Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida
to‘liq band boMmaslik xos. Iqtisodiyot rivojlanishi darajasining
pasayishi korxonalardagi ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga
olib keladi. Biroq, korxona egalari o‘z ishchilarini birdaniga ishdan
bo‘shata olmaydilar. Buning natijasida ishchilaming ma’lum qismi
rasman ish bilan band bo‘lsalarda, amalda to‘liq holda ishlamaydilar.
Buning natijasida mehnat unumdorligi pasayib, korxona moliyaviy
natijalariga ta’sir ko‘rsatadi. Yashirin ishsizlik mamlakatda vujudga
kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy keskinlikka yo‘l qo‘ymaslikka inti
lish natijasida ham paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: