Absolyut renta - qishloq xo‘jaligida yerga boigan mulkchilik
monopoliyasi natijasida vujudga kelib, barcha turdagi - yaxshi,
o‘rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta.
Monopol renta - alohida tabiiy sharoitga ega boigan, noyob
qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan
renta.
Undirma sanoatda renta - foydali qazilma konlarining yuza yoki
chuqur joylashishi va ulaming boyligi jihatdan farqlar natijasida vu
judga keladi.
Agrosanoat majmuasi - qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishti
rish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish
bilan bogiiq xo'jalik tarmoqlarining birligi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi - bevosita
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar.
Ijtimoiy infratuzilma - odamlar yashash va turmush faoliyatin
ing umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |