- har bir korxona resurslarining uyg‘unlashuvi va texnologiyani tanlash.
Bozor tizimi resurslami aw alo yuqori talab va foyda darajasiga
ega tarmoqlarga yo‘naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda
olmaydigan tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo‘ladi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy texnologiyani qo‘llashga layo-
qatli bo‘lgan va shunga intilgan korxonalar samarali faoliyat ko‘rsata
oladi. Korxonalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagi omillarga
bog‘liq: mavjud texnologiya, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni
ta’minlovchi resurslarning oqilona uyg‘unlashuvi darajasi hamda iqti
sodiy resurslarning narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samara-
dorlik mahsulotning muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslami
eng kam darajada sarflagan holda erishishni bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti o ‘zgamvchan bo‘ladi: u iste’molchilar, ishlab
chiqarish texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o‘zgarishiga mu-
vofiq holda o ‘zgaradi. Ayni paytda resurslami taqsimlashning ancha
samarali hisoblangan tizimi vaqt o‘tishi bilan iste’molchi didining
o‘zgarishi, ishlab chiqarish yangi texnologiyasining yaratilishi va tak
lif qilingan resurslar tarkibining qayta o‘zgarishi oqibatida eskirishi
va samarasiz bo‘lib qolishi mumkin.
Iste’molchi dididagi o‘zgarishlaming mahsulot narxi va foydaga
ta ’siri ayrim tarmoqlami qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni
taqozo qiladi. Bu o ‘zgartirish resurslar bozori orqali amalga oshirila-
di, chunki kengayib bomvchi tarmoq resurslarga ko‘proq talab bil-
dirsa, qisqarib boruvchi tarmoq ularga talabni kamaytiradi. Buning
natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o‘zgarishi, resurslami
qisqamvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlay-
di. Demak, bozor tizimi texnologiyaning o ‘zgarishi va har xil resurs
lar taklifi tarkibidagi o ‘zgarishlarga moslashadi.
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantiradi. Bi
rinchi bo‘lib tejamli texnologiyalami qo‘llash korxonaning o‘z raqo-
batchilari oldidagi vaqtinchalik ustunligini ta ’minlaydi. Ishlab chiqa
rish xarajatlarining pasayishi korxonaning iqtisodiy foyda olishini
bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi texnologiyaning tez
tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor iqtisodi
yoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo‘lgan
texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshira-
154
dilar. Qisqacha xulosa qilinadigan b o isa, bozor iqtisodiyoti sharoi
tida «nima, kim uchun va qanday qilib ishlab chiqarish zarur» degan
muammoga quyidagicha j avob beriladi:
a) yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar to‘lovga
layoqatli iste’molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;
b) tovar va xizmatlar to‘lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish im-
konini beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslami tejash imkonini
beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: