Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi


I BOB.  Xalqaro tashkilotlar huquqi xalqaro huquq tarmog`i sifatida



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

I BOB. 
Xalqaro tashkilotlar huquqi xalqaro huquq tarmog`i sifatida 
Xalqaro tashkilotlar huquqi fani tushunchasi va predmeti. Xalqaro 
tashkilotlar huquqining manbalari. Xalqaro tashkilotlarning tushunchasi 
va belgilari. Xalqaro tashkilotlarning yaratilish tarixi. Xalqaro 
tashkilotlarning klassifikatsiyasi.
Xalqaro tashkilotlar huququ tushunchasi va predmeti 
Bugungi kunda davlatlarning xalqaro maydondagi o'zaro aloqasi 
kengayilb borib, yangidan yangi munosabatlar xalqaro-huquqiy tartibga 
solishning predmetiga aylanmoqda. Mana shunday davlatlararo 
hamkorlikning 
tashkiliy-huquqiy 
shakllaridan 
biri 
bu 
xalqaro 
tashkilotlardir. Zamonaviy xalqaro tashkilotlarning yaratilishi nisbatan 
uzoq davrga borib taqalmaydi.
Davlatlardan farqli ravishda xalqaro tashkilotlar xalqaro huquqiy 
tizimning doimiy tarkibiy qismi bo'lmagan. Xalqaro tashkilotlarning 
vujudga kelishi, XIX asrda davlatlararo aloqalarning rivojlanishi bilan 
bog'liq hisoblanadi. Mazkur holat esa Yevropada sodir bo'lgan hodisalar 
va uning oqibatlarining natijasi edi. Mana shu davrlarda davlatlar 
hamkorligining markazlashgan tizimini yaratish g'oyasi vujudga keldi. 
Mazkur yo'nalishdagi sa'y-harakatlar bosh maqsadi mintaqada tinchlikni 
ta'minlash maqsadida Yevropa xalqaro siyosiy tuzilishini qayta tashkil 
etish Vena kongressini chaqirishga olib keldi. Aynan mazkur 
Kongressda “Evropa roziligi to'g'risida”gi (Concert of Europe) g'oyasi 
ilgari surildi. 1815 Yilgi Vena kongressida xalqaro tashkilotlar 
to'g'risidagi u yoki bu aniq qoidalar ishlab chiqilmagan bo'lsada, aynan 
mazkur Kongress kontseptual asosni yaratdi .
Buning mohiyati shundan iborat ediki, Kongress davlatlar 
vakillari faqatgina urush yakunlanganidan so'ng urushdan keyingi 
vaziyatni tartibga solish masalalarini muhokama qilish uchun emas, 
balki muntazam ravishda uchrashib turish lozimligini tan olish bo'ldi. 
Mazkur g'oya davlatlar tomonidan doimiy faoliyat olib boruvchi xalqaro 
tashkilotlarni tashkil etish yo'lida aniq harakatlarni amalga oshirishga 
ruhlantirdi. 1815 yilldayoq Reyn Qirg'oqbo'yi davlatlari tomonidan 
Reynda navigatsiyani amalga oshirish uchun Markaziy komissiyaning 
tashkil etilishi buning isbotidir. Shundan so'ng bir qator xalqaro 


17 
tashkilotlarning tashkil etilishi mazkur yo'nalishda amalga oshirilgan 
muhim qadam bo'ldi. 1831 yilda Reynda kema qatnovi bo’yicha 
markaziy komissiya tashkil etildi. 
XIX asrning ikkinchi yarmida yer o'lchovi bo’yicha Xalqaro ittifoq 
(1864 Yil), Butunjahon telegraf ittifoqi (1865 Yil) Butunjahon pochta 
ittifoqi (1874 Yil), Adabiy va badiiy mulk himoyasi bo’yicha xalqaro 
ittifoq (1886 Yil), Temiryo'l tovar aloqalari xalqaro ittifoqi, Xalqaro 
mehnat tashkiloti (1919 Yil) tashkil etildi . 
Dastlabki tashkil etilgan xalqaro-hukumatlararo tashkilotlar 
davlatlarning asosan savdo va aloqa sohasidagi hamkorligiga yordam 
bergan. Ikkinchi jahon urushidan so'ng davlatlararo hamkorlikning turli 
sohalardagi aloqasining tashkiliy asoslarini tashkil etuvchi xalqaro 
tashkilotlar vujudga keldi (BMT, YUNESKO, YUNIDO). 
XX asrda xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning soni tezda ortib 
ketdi. Yuridik jihatdan har bir xalqaro tashkilotlarnig yaratilishi xalqaro 
shartnoma tuzish yo'li bilan amalga oshirildi, bu esa xalqaro huquqda 
xalqaro tashkilotlarning tashkil etilishi va faoliyatini tartibga soluvchi 
muayyan normalar majmuini shakllantirdi. Yuqoridagilar natijasida 
xalqaro huquqning mustaqil tarmog'i xalqaro tashkilotlar huquqi 
vujudga keldi. 
Xalqaro 
tashkilotlar 
huquqiy 
tabiati 
asosida 
unga 
a'zo 
-davlatlarning umumiy maqsad va manfaatlari yotadi. Xalqaro 
tashkilotlarning huquqiy tabiati uchun uning maqsad va prinsplari, 
vakolatlari, tuzilishi va boshqalar kelishilgan shartnomaviy asosga 
egaligi xosdir. Davlatlar xalqaro tashkilotni tuzish orqali ularga 
muayyan huquqiy va muomila layoqatini beradi, huquq va 
majburiyatlarga ega bo'lish, xalqaro huquq normalarini yaratish va 
qo'llashda ishtirok etish, xalqaro huquq normalariga rioya etilishini 
muhofaza etish layoqatini tan oladi
1
. Bu orqali davlatlar xalqaro 
hamkorlik sohasida huquq ijodkorligi, huquqni qo'llash va huquqni 
1
Права международных организаций: Учебник/ под ред. А.Х.Абашидзе. – М.: «Юрайт», 2014. – С. 21. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish