Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


YalMni hisoblashga sarflar va daromadlar bo‘yicha



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet586/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   582   583   584   585   586   587   588   589   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

YalMni hisoblashga sarflar va daromadlar bo‘yicha 

yondashuv

Milliy mahsulot hajmini sarflar sum­

masi bo‘yicha hisoblash

Milliy mahsulot hajmini daromadlar 

summasi bo‘yicha hisoblash

Uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari 

+

Daromad bilan bog‘liq bo‘lmagan sarf 

va to‘lovlar:  a) amortizatsiya b) egri 

soliqlar

+

Tadbirkorlaming investitsion sarflari

+

Ish haqi 

+

Tovar va xizmatlarning davlat xaridi

+

Renta to‘lovlari 

+

Chet elliklar sarfi

+

Foiz

+

Notijorat muassasalari sarfi

+

Foyda

Moddiy aylanma vositalar zaxirasida- 

gi o‘zgarishlar =

=

YalM

YalM

YalMni  hisoblashda  uning  tarkibiga  kirgan  daromadlaming  alo­

hida turlarini batafsil qarab chiqamiz. Amortizatsiya ajratmasi shu yil 

ishlab  chiqarilgan mahsulot (YalM)  qiymati tarkibiga ishlab  chiqar­

ish xarajatlari  sifatida kirib,  mahsulot sotilishi natijasida pul  shakli- 

dagi daromad sifatida qaytib keladi va amortizatsiya fondi hisobida 

to‘planib boradi.

Egri  soliqlar korxonalar uchun ishlab  chiqarish xarajatlari hisob­

lanadi  va  shu  sababli  mahsulot  narxiga  qo‘shiladi.  Bunday  soliqlar 

aksiz to‘lovlari, sotishdan olinadigan soliqlar, mulk solig‘i, litsenziya 

va bojxona to‘lovlarini o‘z ichiga olib, davlat byudjetida daromad si­

fatida namoyon bo‘ladi.

Daromadlaming  eng muhim turi bo‘lgan ish haqi tadbirkorlar va 

davlat tomonidan ishchi kuchini taqdim  qilganlarga to‘lanadi.  U  ish 

haqiga ko‘plab  qo‘shimchalar,  ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari va nafaqa

414



ta’minotining har xil xususiy fondlari, ishsizlik nafaqalari va boshqa 

turli mukofot hamda imtiyozlami  o‘z ichiga oladi.  Ish haqi va unga 

qo‘shimchalar ham ishchi kuchini taklif qiluvchilar uchun daromad­

ning bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi va shu sababli aholi daromad- 

larining muhim tarkibiy qismi sifatida qapaladi.

Renta  to‘lovlari  iqtisodiyotni  resurslar  (kapital,  yer)  bilan 

ta’minlovchi uy xo‘jaliklarining  oladigan daromadi hisoblanib,  kor­

xona xarajatlari tarkibiga kiradi (yer davlat mulki bo‘Isa renta davlat 

ixtiyoriga, byudjetga borib tushadi va byudjet daromadi hisoblanadi).

Foiz pul kapitali egalariga pul daromadi to‘lovlaridan iborat. Bun­

da davlat tomonidan amalga oshiriladigan foizli toiovlar foizli daro­

madlar tarkibidan chiqariladi.

Mulkdan  olinadigan  daromadlar  ikki  turga  bo‘linadi:  bir  qismi 

mulkiy  daromad va  boshqa qismi  esa korporatsiyalar  foydasi  dey­

iladi.

Xulosalar

1.  Milliy iqtisodiyot ko‘plab  o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan 

iborat bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Milliy iqti­

sodiyot,  barcha  tarmoqlar  va  sohalami,  mikro-  va  makrodarajadagi 

iqtisodiyotlami,  funksional  iqtisodiyotni,  ko‘plab  infratuzilmalami 

o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir.

2.  Makroiqtisodiyot  -   bu  mamlakat  miqyosida  moddiy  ishlab 

chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy 

va jahon  xo‘jaligi  darajasidagi  iqtisodiy otdir.  Makroiqtisodiyot  o‘z 

ichiga  iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab  chiqarish hamda 

xizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.

3.  Ko‘pgina  mikroiqtisodiy  ko‘rsatkichlar  yordamida  korxonalar 

faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniq- 

lansa, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning ho­

lati uning o‘sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi.

4. Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim mak­

roiqtisodiy  ko‘rsatkichlar  -   yalpi  milliy  mahsulot  (YaMM),  yalpi 

ichki  mahsulot  (YalM),  sof milliy  mahsulot  (SMM),  milliy  daro-



415


mad  (MD),  ishchi  kuchi  bandligi,  ishsizlik,  inflyatsiya  va  boshqa 

shu kabilar hisoblanadi.

5.  Bozor  munosabatlari  sharoitida  ijtimoiy  mahsulot  tarkibiga 

faqat tovar  shaklida  bo‘lib,  bozor narxi  mavjud bo‘lgan yoki,  hech 

bo‘lmaganda,  ulami  yaratish  uchun  haqiqatda  sarflangan  xarajatlar 

miqdori  bo‘yicha  baholash  mumkin  bo‘lgan  mahsulot  va  xizmatlar 

kiritilishi mumkin.

6. YalM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlami 

ko‘p  marta hisobga  olishlami bartaraf qilish uchun,  iqtisodiyotning 

barcha  tarmoqlarida  Yaratilgan  qo‘shilgan  qiymatlar  yig‘indisi  oli- 

nadi.  Qo‘shilgan qiymat -  bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan 

mahsulot  qiymatidan  mol  yetkazib  beruvchilardan  sotib  olingan  va 

iste’mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlan- 

gandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.

7.  Milliy  iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yal­

pi  ichki mahsulot (YalM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Yalpi  ichki 

mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat maz­

kur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mam­

lakat  ichida  Yaratilgan  tovar  va  xizmatlar jami  qiymatining  bozor 

narxlaridagi ifodasini namoyon etadi.

8.  Milliy  hisoblar  tizimi  asosini  yig'ma balanslar  tashkil  qiladi. 

Bunga  daromad  va  xarajatlar  balansi  misol  bo‘lishi  mumkin.  Da­

romadlar xo‘jalik birliklari  va  aholi umumiy daromadlari  (ish haqi, 

foyda,  daromadlaming boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks 

ettiradi.  Xarajatlar  to‘rtta  guruhdan  iborat  bo‘ladi:  iste’mol,  inves­

titsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyot- 

ning me’yordagi -  muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga 

yordam beradi.

9. YalM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin:  1) qo‘shilgan qiy­

matlar bo‘yicha yondashuv; 2) sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuv; 3) 

daromadlar bo‘yicha yondashuv.


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   582   583   584   585   586   587   588   589   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish