xususiy­

lashtirish,  ulardan  samarali  foydalanish, umuman iqtisodiyotni  isloh

14 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  “Tanqidiy 



tahlil,  qat’iy tartib-intizom va  shaxsiy javobgarlik -  har bir rahbar faoliyatining 

kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” // Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy 

rivoj lantirishning asosiy yakunlari va 2017-yi Iga mo ‘ lj allangan iqtisodiy dastuming 

eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining 

kengaytirilgan majlisidagi m a’ruzasi. Xalq so‘zi 2017-yil 16-yanvar.

106



qilish bo‘yicha 400  dan ziyod qonun hujjatlari ishlab  chiqilib,  qabul 

qilinganligi va joriy etilganligini, ulaming barchasi iqtisodiyotimizni 

yanada  liberallashtirish  va  modemizatsiya  qilishda  nafaqat  mustah- 

kam huquqiy asos, balki amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining 

kafolati bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlamoq zarur.

Bu  borada  2015-yilda  “davlat  aktivlarini  xususiylashtirish,  av- 

valo,  chet  ellik  investorlarga  sotish  vazifalari  qo‘yildi  va  buning 

uchun  tegishli  sharoitlar yaratildi.  Masalan,  506  ta  mulk kompleksi 

tanlov asosida, investitsiya kiritish sharti bilan «nol» qiymatida yangi 

mulkdorlarga sotildi.  Bu borada ana shu investorlar qariyb  1  trillion 

so‘m  va  40  million  AQSH  dollari  miqdorida  investitsiya  kiritish, 

shuningdek,  22  mingga yaqin yangi  ish  o ‘mi  yaratish majburiyatini 

olganini qayd etish lozim.

Shu bilan birga, 245 ta kam rentabelli va faoliyat ko‘rsatmayotgan 

tashkilot to‘liq tugatildi.

Xususiylashtirish  dasturida  ko‘zda  tutilgan,  foydalanilmayotgan 

va qurilishi tugallanmagan 353  ta davlat mulki obyekti buzilib, bun­

ing  natijasida  120  gektar  hajmidagi  yer  maydoni  bo‘shadi.  Bu  yer- 

laming qariyb 80 gektari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish va 

xizmatlar ko‘rsatish  obyektlari  qurish uchun tadbirkorlar tasarrufiga 

berildi.

Davlat  mulki  shaklidagi  yana  319  ta  ana  shunday  obyekt  inven- 

tarizatsiya  qilinib,  xususiy  mulk  shakliga  o ‘tkazish  uchun  savdoga 

qo‘yildi  va  o ‘tgan yili  ulaming  102  tasi  yangi  mulkdorlarga  sotildi. 

Bundan tashqari,  378  ta  aksiyadorlik jamiyatining  davlat ulushi  ba- 

holandi  va chet  ellik  strategik investorlarga  sotish uchun  ochiq  sav­

doga qo‘yildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki,  izchil rivojlanayotgan va muvaf- 

faqiyatli  faoliyat  yuritayotgan  «Navoiyazot»,  «Farg‘onaazot»,  «Ur- 

ganch ekskavator», «Qizilqumsement», «Jizzax akkumulyator zavodi» 

aksiyadorlik jamiyatlari kabi korxonalar,  «Aloqabank»,  «Turonbank» 

singari  banklar,  « 0 ‘zagrosug‘urta»  kompaniyasi  va  boshqa  muassa- 

salardagi davlatga tegishli aksiyalar ham savdoga qo'yildi.

Shu tariqa 52 ta aksiyadorlik jamiyatidagi savdoga qo‘yilgan dav­

lat  ulushi  xususiy  mulkdorlarga  sotildi.  Jumladan,  «Qo‘qon  yog‘-

107



шоу zavodi» aksiyadorlik jamiyatining davlatga tegishli aksiyalari 2 

million 500 ming dollarga sotildi” .15

Bu ishlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad  qarov- 

siz holda bo‘lgan bino va inshootlar negizida zamonaviy, raqobatbar- 

dosh mahsulotlami  tayyorlovchi  yangi  ishlab  chiqarish  quwatlarini 

barpo  etib,  qo‘shimcha  ish  o ‘rinlarini  yaratishdir.  Bu  esa,  o‘z  nav- 

batida,  bozorlarimizni xaridorgir va import o ‘mini bosuvchi ko‘plab 

yangi  turdagi  tovar  hamda mahsulotlar bilan boyitish,  eng  muhimi, 

aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini bundanda yuk- 

saltirishga xizmat qiladi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2016-yil  5-oktyabrdagi 

“Tadbirkorlik  faoliyatining  jadal  rivojlanishini  ta’minlashga,  xu­

susiy  mulkni  har  tomonlama  himoya  qilishga  va  ishbilarmonlik 

muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 

to ‘g ‘risida”gi  farmoni  asosida xususiy mulkni va xususiy tadbirkor- 

likni qo‘llab-quvvatlash ulami himoya qilishning muhim yangi bosq­

ichi bo‘ldi.  Bu  farmon  asosida Mamlakatimizda bir qator ishlaming 

bajarilishi  muhim  vazifa  sifatida  qo‘yildi.  Jumladan,  Prezidentimiz 

tomonidan  xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlanti- 

rish maqsadida bu sohaga to‘liq erkinlik berish, bu yo‘lda g‘ov bo‘lib 

turgan barcha to‘siq va cheklovlami bartaraf etish eng muhim ustuvor 

vazifalardan biri, deb belgilanmoqda.

Shuningdek,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil 

17-yanvardagi  “Tadbirkorlik maqsadlarida  foydalanish uchun davlat 

mulki  obyektlarini  sotishni  jadallashtirish  va  uning  tartib-taomyil- 

larini yanada  soddalashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi Farmoni 

xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish  uchun  qulay  shart-sharoitlar 

yaratish,  davlat mulki  obyektlarini  sotish tartib-tamoyillarini yanada 

soddalashtirish  va  bu jarayonni jadallashtirish,  ulami  xususiylashti- 

rishda byurokratik to‘siqlami bartaraf etish, xususiy mulk qilib sotil- 

gan obyektlarda raqobatbardosh tovarlar ishlab  chiqarish va xizmat­

lar ko‘rsatishni tashkil etishga qaratilgan.

15 

Manba:  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  statistika  qo‘mitasi 



m a’lumotlari

108



Xususiy  mulkka  berilgan  bunday  katta  e’tibor  iqtisodiyotning 

turli  sohalari va tarmoqlarining jadal va keng  rivojlanishi,  yangi  ish 

o ‘rinlarining ko‘payishiga imkon yaratadi.

Bugun hech kimga sir emaski, xususiy mulk va xususiy tadbirkor- 

lik faoliyatining amaliyoti xususiy mulkning davlat mulkiga nisbatan 

har tomonlama samaradorligini ko‘rsatmoqda.

Xususiy  korxonalarda  sidqidildan  mehnat  qilishga  undaydigan 

omillar  va  shaxsiy  manfaatdorlik  darajasi  va  eng  asosiy si,  o‘zining 

ishlab  chiqarish  va  moliyaviy  faoliyatining  yakuniy  natijasi  uchun 

mas’uliyat hissi butunlay yuqori  ekanligi hammaga ma’lum.  Bu fikr 

2017-2021-yillarga  belgilangan  harakatlar  strategiyasida  yanada 

aniqlashtirildi va rivojlantirildi.




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish