XIII-BOB.
Xalqaro nizolarni hal etishda xalqaro tashkilotlarning roli
Birlashgan millat tashkilotining Xalqaro sudi. Xalqaro jinoyat sudi.
Jahon Savdo tashkiloti doirasida xalqaro nizolarni hal etilishi.
Investitsiya nizolarini tartibga solish bo'yicha xalqaro agentlik.
Xalqaro Sud (XS) Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) bosh
sud organi hisoblanadi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1945 yil
26 iyunda San-Frantsiskoda imzolangan Ustavi bilan, BMTning eng
asosiy maqsadlaridan biri: “tinchlikning buzilishiga olib kelishi mumkin
bo'lgan xalqaro bahs va vaziyatlarni tinch yo'l bilan, adolat va xalqaro
huquq prinsplariga mos holda hal etish”ga erishish uchun ta'sis etilgan.
Sud Ustavning bir qismi bo'lgan Statutga hamda o'zining
Reglamentiga muvofiq faoliyat yuritadi. U 1920 yilda Millatlar Ligasi
qoshida ta'sis etilgan Xalqaro odil sudlov doimiy palatasi (XSDP)
o'rnida, 1946 yildan ishini boshlagan
Sud muhri
Sud Gaagada (Niderlandiya) Tinchlik saroyida joylashgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti oltita bosh organi ichida Sud, Nyu-York
shahridan tashqarida joylashgan yagona organ hisoblanadi. Birlashgan
Millatlar Tashkilotining qolgan beshta bosh organi – bu Bosh
Assambleya, Havfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash,
Homiylik bo'yicha kengash va Kotibiyat.
169
Sudga ikkita asosiy funksiya yuklatilgan: davlat tomonidan unga
o'tkazilgan yuridik nizolarni xalqaro huquqqa muvofiq hal etish, va
Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakolatli organlari va maxsus
muassasalari tomonidan yuridik masalalar bo'yicha belgilangan tartibda
kiritilgan so'rovlari yuzasidan maslahatlashuv xulosalarini chiqarish.
Sud 15 sud`yadan tarkib topgan, uning ma'muriy organi –
Kotibiyat unga xizmat ko'rsatadi. Uning rasmiy tillari – ingliz va
frantsuz tillari.
Xalqaro Sudning tashkil etilishi uzoq davom etgan jarayonning
kulminatsiyasi bo'lib, uning davomida asta-sekinlik bilan xalqaro
nizolarni tinch hal etish usullari rivoj topgan.
Muzokaralar, vositachilik va yarashuvlardan tashqari nizoni huquq
asosida hal etish uchun xolis organga murojaat qilish g'oyasi qadimdan
ma'lum. U arbitraj sifatida tanilgan.
Umumiy e'tirofga ko'ra,zamonaviy arbitraj o'z tarixini 1794 yilda
Amerika Qo'shma Shtatlari va Buyuk Britaniya o'rtasida tuzilgan Djey
shartnomasidan boshlaydi. Mazkur Do'stlik, savdo va kemalar harakati
haqidagi shartnomada, ayrim hal qilinmagan masalalarni tartibga solish
uchun teng ravishda AQSH va Britaniya fuqarolaridan tarkib topgan
aralash komissiyalarni tashkil etish ko'zda tutilgan. Ushbu aralash
komissiyalar ishi tufayli o'n to'qqizinchi asrda arbitraj instituti rivoj
topgan.
1872 yilgi “Alabama” kemasi haqidagi ish bo'yicha
arbitrajmuhokamasi keyingi hal qiluv bosqichi bo'ldi. Qo'shma Shtatlar
va Buyuk Britaniyaarbitraj muhokamasiga, Qo'shma Shtatlarning
Amerikadagi fuqarolik urushi davrida Buyuk Britaniya betaraflikni
buzganligi xususidagi qoidabuzarliklar bilan bog'liq e'tirozlarni
o'tkazgan. Taraflar va uchta boshqa boshqa mamlakat tomonidan
tayinlangan a'zolardan iborat Arbitraj tribunali, Buyuk Britaniya
kompensatsiya to'lashi lozimligi haqida qaror chiqardi. Buyuk Britaniya
tomonidan arbitraj qarorini namunali ijro etgani katta nizoni hal etishda
arbitrajning samarasini namoyon etdi.
Arbitraj tartibida hal etilishi mumkin bo'lgan har bir alohida nizoni
maxsus sud organlarini tuzish zaruratini bartaraf etish uchun, davlatlarni
nizolarni tinch yo'l bilan hal etishga mas'ul bo'lgan doimiy xalqaro sud
haqida o'ylashga undadi.
Bu taklif 1899 va 1907 yillarda Rossiya podshohi Nikolay II
tashabbusi bilan chaqirilgan Gaaga tinchlik konferensiyalarida haqiqatga
yaqin shaklga ega bo'la boshladi. Birinchi konferensiyada ishtirok etgan
170
26 ta davlat Xalqaro to'qnashuvlarni tinch yo'l bilan hal qilish
to'g'risidagi Konvensiyani imzoladi, shuningdek Hakamlik sudi doimiy
palatasi (HSDP), bu toifadagi ilk ko'p tomonlama muassasa tashkil
etildi.
1902 yilda ishini boshlagan HSDP, hanuzgacha mavjud. U boshqa
barcha xalqaro tashkilotlardan mustaqil bo'lib, 2000 yil holatiga
Konvensiya taraflari sifatida 89 ta davlat qayd etilgan. Garchi u Gaagada
joylashgan va sud devonxonasi funksiyalariga xos funksiyalarni
bajaradigan Xalqaro byuroga ega bo'lsada, amalda u doimiy sud yoki
arbitraj organi hisoblanmaydi. Byuro huquqshunoslar ro'yhatini yuritadi
(har bir ishtirokchi davlatdan to'rt nafardan, birgalikda ular ushbu
davlatning “milliy guruhini” tashkil etadi), undan nizoning tegishli
taraflari arbitraj tribunali a'zolarini tanlashi mumkin.
Gaagada Tinchlik saroyida Sud bilan qo'shni bo'lgan Hakamlik
sudi doimiypalatasi, hozirda faqatgina davlatlar o'rtasidagi nizolar bilan
shug'ullanmaydi. Yillar o'tib, u ko'rsatadigan xizmatlar ko'lami jiddiy
ravishda kengaydi.
Bugungi kunda u davlatlar va davlat bo'lmagan (masalan, xalqaro
tashkilotlar, xususiy yuridikyokijismoniy shaxslar) taraflar uchun
nizolarni hal etish tartib-taomillari (faktlarni aniqlash, yarashuv va
arbitrajning xilma-xil turlari) keng turkumini taklif etadi. Shu tufayli u
tobora ko'proq tijorat va moliyaviy nizolarni hal etishda ishtirok qiladi.
HSDP Xalqaro byurosi shuningdek turli arbitraj muhokamalari (misol
uchun, Eritreya va Yemen o'rtasida Qizil dengizdagi orollarga nisbatan
huquqlar xususidagi nizo bo'yicha arbitraj muhokamasi, u 1999 yilda
tamomlangan) vaqtida kotibiyat vazifalarini ado etadi hamda HSDP
doirasidan tashqari ta'sis etilgan arbitraj tribunallarga (masalan, Eron va
Qo'shma Shtatlar e'tirozlarini ko'rib chiqish bo'yicha tribunal, u 1979
yilda Qo'shma Shtatlarning Tehrondagi elchixonasida 52 Amerika
fuqarosi garovga olinishi munosabati bilan vujudga kelgan tanglik
natijasi ushbu ikki mamlakat tomonidan Amerika fuqarolarining Eronga
va Eron fuqarolarining Qo'shma Shtatlarga nisbatan e'tirozlariniko'rish
uchun ta'sis etilgan) texnik va ma'muriy ko'mak beradi.
HSDP taomillari faqatgina taraflar kelishuviga asoslanib, ular turli
xil amaliy bandlar va taomillar bo'yicha (masalan, arbitraj muhokamasi
uchun kiritilishi lozim bo'ladigan masalalarni shakllantirish, arbitrlarni
tayinlash) arbitraj boshlanguniga qadar kelishib oladi.
Bu — 1907 yilda ikkinchi Gaaga tinchlik konferensiyasida bir
nechta davlat, arbitrajdan farqli o'laroq, nizolarni asosan majburiylik
171
elementi mavjud sud taomilarini qo'llagan holda hal etadigan doimiy
xalqaro tribunalni ta'sis etish chaqirig'i bilan chiqish qilgan.
Biroq sudyalarni tanlash tartibi borasidagi fikrlarda farq mavjudligi
1907 yilgi Konferensiya delegatlarini 1899 yilgi Konvensiyaga
o'zgartishlar kiritish va arbitraj ish yurituvini tartibga soladigan
normalarni takomillashtirish bilan cheklanishga majbur qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |