Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet653/1093
Sana18.01.2022
Hajmi18,63 Mb.
#388875
1   ...   649   650   651   652   653   654   655   656   ...   1093
Bog'liq
83. Iqtisodiyot nazariyasi. Xodiyev B.Y, Shodmonov SH.SH

Jamg‘arma -  bu aholi, korxona

 

(firma)  va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlari­



ni qondirish  va  daromad  olish  maqsadlarida  to‘planib  borishi.

 

Uning hajmi barcha xo‘jaliklar daromadidan iste’mol sarflarini ayirib 



tashlash  yo‘li  bilan  aniqlanadi.  Daromad  tarkibida  iste’mol  sarflari 

ulushi  qanchalik  yuqori  bo‘Isa,  jamg‘arma  hajmi  shunchalik  kam 

bo'ladi. Jamg‘armaning o‘sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag1 laming 

iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlar xarid qilishga 

yo‘naltirilishini bildiradi. Shunga ko‘ra, jamg‘arma -  bu muddat jiha­

tidan kechiktirilgan iste’molni anglatadi. Shu bilan birga joriy davrda 

amalga  oshirilgan jamg‘arma joriy  iste’molning  chegirilgan  qismi- 

dir, chunki jamg‘arma aholi va korxonalar ixtiyoridagi daromadning 

iste’molga sarflanmagan qismi hisoblanadi:

Y=C+S,


bu yerda Y -  barcha xo‘jaliklar ixtiyoridagi daromad;

С -  iste’mol miqdori;

S -  jamg‘arma miqdori.

Shu  sababli  daromad  tarkibidagi  iste’mol  sarflari  va jamg‘arma 

nisbatining  о‘zgarishi  bir  qator,  ba’zan  qarama-qarshi  oqibatlarga 

olib  kelishi  mumkin. 



Birinchidan, 

daromadlaming  qandaydir  qis­

mini jamg‘armaga qo‘yish oqibatida u tovarlarda bo‘lgan talabda o‘z 

aksini topmaydi. Jamg‘arma, yuqorida ta’kidlanganidek, daromadlar- 

ning ma’lum bir qismini iste’mol qilishdan chegirib qo‘yishni bildirib, 

natijada iste’mol sarflari hajmi barcha ishlab chiqarilgan mahsulot va 

xizmatlami sotib olish uchun yetarli bo‘lmay qoladi. Aholi daromadi-

446



ning jamg‘arilgan qismi o‘zining xususiy talabini vujudga keltirmay- 

di. Buning natijasida sotilmay qolgan tovarlaming ko‘payishi, ishlab 

chiqarishning  qisqarishi,  ishsizlik va daromadlaming pasayishi  ro‘y 

berishi mumkin. 



Ikkinchidan, 

jamg‘arma talabning yetishmasligiga 

olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg‘arilgan mablag‘lar tadbir­

korlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu jamg‘arma 

keltirib chiqaradigan iste’mol sarflaridagi har qanday yetishmaslikni 

to‘ldiradi. 



Uchinchidan, 

korxonalar ham  o‘zining  barcha  mahsulo- 

tini pirovard  iste’molchilarga  sotishni  ko‘zda tutmaydi,  balki  uning 

bir qismidan o‘z ishlab  chiqarishida foydalanishi mumkin.  Shunday 

qilib,  agar  tadbirkorlar  aholining jamg'armalariga  teng  miqdordagi 

mablag‘lami investitsiyalarga qo‘yishni ko‘zda tutsa, ishlab chiqarish 

darajasi doimiy bo‘lib qoladi.

Iste’mol va jamg‘arma darajasini aniqlab bemvchi asosiy omil mil­

liy daromadning hajmi va uning o‘zgarishi hisoblanadi. Uning yalpi 

ichki  mahsulotdan  amortizatsiya  ajratmalari  hamda  biznesga  egri 

soliqlami chegirib tashlash orqali aniqlanishi  14-bobda aytilgan edi. 

Lekin milliy daromad tarkibida to‘g‘ri soliqlar ham mavjud bo‘ladi. 

Shu sababli soliqlar to‘langandan keyin 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   649   650   651   652   653   654   655   656   ...   1093




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish