Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi


O'zbekiston Respublikasining BSTga qo'shilish bosqichlari



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

O'zbekiston Respublikasining BSTga qo'shilish bosqichlari: 
1. 1994-2002 yillarda O'zbekiston Respublikasining BSTga 
kirishining huquqiy asoslari yaratildi.
1994 yilning dekabrida BST Bosh kengashi o'zining navbatdagi 
sessiyasida arizani ijobiy ko'rib chiqib, O'zbekistonning BSTga kirishi 
bo’yicha Ishchi guruhini tashkil etish haqida qaror qabul qildi.
1998 yilning sentyabrida O'zbekistonning Tashqi savdo rejimi 
memorandumi, tashqi savdo faoliyatiga taalluqli qonunlar va qonun 
hujjatlaridan ko'chirmalar nusxalari BST Kotibiyatiga rasman taqdim 
etildi.
1998 yilning dekabrida esa O'zbekistonda BST bilan ishlash 
bo’yicha Idoralararo komissiya tashkil etilib, uning tarkibiga Jahon 
savdo tashkilotiga qo'shilish jarayoniga jalb etilgan O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik hamda idoralari 
vakillari kiritildi. 
2. 2002-2005 yillarda O'zbekiston Respublikasining BSTga 
qo'shilishi bo’yicha institutsional mexanizmlari shakllantirildi va 
faoliyati yo'lga qo'Yilldi.
O'zbekistonning BSTga teng huquqli a'zo sifatida qo'shilish 
to'g'risidagi arzasi taqdim etilgan paytdan boshlab, Ishchi guruhining 3 
Yig’ilishi o'tkazildi.
Xususan, Ishchi guruhining birinchi Yig’ilishi 2002yil17 iyulda 
Jenevada o'tkazildi. Yig’ilish davomida O'zbekistonning BSTga 
qo'shilishi nuqtai nazaridan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
ahvoli va istiqbollari to'g'risidagi ma'ruzasi taqdim etildi. 14 mamlakat 
vakillari O'zbekistonning BSTga qo'shilish jarayonini 
qo'llab-
quvvatlashini ta'kidladi. 
Ishchi guruhining 2004yil29 iyunda bo'lib o'tgan ikkinchi 
Yig’ilishida milliy qonunchilikda, jumladan, BST talablariga binoan ro'y 
bergan so'nggi o'zgarishlar inobatga olingan holda, Tashvi savdo rejimi 
memorandumi muhokama etildi.
Ishchi guruhining 2005yil oktyabr oyida o'tkazilgan oxirgi 
Yig’ilishi davomida O'zbekiston tomoni xizmatlardan foydalanishga 
doir dastlabki tarif takliflari va o'ziga xos majburiyatlarni taqdim etdi. 
Yig’ilish doirasida qishloq xo'jaligi bo’yicha ham ko'p tomonlama 
uchrashuvlar o'tkazildi.
O'zbekiston 
Respublikasining 
rasmiy 
delegatsiyasi 
1996yilSingapurda, 
1998yilJenevada, 
2005yilGonkongda 
va 
2009yilJenevada o'tkazilgan BST Vazirlar konferensiyalarida ishtirok 


107 
etdi. BST Kotibiyati bilan hamkorlikda 2010 yilning fevralida 
Toshkentda 
Sharqiy 
Yevropa, 
Kavkaz 
va 
Markaziy 
Osiyo 
mamlakatlariga texnik ko'maklashish liniyasi bo’yicha “Sanitariya va 
fitosanitriya choralari” mavzusida navbatdagi mintaqaviy seminar 
o'tkazildi. Unda Afg'oniston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Eron, 
Qozog'iston, Qirg'iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va 
O'zbekiston vakillari ishtirok etdi.
3. Uchinchi “dastlabki implementatsiya” bosqichi 2005 yildan to 
bugungi kungacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan. Bu davrda Milliy 
qonunchilikni BST norma va shartnomalariga muvofiqlashtirish rejasini 
amalga oshirishni boshlandi.
Milliy 
qonunchilikni 
BST 
norma 
va 
shartnomalariga 
muvofiqlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 
Ushbu davrda tashqi savdo rejimini yanada erkinlashtirishga qaratilgan 
choralar ko'rildi.
Jumladan, 
O'zbekiston 
Respublikasining 
yangi 
tahrirdagi 
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida”, “O'zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish 
to'g'risida”, “Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovarkelib 
chiqqan joy nomlari to'g'risida», «Texnik jihatdan tartibga solish 
to'g'risida», «Davlat sanitariya nazorati to'g'risida”, “Oziq-ovqat 
mahsulotining sifati va xavfsizligi to'g'risida”gi va boshqa qonunlar 
qabul qilindi. 
Shunday qilib, O'zbekiston Respublikasining BSTga qo'shilish 
to'g'risidagi arizasi taqdim etilganidan buyon tashkilotga qo'shilish 
bo’yicha maqbul sharoitlarga erishishni ta'minlashga qaratilgan aniq 
maqsadli ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. O'zbekiston 
Respublikasi hukumati BSTga qo'shilish masalasiga alohida ahamiyat 
qaratmoqda va mazkur jarayonni jahon iqtisodiy hamjamiyatiga 
integratsiyalashishning muhim shakli sifatida ko'rib chiqmoqda. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish