Toshkent davlati nizami pedagogik universiteti



Download 0,6 Mb.
bet31/52
Sana23.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#577013
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52
Bog'liq
MADANIYATSHUNOSLIK UMK 2021 (Восстановлен)

Tayanch tushunchalari: Arxaik madaniyat, antipologik va arxeologik, ibtidoiy mada­niyat, moziy, paleolit, mezolit, neolit, eneolit (mis-tosh), bronza, piti­kantrop, sinantrop, neandertal, detsentrizm, ibtidoiy san’at, fergantrop, totem, animizm, fetishizm, sehrgarlik, mif, mifologiya, marosim, monumental, megalit, mentir, dolmen, tasviriy san’at, piktografiya.
Seminar mazmuni. Birinchi savolda arxaik madaniyat insoniyat madaniyatining ibtidosi va eng uzoq davom etgan davri ekanligi, insoniyat hayotining boshlang‘ich davri jamiyatning keyingi barcha o‘zgarishlariga zamin tug‘dirganligi, bu davrni o‘rganish insoniyat evolyusiyasi asos­larini, uning madaniyati negizini tushunish va sharhlashga yordam berishi yoritiladi.
Antropologik va arxeologik ma’lumotlar ibtidoiy odamlarning jismoniy va madaniy rivojlanishi, turmush tarzini yuzaga chiqarganligi, bu ma’lumotlar o‘ziga xos belgilari bilan empirik (tajriba) tahlilni yuzaga chiqarishi va ibtidoiy bosqichni umum qabul qilingan tasnifiga asos solganligi bayon etiladi.
O‘zbekiston xududida qoyalarga solingan so‘nggi paleolit dav­riga oid tasvirlar uchramasada, ushbu davrga tegishli 30 dan ortiq manzilgohlar o‘rganilganligi, ular Samarqand manzilgohi, Ohangaron­dagi tosh qurollar «ustaxona»si, Ko‘kbo‘loq va Oqtosh manzilgohlari­dir. Mamlakatimiz xududida ibtidoiy tasviriy san’at namunalari­ning eng qadimgisi mezolit-neolit davrlariga oid bo‘lib, ular jahon tasviriy san’at tarixining ajralmas qismi ekanligi, shuningdek, bu tasviriy san’at tarixi bir qator alohida ko‘rinish, o‘ziga xoslik va farqlik jihatlarga ega bo‘lib quyidagi bosqichlardan iborat ekanligi, masalan:
1. G‘orlar, qadimgi toshlar va turli qoyalarda saqlanib qolgan ibtidoiy tasvirlar
2. Loy, ganch, tosh va yog‘ochdan ishlangan qadimgi haykallar namunalari va turli hunarmandchilik buyumlaridagi tasvirlar manbalar asosida yoritiladi.
Mamlakatimizning tog‘lik tumanlarida keng tarqalgan qoyatosh tasvirlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki xil: 1) bo‘yoq (ohra) bilan va 2) o‘yib-ishqalash-chizish usuli bilan ishlangan rasmlar (petroglif­lar) dan iboratligi o‘rganiladi.
Ikkinchi savolda Neolit davri o‘z mohiyatiga ko‘ra arxaik madaniyatining oxiri hisoblanishi, bunda ishlab chiqarish faoliyatining yangi turi dehqon­chilik va chorvachilikka o‘tish bilan insonni tabiatda mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati namoyon bo‘lishi, agar arxaik madaniyatda jamoa fikri urug‘ a’zosi, urug‘ manfaatlari doirasida yetakchi faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, endi individual ong va qiziqish kuchaya boshlanishi, bu davrda jamoa mulki o‘rniga xususiy mulk vujudga kelib, hunarmandchilikning ajralib chiqishi, mahsulot ayrboshlashning shakllanishi bayon etiladi.
O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi (mezolit-neolit davrlariga oid) ibtidoiy san’at namunalari, ilk paleolit va unda antropogenez jarayonining sodir bo‘lishi (zinjantrop, avstralopitek pitekantrop, sinantrop, neandertal va b.), madaniyatning ilk namunalari (qo‘pol tosh qurollar-keskich, tosh nayza, qirg‘ich), muomala vositalari, turar joylar, atrof-muhit haqida tasavvurlarning paydo bo‘lishi, olovdan foydalanish kabi xolatlar yoritiladi.
Uchinchi savolda bronza davrida yashagan aholining turmush tarzi, kulolchilik dastgohisiz qo‘lda ishlangan tagi yumaloq, yassi sopol idishlardan foydalanilganligi, jez davrida madaniyat yodgorliklari Amudaryo va Zarafshonning qo‘yi oqimidan, Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi, Samarqand viloyatidan topilganligi, chorvador qabilalar jez davrida o‘troq turmush tarziga o‘ta boshlaganligi, jez kashf etilgach, undan mehnat qurollari, jangovar aslahalar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va zeb-ziynat buyumlari yasalganligi yoritiladi.
Jez davrida (mil.avv. 3-2 ming yilliklar) ikki turdagi mustaqil madaniyat shakllanganligi, ya’ni: 1) o‘troq dehqonchilik madaniyati (Surxondaryo vohasidagi Sopollitepa, Jarqo‘ton makonlarida, Far­g‘ona vodiysidagi Chust madaniyati); 2) ko‘chmanchi dashtliklar mada­niyati (Zamonbobo, Tozabog‘yob va Amirobod kabi joylarda) vujudga kelganligi yoritiladi.
Sopollitepa va Jarqo‘ton manzilgohlarida sharq tipidagi ilk sivilizatsiyaning shakllanishi va rivojlanishi jarayoni, ikka­la manzilgohda jez eritish, to‘qimachilik, kulolchilik, zargarlik; suyak, tosh, yog‘och ishlov berish gullab-yashnaganligi, turli kulolchilik buyumlarini kulolchilik dastgohidan tayyorlanganligi, shaklining chiroyliligi bu sohasining texnologiyasi yuqoriligidan dalolat berishi, O‘zbekistonning janubida yashagan aholi qadimgi sharq va hind vodiysidagi Xarappa sivilizatsiyasi bilan hamkorlik qilganligi misollar asosida tushuntiriladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish