Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet91/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Mulk huquqining vujudga kelish va bekor boʻlish asoslari


Muayyan shaxslarda ma’lum mol-mulkka mulk huquqini vujudga
kelishi huquq yaratuvchi faktlar orqali ham, subyektlarning harakatlari,
kishilarning irodasiga bogʻliq boʻlmagan hodisalar roʻy berishi orqali ham
sodir boʻlishi mumkin. Mazkur huquq yaratuvchi yuridik faktlar mulk
huquqi paydo boʻlishining asoslari (titullari) deb nomlanadi. Mulk huquqi
ikki xil usul, ya’ni dastlabki va hosilaviy usullar yordamida qoʻlga
kiritiladi. Mulk huquqining dastlabki usulda qoʻlga kiritilishida, sotib
oluvchining huquqlari va majburiyatlari qonun tomonidan belgilanadi,
hosilaviy usulda esa sobiq mulkdorning irodasi, huquqlari va
majburiyatlari, tomonlarning oʻzaro roziligi va davlat xokimligi
organlarining dalolatnomalari muhim ahamiyatga ega boʻladi.
Dastlabki (boshlangʻich) usullarga mulk huquqi ayni ashyoga
nisbatan birinchi bor paydo boʻladigan sharoitdagi mulk huquqini
(masalan, ilgari mavjud boʻlmagan, va shu sababdan hech kimning
egaligida hali boʻlmagan yoki garchi mavjud ilgari kimnidir egaligida
boʻlgan taqdirida ham, biroq hozirda hech kimga tegishli boʻlmagan
ashyolar) yohud mazkur ashyoga sobiq mulkdorning erki-irodasidan qat’i
nazar mavjud mulk huquqlarini qoʻlga kiritish usullarini kiritadilar. Mulk
huquqini bunday qoʻlga kiritish usullariga yangi ashyoni yaratilishi,
oʻsimlik, hayvonot olamining va notirik tabiatning umumiy iste’molga
yaroqli obyektlarining yigʻim terimi, mulk huquqiga nisbatan egalik
huquqini vujudga keltiruvchi muddati, egasiz mulkka ega boʻlish va
boshqalar kiradi.


1


63





Hosilaviy usullar boʻlib mazkur shaxs tomonidan mulk huquqining
qoʻlga kiritilishi dastlabki mulkdorining mulk huquqiga asoslanadigan
usullar hisoblanadi. Yuridik shaxsning qayta tashkil etishdagi huquqiy
vorislik tartibida tuziladigan mol-mulkni taqsimlash bitimlari asosida mulk
huquqining qoʻlga kiritilishi mulk huquqini qoʻlga kiritishning xosilaviy
usullariga taalluqlidir.


Mulkchilik huquqini qoʻlga kiritish usullarini dastlabki asos va


hosilaviy


usullarga


boʻlinishi


amaldagi


FKda


qonuniy


mustahkamlanmaganligiga qaramay, uni amaliy maqsadlar uchun qoʻllash
mumkin. Mulk huquqini qoʻlga kiritilishi usullarini dastlabki va xosilaviy
usullarga farqlashning amaliy ahamiyati – ularning yordamida mulk
huquqini oluvchining huquq va majburiyatlari hajmining belgilanishida
namoyon boʻladi. Mulk huquqini qoʻlga kiritishning hosilaviy usullarida
yangi mulkdori, oʻzining oʻtmishdoshiga tegishli boʻlgan xuddi oʻsha
huquqlari, va shular bilan birga mazkur huquqning barcha cheklanishlarini
qoʻlga kiritadi. Dastlabki usulda oluvchiga mulk huquqining hech qanday
cheklovlari tatbiq etilmaydi.


Mulk huquqi vujudga kelishining dastlabki usullarga quyidagilar
kiradi:


-
-
-


mol-mulkni yaratish va koʻpaytirish;
mehnat faoliyati;
mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa


xoʻjalik faoliyati, shu jumladan mol-mulkni yaratish, koʻpaytirish, bitimlar
asosida qoʻlga kiritish;


-
-
-
-


davlat mol-mulkini xususiylashtirish;
meros qilib olish;
egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat;
hamma yigʻib olishi mumkin boʻlgan ashyolarni mulkka


aylantirish;


-
-
-
-


egasiz ashyoga nisbatan mulk huquqining vujudga kelishi;
topilmaga egalik huquqini olish;
qarovsiz hayvonlarga egalik huquqini olish;
xazinaga egalik huquqini olish;


Mulk huquqi vujudga kelishining hosila usullariga quyidagilar kiradi:


-
-


bitim boʻyicha mol-mulkni olish;
sudning qarori.


FKning 197-moddasiga koʻra, mulk huquqi mulkdorning ixtiyoriy
suratda majburiyatni bajarishi, mulkdorning mol-mulk taqdirini hal
qiladigan bir tomonlama qaror qabul qilishi, sud qarori asosida mol-mulkni
olib qoʻyish (sotib olish) yoʻli bilan, shuningdek mulk huquqini bekor
qiluvchi qonun hujjatlariga asosan bekor boʻladi.


1


64





Mulk huquqining bekor boʻlish tartibotini oʻrganishda jamiyat va
mulkdor manfaatlarining oʻziga xos toʻqnashuvini kuzatish mumkin.
Bozor munosabatlarini rivojlantirish uchun ularning oʻrtasidagi
muvozanatni saqlash zarur va bunga mulkchilik tizimi munosabatlarining
tartibga solish jarayonida erishiladi.


Xususiy mulkning daxlsizligini e’tirof qilayotgan Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi 53-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq,


«...Mulkdor undan faqat qonun tomonidan koʻzda tutilgan hollarda va


tartibda mahrum etilishi mumkin» deyilgan. Mazkur koʻrsatmaga tayangan
holda FK mulk huquqining bekor boʻlishining asoslarini, shuningdek
FKning birinchi moddasida oʻrnatilgan mulkning daxlsizligi tamoyiliga
asoslangan holda ham tartibga soladi. Fuqarolik qonunchiligining negiziga
kirgan mulkning daxlsizligi tamoyili bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk
muomalasining barqarorligini qoʻllab quvvatlashda, mulkdor uchun mol-
mulkidan oʻz xohishiga koʻra va oʻz manfaatlaridan kelib chiqqan holda
foydalanishi uchun har tomonlama qulay shart sharoitlarning yaratilishida
muhim oʻrin tutadi. Mulk huquqi bekor boʻlishi asoslarining fuqarolik-
huquqiy belgilanishi asosan fuqarolar va yuridik shaxslar xususiy
mulkining daxlsizligini ta’minlanishi uchun qaratilgan.
Mulk huquqining bekor boʻlishi qonun tomonidan koʻzda tutilgan
ma’lum, huquqni toʻxtatuvchi yuridik faktlarni paydo boʻlishi bilan sodir
boʻladi. Mazkur yuridik faktlar vujudga kelishining huquqiy oqibati mulk
huquqining bekor qilinishidir.
Mulk huquqining bekor qilinishiga faqat qonunda koʻrsatilgan
asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi. Bunday asoslarga mulkdor tomonidan
majburiyatning ixtiyoriy ijro etilishi, mulkdor tomonidan mulkning
taqdirini hal etadigan bir tomonlama qarorning qabul qilinishi, sud qarori
va qonun hujjatlarining mulk huquqini bekor qiladigan normalari asosida
mulkning olib qoʻyish (sotib olish) taalluqlidir.
Mulk huquqining bekor qilinishi boʻyicha mulkdorning oʻz roziligini
bildirishiga bogʻliq holda, yuqorida koʻrsatilgan asoslarni ikki guruhga,
ya’ni ixtiyoriy (mulkdorning erki boʻyicha) va majburiy (mulkdorning
erkidan tashqari) asoslarga boʻlish mumkin.
Majburiyatning mulkdor tomonidan ixtiyoriy tarzda bajarilishi va
mulkdor tomonidan mulkning taqdirini hal etadigan bir tomonlama
qarorning qabul qilinishi mulk huquqi bekor qilinishining ixtiyoriy
asoslaridir. Oʻz navbatida, sud qarori va qonun hujjatlarining mulk
huquqini bekor qiladigan qoidalari asosida mulkning olib qoʻyilishi (sotib
olinishi) majburiy asoslarga kiradi.


1


65





Majburiyatning mulkdor tomonidan ixtiyoriy tarzda bajarilishi yoʻli
bilan mulk huquqining bekor qilinishi mol-mulkni tasarruf etuvchi
shartnomalar, ya’ni oldi – sotdi, ayriboshlash, xadya qilish va boshqa
shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu holda tasarruf etish huquqini
amalga oshirayotgan mulkdor oʻzining mulkiga nisbatan oʻz ixtiyoriga
koʻra va oʻz manfaatlarini koʻzlagan holda mulk huquqini bekor qiladi.
Mulkdor tomonidan mulkning taqdirini hal etadigan bir tomonlama
qarorning qabul qilinishi asosida, mulkdor tomonidan mulkni iste’mol
qilish, yoʻq qilib tashlash yoki roʻyxatdan chiqarish natijasida, va bir
tomonlama bitimlarning (masalan, vasiyatnoma) tuzilishi tufayli mulk
huquqi ixtiyoriy tarzda toʻxtatiladi (vasiyat qoldiruvchi vafot etgach).
Oʻz navbatida, mulk huquqining majburiy bekor qilinishini, mulk
huquqining bekor qilinishi uchun nima asos boʻlganligiga qarab ikki
guruhga boʻlish mumkin. Birinchi guruhga sud qarori asosida amalga
oshiriladigan mulk huquqining bekor qilinishi usullari kiradi. Bularga
mulkdorning majburiyatlari boʻyicha uning mulkiga nisbatan undirishni
qoʻllash, shaxsga tegishli boʻlishi mumkin boʻlmagan mulkka nisbatan
mulk huquqining bekor qilinishi, tarix va madaniyat yodgorliklarni
egasizlarcha saqlanishi va huquqbuzarlik uchun mol-mulkni musodara
qilish talluqlidir.
Ikkinchi guruhni qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladigan mulk
huquqini bekor qilish usullari tashkil qiladi. Mulk huquqini toʻxtatishning
shunday usullariga natsionalizatsiya, rekvizitsiya va mulkdordan mol-
mulkni bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan holda mulk huquqining bekor
qilinishi kiradi.
Mulkning majburiy tarzda olib qoʻyilishi, musodara va mulkdorning
majburiyatlari boʻyicha uning mol-mulkiga nisbatan undirishni qoʻllash
hollaridan tashqari, umumiy qoida boʻyicha toʻlovli asosda amalga
oshiriladi.


Yuqorida aytilgandan tashqari, tabiiy ofat (yongʻin, zilzila va
boshqalar) natijasida ashyoning nobud boʻlishi holatida mulk huquqi bekor
qilinishi mumkin. Ashyoning nobud boʻlganidan keyin, saqlanib qolgan
unga tegishli tarkibiy qismlar, agarda alohida ma’lum ashyolarga nisbatan
qoʻyiladigan talablarga javob bersa, mulkdoriga tegishli boʻladilar.


1


66






Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish