Qarzdorning javobgarlikdan ozod qilinishi asoslari
Qarzdorning majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada
bajarmaganligi uning aybisiz sodir boʻlganligi yoki bunday holat
kreditorning aybi bilan bogʻliq boʻlsa, umumiy qoida boʻyicha qarzdor
javobgarlikdan ozod boʻladi.
Qarzdor tomonidan majburiyatning aniq bajarilishiga toʻsqinlik
qilgan yuqorida koʻrsatilgan yuridik faktlardan birining boʻlishi –
majburiyat bajarilishi mumkin boʻlmasligi tushunchasini bildiradi.
Oddiy tasodifiy holat – yuridik ma’noda majburiyatning qarzdor
tomonidan uning va kreditorning aybi boʻlmay turib bajarilmaganligi yoki
lozim darajada bajarilmaganligini sodir qilgan holat hisoblanadi. Bunday
holatlar uchinchi shaxslarning, chunonchi, boshqa shaxslarning harakatlari
bilan ham bogʻliq boʻlishi mumkin. Masalan, begona bir shaxsning
harakatlari natijasida qarzdor yoʻqligida u tomondan oldi-sotdi
shartnomasi boʻyicha kreditorga topshirilishi lozim boʻlgan uyga oʻt
tushib, yonib ketishini koʻrsatish mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida
tadbirkorlikning ahamiyatini hisobga olgan holda tadbirkorlar uchun
muhim kafolatni koʻzda tutadi. FKning 333-moddasi 3-qismiga asosan
basharti, qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlmasa,
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki
lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga
yengib boʻlmaydigan kuch, ya’ni, favqulodda va muayyan sharoitlarda
oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon
boʻlmaganligini isbotlay olmasa, javobgar boʻladi.
FKning qoidasida majburiyatlarning qarzdor, shuningdek kreditor
xatti-harakatlari tufayli bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi
toʻgʻrisida soʻz boradi. Bunday hollarda qarzdorning javobgarligi hajmi
ham kamaytirilishi mumkin.
2
68
Mazkur holda sud har ikki tarafning aybi darajasini belgilashi va
qarzdorning javobgarligi miqdorini tegishlicha kamaytirishi, kreditor
koʻrgan zararlarni qisman toʻlashga majbur qilishi, kreditorga toʻlanishi
lozim boʻlgan neustoyka summasini kamaytirishi lozim.
Modomiki, majburiyatlarni bajarishda har ikki taraf oʻzi uchun
foydali, tejamli samaraga erishishni koʻzlab harakat qilar ekan, kreditor
oʻz aybi bilan zarar kamayishi uchun choralar koʻrmasa, oʻz majburiyatini
bajarmagan hisoblanadi. Majburiyatni bajarmaslikdagi aybi keyinchalik
majburiyatni lozim darajada bajara olmagan qarzdorning javobgar boʻlish
darajasini belgilashda e’tiborga olinadi.
Majburiyatni bajarmaslikda har ikki taraf teng darajada aybli boʻlsa,
koʻrilgan zarar taraflar oʻrtasida bab-baravar taqsimlanishi zararning faqat
yarminigina toʻlashga majbur qilinadi. Zararning ikkinchi yarmi esa
kreditorga toʻlanmay qoladi. Ammo bunday javobgarlik barcha hollarda
ham bir xil boʻlmaydi. Chunonchi, sud qarorlarida har ikki tarafning aybini
taqqoslab koʻrib, toʻlanadigan zarar summasi birmuncha kamaytirilishi
hollari koʻriladi.
Ba’zi hollarda qarzdor majburiyatni bajarish uchun barcha choralarni
koʻrsa ham kreditor oʻzining harakatsizligi va beparvoligi bilan
majburiyatning bajarilishiga toʻsqinlik qiladi. Bunday holda sud
qarzdorning majburiyatni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik
javobgarligidan ozod qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |