Toshkent davlat yuridik universiteti


 Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etishning xorij



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

3.5. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etishning xorij 
tajribasi 
Agar jahonda ushbu sohada ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni ko‘radigan 
bo‘lsak, biznes uchun qulay sharoit yaratish, tadbirkorlik subyektlarining 
o‘z faoliyatlarini tashkil etishni yanada yaxshilash va soddalashtirish 
borasida xorijiy investorlarni jalb qilish uchun musobaqa boshlanganga 
o‘xshaydi. O‘z iqtisodiyotini isloh qilayotgan barcha davlatlarda ushbu 
sohada yengilliklar yaratishga harakat qilinmoqda. Jahon bankining 
“Doing Business” xalqaro reytingiga ko‘ra, bu borada Yangi Zelandiya, 
Singapur, Daniya, Gonkong va Janubiy Koreya Respublikasi kabi davlatlar 
yetakchilik qilishmoqda. 
Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda tadbirkorlik subyektlarini davlat 
roʻyxatidan o‘tkazishga doir huquqiy munosabatlar maxsus qonunlar bilan 
tartibga solinadi. Masalan, Yaponiyada Commercial Registration Act (1963), 
Buyuk Britaniyada Companies Act (1980), Hindistonda Registration Act (1908), 
Yangi Zelandiyada Business Number Act (2016). 


90 
Ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni olish jarayonida 
axborot texnologiyalaridan foydalanish kam xarajatlik, tezkorlik, 
monitoring qilish va korrupsiyaning oldini olish imkoniyati bilan 
ahamiyatli. Ruxsat berish tartib-taomillarining elektron tizimga o‘tishini 
ham Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti mamlakatlari boshlab 
berdi. Hozirda Buyuk Britaniya, Italiya, Meksika, Yangi Zelandiya, 
Koreya va Yaponiya, MDHga a’zo mamlakatlarda ham elektron 
litsenziyalashni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, onlayn rejimida ruxsat berish 
xususidagi hujjatlarni berish orqali litsenziya olish tartibini soddalashtirish 
jarayoni ketmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda tadbirkorlar mamlakatni 
taraqqiyotga olib chiquvchi, tinib-tinchimas, yangilikka intiluvchi 
aholining ilg‘or qatlami hisoblanadi. Tadbirkorlik subyektlarini davlat 
roʻyxatidan o‘tkazish turli mamlakatlarda turlicha tashkil etilgan. Bu, o‘z 
navbatida, davlatlarning iqtisodni qanchalik erkinlashtirgani, zamonaviy 
axborot texnologiyalaridan qanchalik foydalanayotganligi va tadbirkorlar 
hamda davlat o‘rtasidagi munosabatlarning holati bilan bog‘liq. Shu 
sababli biz uchun tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazishda 
rivojlangan xorijiy davlat tajribasini o‘rganish va ularning ijobiy jihatlarini 
o‘zlashtirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, AQSHning tadbirkorlik 
subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazishga oid tajribasi tahlili shuni 
ko‘rsatadiki, AQSHning turli shtatlarida tadbirkorlik subyektlarini davlat 
roʻyxatidan o‘tkazish markazlari turli nomlar (one-stop centre, business 
one stop centre va h.k.) bilan yuritiladi. Soliq sohasidagi imtiyozlar 
yuzasidan ularni qaysi shtatda roʻyxatdan o‘tkazish ham muhim 
ahamiyatga ega. Chunki shtatlar tadbirkorlik subyektlariga imtiyoz va 
qulayliklar yaratib berish borasida bir-biri bilan musobaqalashadi. Ayniqsa, 
AQSHning “Korporatsiyalar uchun jannat” (“Heaven for corporations”) 
degan nomga sazovor bo‘lgan Delaver shtati tadbirkorlik subyektlariga 
qulay sharoit yaratishda yetakchilik qilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarga 
xos xususiyat shuki, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish 
elektron shaklda amalga oshiriladi, xususan, AQSH bu masalada boshqa 
mamlakatlardan ildamlab ketgan. AQSHda tadbirkorlik subyektlariga 
ko‘rsatiladigan xizmatlar, jumladan, davlat roʻyxatidan o‘tkazish ham haq 
to‘lash asosida amalga oshiriladi. Masalan, firma nomlarini olish bizdan 
farqli o‘laroq davlat boji to‘lashni talab qiladi. Firma nomini zaxiraga 
olganlik uchun 30 dollar miqdorida haq to‘lanadi. Bu shuni anglatadiki, 
yagona darcha markazlarining o‘zlari ham tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanadi.


91 
Tadbirkorlik subyektlari haqidagi yillik maʼlumotlar olish, arizadagi 
o‘zgarishlarni qayta roʻyxatga olish, qayta davlat roʻyxatidan o‘tish kabi 
harakatlar uchun haq olinadi. Yagona darcha markazlarida davlat 
xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun haq markaz xarajatlarini o‘zini o‘zi 
qoplash imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanishi kerak. Ushbu mexanizm 
rivojlangan mamlakatlarda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 
Hattoki AQSHning Delaver shtatidagi shunday markaz shtat 
byudjetining 5/1 qismini shakllantiradi. Yana bir farqli jihati shundan 
iboratki, AQSHda tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish 
markazlari korxonaning ta’sis hujjatlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazishni 
talab qilmaydi. Ushbu hujjatlar AQSH qonunchiligiga ko‘ra korxonaning 
ichki me’yoriy hujjati sifatida qaraladi. Tadbirkor o‘z xohishidan kelib 
chiqib, ta’sis hujjatlarini tuzadi. 
AQSHda tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan o‘tkazilayotganda 
ularga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun 90 kunlik muddat belgilandi. 
Tadbirkor o‘z xohishi va imkoniyatidan kelib chiqib, markazga qaysi 
kundan tadbirkorlik faoliyatini boshlashini ma’lum qiladi. Ana shu kundan 
boshlab soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash boshlanadi. 
Ushbu amaliyotni mamlakatimizda joriy etish juda muhim ahamiyatga ega. 
Chunki ko‘plab tadbirkorlik subyektlari bankdan kredit olib nima qilishni 
bilmay bir jiddiy qarorga kelganda kredit mablag‘larini maqsadsiz ishlatib 
qo‘ymoqda. Yoki endigina ish boshlab mahsulot ishlab chiqarib, uni sotish 
uchun bozor izlayotgan, hali daromad olishga ulgurmagan bir paytda soliq 
organlari soliqdan paydo bo‘lgan qarzdorlikni to‘lashni talab qilmoqda. 
Bunday holatlar tadbirkorning faoliyatni erta tugatishiga sabab bo‘lmoqda. 
Yuqoridagi tajribaning amaliyotga joriy etilishi tadbirkorning oyoqqa turib 
olishiga imkoniyat yaratadi va erta to‘lovga qobiliyatsizlikning oldi olinadi.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish