Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi


Jahon Savdo tashkiloti doirasida xalqaro nizolarni



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

Jahon Savdo tashkiloti doirasida xalqaro nizolarni
hal etilishi 
Bugungi kunda, jahon iqtisodiyoti tobora globallashuvi va xalqaro 
iqtisodiy aloqalar faol rivojlanishi davrida, xalqaro iqtisodiy nizolar 
muammosi alohida muammo kasb etadi. Davlatlar iqtisodiyoti tobora 
intergatsiyalashayotgan, xalqaro iqtisodiy aloqalar kuchayayotgan, har 
qanday iqtisodiy nizo, ma'lum sharoitlarda, butun jahon iqtisodiyoti 
tizimini izdan chiqishiga yetaklashi mumkin bo'lgan sharoitlarda, 
dunyodagi aksariyat davlatlar qayd etilgan nizolarni tinch hal etish va 
iqtisodiy siyosatning “iqtisodiy urush” kabi vositasidan foydalanishdan 
voz kechishda manfaatdor. So'nggi bir necha o'n yilliklar ichida 
davlatlar o'rtasidagi iqtisodiy nizolar soni bir necha marotaba ortib ketdi, 
Shu munosabat bilan, ham doimiy faoliyat yuritadigan, ham ad hoc 
tartibida tuziladigan xalqaro sud muassasalariga ehtiyoj tug'ildi. Shunda, 
xalqaro iqtisodiy nizolar sirasiga shuningdek, xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlar ta'sis hujjatlarini sharhlashga oid nizolarni ham kiritish 
darkor, boisi bunday hujjatlar, qoida tariqasida, tashkilotda ishtirok 
etadigan davlat zimmasiga ma'lum iqtisodiy majburiyatlarni yuklaydi. 
Xalqaro iqtisodiy nizolarni hal qilish bo'yicha organlar, odatda, 
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar doirasida mavjud bo'lib, bu ularga faoliyat 
yuritishda qulaylik tug'dirish bilan birga, mazkur muassasalar tomonidan 
chiqarilgan hujjatlarning yuqori nufuzini ta'minlaydi. 
Xalqaro iqtisodiy nizolarni hal etishning bunday shaklidan 
foydalanish afzalliklariga quyidagilar kiritiladi. 
Davlatlar o'rtasidagi nizolarni tartibga solish bir qator xalqaro 
tashkilotlar uchun ta'sis hujjatini amalga oshirish usuli hisoblanadi, 
chunki ko'plab tashkilotlarning ustavlari shuni ko'zda tutadiki, tashkilot 
vazifalariga tashkilotga a'zo davlatlar o'rtasidagi nizolarni vakolat 
doirasida hal etish kiradi. Bunga yaqqol misol sifatida Jahon Savdo 
tashkilotini tashkil etish to'g'risidagi Kelishuvni ko'rsatish mumkin, 
uning 3-moddasi 3-bandi a'zo davlatlar o'rtasida yuzaga keladigan 
nizolarni hal etish borasida JST vakolatlarini mustahkamlaydi va 
quyidagilarni belgilaydi: «JST ushbu Kelishuvga 2-ilovada berilgan 
Nizolarni hal qilishni tartibga soladigan qoidalar va taomillar haqidagi 


180 
Ahdlashuv (kelgusida "Nizolarni hal qilish haqidagi Ahdlashuv" deb 
nomlanadi)ga nisbatan ma'muriy funksiyalarni bajaradi». JST va boshqa 
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar xalqaro iqtisodiy nizolarni hal etishga oid 
funksiyani ko'p jixatdan o'z zimmasiga olib, muvaffaqiyatli tarzda 
amalga oshirmoqda. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan ushbu 
funksiyaning samarali amalga oshirilishi ushbu tashkilotlarning nufuzini 
ko'tarish, ularga nisbatan davlatlarning ishonchini kuchaytirishga 
ko'maklashib, ayni chog'da umuman, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni 
rivojlantirishni rag'batlantiradi. 
Bundan tashqari, xalqaro iqtisodiy nizolarni hal etishda, iqtisodiy 
ixtisoslikka ega xalqaro tashkilotlar xalqaro nizolarni tinch hal etish 
vositalari butun majmuidan foydalanadi, ularni ancha muvaffaqiyatli 
ravishda o'zaro biriktiradi. Muzokaralar, ko'ngilli xizmat, vositachilik, 
maslahatlar, sud taomillari xalqaro tashkilotlari tomonidan kompleks 
ravishda qo'llanadi, bu har bir aniq vaziyatda, kelishmovchilikni bosib 
o'tish uchun eng qulayi bo'lgan vositani yoki vositalar majmuini 
tanlashga imkon yaratadi. 
Shuningdek, hozirgi kunda, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar 
tomonidan xalqaro nizolarni tinch hal qilishda qabul qilinadigan 
qarorlarning katta qismi, bahslashayotgan davlatlar uchun de facto 
majburiy, ba'zi holatlarda esa – de jure majburiy tusga ega bo'ladi. 
Shuni ham inobatga olish darkorki, xalqaro iqtisodiy nizolarni 
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar doirasida hal etish jadalroq amalga 
oshiriladi va davlatlarga ancha arzon tushadi. Bunda nizoni hal 
etayotgan tashkilot, o'z faoliyatini xalqaro iqtisodiy munosabatlarning 
aynan nizo vujudga kelgan sohasida amalga oshirishi muhim rol` 
o'ynaydi. Ma'lumki, amaldagi JSTda nizolarni hal etish taomilining 
mashhurligi, ko'p jihatdan, ishlarni ko'rib chiqishning aniq belgilangan 
va nisbatan qisqa muddatlari bilan izohlanadi. 
Shuningdek, xalqaro nizolarni hal etishda xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlarning rolini kuchayishiga ko'maklashuvchi muhim omil 
shundaki, 
bunday 
tashkilotning 
ishtiroki 
iqtisodiy 
rivojlangan 
davlatlarning iqtisodiy nisbatan kamroq rivojlangan davlatlarga bosim 
o'tkazish imkoniyatini sezilarli tarzda cheklaydi. Ko'pincha, faqatgina 


181 
JST kabi nufuzli xalqaro tashkilotning xalqaro iqtisodiy nizoni hal 
etishda ishtirok etishi, nisbatan zaif davlatga iqtisodiy bosim 
o'tkazishning oldini olishi va rivojlangan davlatni o'z xoxish-irodasini 
o'tkazishning oldini olishi mumkin. 
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan qo'llanadigan xalqaro 
iqtisodiy nizolarni hal etishning aniq mexanizmlarini ko'rib chiqish 
zarur. 
Xalqaro huquq fanida eng keng muhokama qilinadigan usul – bu 
Jahon savdo tashkiloti doirasida qo'llaniladigan xalqaro nizolarni hal 
etish mexanizmi hisoblanadi. JST tashkiloti qoshida Nizolarni hal 
etuvchi organ tashkil etilgan. Mazkur оrganning asosiy vazifasi: 
- nizolarni hal qilishda xolis hakamlikni o`rnatish. JSTning barcha 
a'zolari nizolarni hal qilish jarayonida teng huquqlarga ega bo'lishi 
kerak; 
-imzolangan shartnomalar asosida tomonlarning huquq va 
majburiyatlarini ta'minlaydi. Xalqaro savdo tizimida xavfsizlikni 
oldindan ta'minlash organi. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish