0 ‘rmalab boruvchi inflyatsiya
holatida narxlar
yiliga 10 foizgacha,
jadal inflyatsiyada
20 dan 200 foizgacha,
giper-
inflyatsiyada
200 foizdan yuqori darajada o‘sishi kuzatiladi.
Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan
inflyatsiya farqlanadi.
Kutilayotgan inflyatsiya
va uning oqibatlarini
oldindan bashorat qilish mumkin,
kutilmagan inflyatsiyani
oldindan
aytib bo‘lmaydi. Birinchi holda inflyatsiyaning kutilayotgan salbiy
oqibatlariga tayyorlanib, uni sezilarli darajada yumshatish mumkin.
Ikkinchi holda narxlaming kutilmagan o‘sishi natijasida mamlakat
iqtisodiy ahvolining sezilarli yomonlashuvi ro‘y berishi mumkin.
22.3. Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul doimiy va uzluksiz harakatda
bo‘lishi lozim. Buning uchun esa bo‘sh pul mablagiari ham pul-
kredit muassasalari orqali to‘planib, iqtisodiyotga investitsiyalar si
fatida yo‘naltirilishi lozim. Bu jarayonlami amalga oshirishda
Do'stlaringiz bilan baham: |