bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtishini, ishlab chiqarish va maishiy xizmat
koʻrsatish korxonalari orqali xilma-xil xizmatlar koʻrsatilishini tartibga
soladi. Majburiyatlar vositasida mulk va mulkiy huquqlar qoʻriqlanishi
ta’minlanadi, fuqaroning sogʻligʻiga zarar yetkazilganda koʻrilgan
zararlar qoplanadi va hokazo.
Majburiyat huquqi tizimi ikki asosiy bo‘limdan, ya’ni majburiyatlar
to‘g‘risidagi umumiy qoidalar va majburiyatlarning alohida turlariga oid
maxsus qoidalardan iboratdir.
Shartnomali majburiyatlarga oid huquqiy institutlar asosan
shartnomaviy munosabatlardan vujudga keladi va uning asosiy xususiyati
majburiyat taraflarining erk-irodasini namoyon etish orqali yuzaga keladi.
Shartnomasiz majburiyatlar shaxsning erk-irodasidan tashqarida
yuz beradi yoki bir tomonlama harakat natijasida kelib chiqadi.
Majburiyat mazmuni deganda, kreditorning qarzdor tomonidan
muayyan harakatlar qilinishini (yoki qilinmasligini) talab etishga boʻlgan
huquqi va qarzdorning shunga yarasha boʻlgan burchi tushuniladi.
Qarzdor tomonidan qilinishi lozim boʻlgan harakatlar har xil: ashyoni
egasiga (kreditorga) topshirish, ashyolarni foydalanish uchun topshirish,
ma’lum summa pulni toʻlash, biror-bir ishni bajarish yoki xizmat
koʻrsatish, qarzdor tomonidan bitimning tuzilishini ta’minlash, birovga
yetkazilgan zararni toʻlash, asossiz orttirilgan boylikni oʻz egasiga
qaytarish toʻgʻrisida boʻlishi mumkin.
Yuqorida koʻrsatilgan majburiyat obyektlaridan koʻrinishicha,
majburiyatning mazmuni asosan mulkiy xarakterdagi huquq va
burchlardan iborat boʻlsa-da, huquq subyektlarini oʻzaro mulkiy
xarakterda boʻlmagan majburiyatlar ham belgilashlari mumkin. Masalan,
2
11
asar mualliflaridan biri oʻzaro kelishuv boʻyicha muayyan vaqt ichida asarning bir
qismini tuzatib, qayta ishlab kelish toʻgʻrisida oʻz zimmasiga majburiyat olishi
mumkin.
Majburiyat taraflarining bir-birlariga nisbatan belgilangan huquq va
majburiyatlari ularning tusiga qarab farqlanadi. Ular mazmuni, obyektlari
va subyektlariga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi:
1
. Ijobiy va salbiy mazmunli majburiyatlar. Agar majburiyat
yuzasidan qarzdor muayyan bir harakatni qilishga burchli boʻlib, kreditor
aynan shunday harakatning qilinishini talab qilishga haqli boʻlsa, bunday
majburiyat ijobiy mazmunli majburiyat hisoblanadi. Huquqiy
munosabatning koʻpchiligida ijobiy mazmunli majburiyatlar yotadi.
Masalan, oldi-sotdi, mulkni ijaraga berish, maishiy xizmat koʻrsatish sohasida
Do'stlaringiz bilan baham: |