Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet859/1093
Sana18.01.2022
Hajmi18,63 Mb.
#388875
1   ...   855   856   857   858   859   860   861   862   ...   1093
Bog'liq
83. Iqtisodiyot nazariyasi. Xodiyev B.Y, Shodmonov SH.SH

Pul bozori 

-  bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasi­

ning turli darajalarida pul mablag‘lariga bo‘lgan talab va pul taklifi­

ning o‘zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.



Pul taklifi 

-  bu bozorda pul sifatida muomalada bo‘lgan turli-tuman 

moliyaviy mablag‘lar, ya’ni pul agregatlari yig‘indisi hisoblanadi.

“Mamlakatdagi  pul  taklifi  asosan  Markaziy bank tomonidan  tar­

tibga  solinsada,  u  iqtisodiyotdagi barcha taklifni  qamrab  ololmaydi. 

Chunki, bu jarayonga uy xo‘jaligi xatti-harakati hamda tijorat bankla- 

rining siyosati ham ta’sir ko‘rsatadi.

2015-yilda  iqtisodiyotdagi  pul  taklifining,  ya’ni  pul  massasining 

belgilangan  maqsadli  ko‘rsatkichlar  doirasida  bo‘lishiga  erishildi. 

Bunda pul massasining o‘sishi quyidagi omillar ta’sirida shakllandi:

-  tijorat banklari  tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustu­

vor sohalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga va real  sektordagi in- 

vestitsion faollikni oshirishni yanada rag‘batlantirishga qaratilgan si- 

yosatning davom ettirilishi natijasida banklaming jami kredit portfeli

2014-yilga nisbatan 27,3 foizga oshdi va uning pul massasi o‘sishiga 

ta’siri 73 foizni tashkil qildi.

-   mamlakat  to‘lov  balansi  ijobiy  saldosining  ta’minlanishi  hi­

sobiga  bank  tizimi  sof tashqi  aktivlarining  ko‘payishi  pul  massasi 

o‘sishining 27 foizini ta’minladi.

0 ‘z navbatida, pul massasining o‘sishi quyidagi omillar hisobiga 

kamaytirilib, maqbul darajaga keltirildi:

-  0 ‘zbekiston Respublikasi  Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 

hisobvarag‘iga joriy  tushumlar  hisobidan  qo‘shimcha  ravishda  910

610



mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘lar yo‘naltirilishi hisobiga pul 

massasining  o‘sishi  oldi  olindi.  Ushbu  omilning  pul  massasini  ka- 

maytirishdagi ulushi 83 foizni tashkil etdi;

-  


pul-kredit siyosatining bozor instrumentlaridan foydalanishning 

pul massasi kamayishiga ta’siri  11  foizni tashkil qildi.

Shuningdek,  Davlat byudjetining YalMga nisbatan 0,1  foiz prof- 

itsit bilan ijro etilishi ham mos ravishda pul massasi o‘sishining oldini 

olishga xizmat qildi”160.

0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakat- 

lar  strategiyasining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning 

ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan qismida “ilg‘or xalqaro tajribada 

qo‘llaniladigan  instrumentlardan  foydalangan  holda  pul-kredit  siyo­

satini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda 

zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mil­

liy valyutaning barqarorligini ta’minlash”161 ko‘zda tutilgan.

Tijorat banklari  o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan aktivlari hisobiga yangi 

pullami hosil qilishlari, ya’ni ulami bank krediti sifatida mijozlariga 

berishlari  mumkin.  To‘g‘ri,  ulaming bu  faoliyatlari  Markaziy  bank 

tomonidan  o‘matiluvchi  majburiy  zaxira  me’yorlari  orqali  chekla- 

nadi. Ya’ni, tijorat banki o‘zining joriy xarajatlarini qoplashi hamda 

mijozlar  tomonidan  kreditlar  qaytarilmasligi  xavfining  oldini  olish 

maqsadida  ma’lum  miqdordagi  pul  mablag1 larini  zaxira  sifatida 

saqlashi lozim. Aktivlaming qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, 

u  ma’lum  muddatdan  so‘ng  yana  bankka  qaytishi  hamda  majburiy 

zaxira me’yoridan ortiqcha qismi yana muomalaga chiqarilishi mum­

kin. To‘xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon pul taklifi multip- 

likatori yoki bank multiplikatori deyiladi.




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   855   856   857   858   859   860   861   862   ...   1093




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish