Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi


Jahon banki tashkilotlari guruhi -



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

Jahon banki tashkilotlari guruhi - 
Birgalikda Jahon bankini 
tashkil qiladigan Tiklanish va taraqqiyot xalqaro banki, Rivojlanish 
xalqaro assotsiatsiyasi, shuningdek, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Ko'p 
tomonlama sarmoya ajratishni kafolatlovchi agentlik va Investitsiyaviy 
tortishuvlarni bartaraf etish xalqaro markazi Jahon banki tashkilotlari 
guruhiga kiradi. 
2013 yilda Jahon banki Jahon banki guruhining yangi 
strategiyasini qabul qildi. Ushbu strategiyaning asosiy vazifasi barcha 
ta'sischilar faoliyatini 2030 yilda ikki global maqsad – o'ta qashshoqlik 


108 
darajasini kamaytirishga va hayot darajasini yaxshilash hamda 
daromadlarni oshirish hisobidan adolatlilik va umumiy farovonlikka 
barqaror erishishga qaratishdir 
(Qarang. Rekonstruktsiyalash va 
rivojlanish xalqaro banki/ Jahon banki. yillik hisobot. 2014). 
Jahon banki butun dunyoda rivojlanayotgan mamlakatlarga ham 
moliyaviy, ham texnik yordam ko'rsatadigan muhim manbalardan
biridir. Bank 1944 yilda tashkil etilgan bo'lib, bosh qarorgohi 
Vashingtonda joylashgan. Uning butun dunyoda 120 dan ortiq 
vakolatxonasi bor.
Jahon banki rivojlanayotgan mamlakatlarga past stavkalarda qarz, 
foizsiz kredit va grantlar taqdim etadi. Bank iqtisodiyotni boshqarish, 
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, 
moliyaviy va xususiy sektorni, inson resurslarini rivojlantirish, davlat 
sektorini boshqarish, huquqiy tizimni mustahkamlash, qishloq 
hududlarini rivojlantirish, ijtimoiy taraqqiyot, gender teng huquqlilik, 
ijtimoiy integratsiya, ijtimoiy himoya va tavakkalchilikni boshqarish, 
savdo va integratsiya, shaharlarni rivojlantirish yo'nalishlari bo’yicha 
kreditlar ajratadi.
Tiklanish va taraqqiyot xalqaro banki Bank shartnomalari 
moddalariga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat yuritmoqda. Bank 
shartnomalari moddalari 1944yilBMTning Bretton-Vudsda o'tkazilgan 
konferensiyasida qabul qilingan, amal qilinadigan hujjat 1945yil27 
dekabrda kuchga kirgan.
Biron-bir davlat Tiklanish va taraqqiyot xalqaro bankiga a'zo 
bo'lish uchun Bank shartnomalari moddalariga muvofiq avval Xalqaro 
valyuta jamg'armasiga qo'shilishi lozim. Xalqaro moliya korporatsiyasi, 
Xalqaro valyuta jamg'armasi va Ko'p tomonlama sarmoya ajratishni 
kafolatlovchi agentlikka a'zo bo'lish Rekonstruktsiyalash va rivojlanish 
xalqaro bankining sharti hisoblanadi. 
Tiklanish va taraqqiyot xalqaro banki shartnomalari moddalariga 
binoan quyidagilar bankning asosiy maqsadlaridir: 
- ishlab chiqarish maqsadlari uchun investitsiyalar ko'maklashish 
orqali a'zo davlatlar hududlarini tiklash va rivojlantirishga yordam 
berish, izdan chiqqan yoki urush tufayli vayron bo'lgan iqtisodiyotni 
qayta tiklash, ishlab chiqarish quvvatlarini tinchlik davri ehtiyojlarini 
qayta yo'naltirish, kam rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish 
quvvatlari va resurslarni rivojlantirishni rag'batlantirish; 
- xususiy xorijiy investitsiyalarni ilgari surish va oqilona 
sharoitlarda xususiy kapitaldan foydalanish imkoni bo'lmaganda, 


109 
xususiy investitsiyalarga ishlab chiqarish maqsadlari uchun Bankning 
o'z kapitalidan mos sharoitlarda qo'shimcha ravishda mablag' taqdim 
etish; 
- xalqaro savdoning muvozanatli rivojlanishini ta'minlash va to'lov 
balansini a'zolarning ishlab chiqarish resurslarini rivojlantirish uchun 
xalqaro investitsiyalarni rag'batlantirish orqali qo'llab-quvvatlash, shu 
tariqa ular hududida ish unumdorligi, hayot darajasi va mehnat 
sharoitlarini yaxshilashga ko'maklashish va boshqalar. 
188 a'zo mamlakat Jahon banki aktsiyadori hisoblanadi. Bu 
aktsiyadorlar manfaatini qaror qabul qilib, Bank siyosatini belgilaydigan 
oliy organ Boshqaruv kengashi himoya qiladi. Odatda, mamlakatlarning 
moliya 
va 
rivojlanish 
vazirlari 
boshqaruvchilar 
hisoblanadi. 
Boshqaruvchilar kengashi o'z Yig’ilishlarini bir Yillda bir marta Jahon 
banki va Xalqaro valyuta jamg'armasi Boshqaruvchilar kengashining 
Yilllik majlislari vaqtida o'tkazadi. 
1992 yil 21 sentyabrda «O'zbekiston Respublikasining Xalqaro 
valyuta fondi, Rekonstruktsiyalash va rivojlanish xalqaro banki,
Rivojlanish xalqaro assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, 
Ko'p tomonlama sarmoya ajratishni kafolatlovchi agentlikka a'zoligi
to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni muvofiq Bankka a'zo 
bo'lgan 
(Qarang. 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
kengashi 
axborotnomasi, 1992 y., № 9, 333-modda). 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
huzuridagi 
Vazirlar 
Mahkamasining 1992yil2 sentyabrdagi 404-qarori bilan O'zbekiston 
Respublikasining xalqaro moliya tashkilotlariga qo'shilishi bo’yicha 
qator choralar ko'rildi. Qarorga binoan O'zbekiston Respublikasining 
Xalqaro valyuta jamg'armasidagi kvotasi, Rekonstruktsiyalash va 
rivojlanish xalqaro banki va Rivojlanish xalqaro assotsiatsiyasiga 
majburiy obo'nasi hajmi va boshqalar belgilangan. 
Jahon banki prezidenti Direktorlar kengashi majlislarida raislik 
qiladi va Bank faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Prezident 
Boshqaruvchilar kengashi tomonidan beshyilmuddatga saylanadi va 
qayta saylanish huquqiga ega emas.
Ijrochi direktorlar Jahon banki Direktorlar kengashini tashkil etadi. 
Ular haftastga ikki marta Yig’ilish o'tkazadi va bank ishiga umumiy 
rahbarlik qiladi, shu jumladan barcha qarzlarni tasdiqlash, Bank 
faoliyatiga taalluqli siyosiy qarorlar, faoliyatning yangi prinsplari, 
ma'muriy 
byudjet, 
mamlakatlarga 
ko'maklashish 
strategiyalari, 
shuningdek, qarz berish va moliyaviy faoliyatga doir qarorlar qabul 


110 
qilinishi uchun javob beradi. Ijrochi direktorlar Taftish qo'mitasi, 
Byudjet qo'mitasi, Rivojlanish sohasidagi faoliyat samaradorligi 
masalalari qo'mitasi, Boshqaruv va ma'muriy masalalar qo'mitasi hamda 
Kadrlar siyosati qo'mitasi kabi bitta yoki bir qancha doimiy qo'mitalar 
a'zosi hisoblanadi. Ushbu qo'mitalar Kengashga siyosat va amaliyotni 
chuqur tahlil etish orqali o'z nazorat vazifalarini bajarishga yordam 
beradi. Ijrochi direktorlarning Muvofiqlashtiruvchi qo'mitasi majlislarida 
Kengash faoliyatining strategik dasturi muhokama etiladi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish