2015-2016-yillarda mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlari -
da mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hajmlarining
yuqori sur’atlarda o‘sishi kuzatildi.
Xulosalar
1. Yalpi talab - bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar
va davlat tomonidan narxlaming muayyan darajasida turli tovarlar va
xizmatlami sotib olish mumkin bo‘lgan milliy iqtisodiyotdagi real pul
daromadlari hajmi.
2. Yalpi talab turli tovarlaming miqdori, sifati va narx dara
jasiga bevosita bog‘liq. Agar yakka talab egri chizig‘i turli narx
ko‘rsatkichlarida alohida iste’molchining muayyan tovarga bo‘lgan
talabi miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri
chizig‘i mamlakatdagi narxlaming turli darajasi hamda ishlab chiqa
rishga bo‘lgan talab hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi.
3. Yalpi taklif - bu mamlakatda narxlaming muayyan darajasida
ishlab chiqarilib, sotishga chiqarilayotgan barcha tovarlar va xizmat
lar hajmidir. Bu narxlaming har xil mumkin bo'lgan o‘rtacha daraja
sida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko‘rsatadi.
4. Yalpi taklifga eng awalo narxlar darajasi bilan ishlab chiqa
rilgan tovarlar ijtimoiy qiymati o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi
ta’sir ko‘rsatadi. Narxlar darajasining qiymatdan oshishi qo‘shimcha
tovarlar ishlab chiqarish uchun rag‘bat yaratadi. Narxlar darajasining qiy
matdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib ke
ladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bog‘liqlik mavjud bo‘ladi.
5. Yalpi taklifga narxdan tashqari yana bir qator omillar ta’sir
ko‘rsatadi: a) resurslar narxining o‘zgarishi; b) samaradorlikning
o‘zgarishi; v) huquqiy me’yorlaming o‘zgarishi.
6. Iqtisodiyot nazariyasida yalpi taklifga uch xil nuqtai nazardan
yondashuv mavjud: yalpi taklif narxlar darajasiga bog‘liq emas; narx
lar darajasiga bevosita bog‘liq; yalpi taklifning o‘sishida yoki kamayi-
shida narxlar darajasi o‘zgarishsiz qoladi. Shuning uchun yalpi taklif
egri chizig‘i grafigi uchta kesmaga ega: tik, yotiq va oraliq kesmalar.
441
7. Yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifga turlicha ta’sir qiladi: tak
lif egri chizigining keynscha kesmasida taklif aynan o‘sha miqdorga
ortadi, oraliq kesmada - narxlar darajasining o‘sganligi uchun taklif
oz miqdorda ortadi; klassik kesmada esa - yalpi taklifda o‘zgarish
bo‘lmaydi, chunki barcha resusrlar jalb etilgan bo‘ladi, lekin narxlar
darajasi keskin o‘sadi.
8. Yalpi talab egri chizig‘i va yalpi taklif egri chizig‘i kesishgan
nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning
muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real
hajmi orqali erishiladi.
9. Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon
harakat qiladi va m aium darajada bu tenglik ta’minlab turiladi. Bi-
roq, yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarning o‘zgarib
turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat
tomon harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: