Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

Kooperativ
– yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan, jamoa mulki huquqi asosida 
o‘ziga qarashli mulkka egalik qiladigan, undan foydalanadigan va uni tasarruf 
etadigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt. 
 


63 
Ishlab chiqarish kooperativida a’zolarning shaxsiy mehnati bilan 
ishtirok etishi kooperativning asosiy belgisi hisoblanadi. Agar 
kooperativning ustavida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, daromad 
ham aynan a’zolarning qilgan mehnatiga muvofiq taqsimlanadi. Chunki 
xo‘jalik jamiyatidan farqli ravishda ishlab chiqarish kooperativida birinchi 
o‘rinda kapital emas, balki mehnat turadi. 
Ishlab chiqarish – matlubot kooperativlarining faoliyati o‘z 
a’zolarining, shuningdek, mehnat shartnomalari (kontraktlar, bitimlar) 
boʻyicha ishlayotgan kishilarning o‘z mehnatlari bilan shaxsan ishtirok 
etishiga asoslanadi. 
Matlubot kooperativlari hamda o‘z a’zolarining uy-joy, maishiy va 
boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan kooperativlar 
faoliyati o‘z mehnati bilan shaxsan ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lmasligi 
ham mumkin. 
Kooperativlar tarmoq, hududiy va boshqa belgilar boʻyicha xo‘jalik 
uyushmalariga ixtiyoriylik asosida birlashishlari va yakka hokimlikka 
qarshi qonunlar talablarini hisobga olgan holda ish olib borishlari mumkin.
Ishlab chiqarish kooperativida a’zo sifatida asosan jismoniy shaxslar 
ishtirok etadi. Biroq qonunda va ishlab chiqarish kooperativining ta’sis 
hujjatlarida uning faoliyatida a’zolik asosida yuridik shaxslar ham ishtirok 
etishi nazarda tutilishi mumkin. 
Ishlab chiqarish kooperativida ham xo‘jalik shirkatidagidek, 
a’zolarning o‘zgarishi qattiq nazorat qilinadi, ammo ishtirokchilar 
tarkibining o‘zgarishi uni tugatish uchun asos bo‘lmaydi. O‘z 
majburiyatlarini bajarmagan yoki to‘liq bajarmagan kooperativ a’zosi 
umumiy majlis qarori bilan a’zolikdan chiqarib yuborilishi mumkin. 
A’zolikdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror ishtirokchilarning oddiy 
ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 
Matlubot kooperativ (jamiyat)lari ishlab chiqarish vositalari va xalq 
isteʼmoli mollari xarid qilishni va sotishni tashkil etish orqali 
fuqarolarning qishloq xo‘jalik mahsulotlari xomashyosini yetishtiruvchi va 
qayta ishlovchi yordamchi xo‘jaliklarini, shuningdek, hunarmandchilikni 
rivojlantirishni rag‘batlantiradi. 
Bundan tashqari, qonunga muvofiq fuqarolar o‘z ijtimoiy ehtiyojlarini 
qondirish uchun ixtiyoriylik asosida uy-joy qurish, uy-joy kooperativlari
garaj qurish kooperativlari va boshqa kooperativlar tuzishlari mumkin. 
Bunday kooperativlar faoliyatining asosiy yo‘nalishi kooperativ mulki 
obyekt (uy-joy, garaj va shu kabi)larini, ustavda nazarda tutilgan hollarda 
esa kooperativ a’zolarining mulki bo‘lgan obyektlarni ham qurish va 


64 
keyinchalik ulardan foydalanishda pul mablag‘lari yoki shaxsiy mehnat 
bilan ishtirok etishdan, shuningdek, kooperativ a’zolariga kooperativni 
tuzishdan ko‘zlangan maqsadlarga mos xizmatlarni ko‘rsatishdan iborat. 
Shu bilan birga, bog‘dorchilik shirkatlari, yakka tartibda qurilish bilan 
shug‘ullanuvchilar shirkatlari va o‘zga matlubot shirkatlari ham mavjud 
bo‘lib, 
1991-yil 14-iyundagi “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi 295-XII son 
qonun
ularga nisbatan ham amal qiladi. 
O‘zining huquqiy mavqeyiga ko‘ra ishlab chiqarish kooperativi 
xo‘jalik shirkatiga o‘xshab ketadi, biroq ichki munosabatlarni tartibga 
solishda muayyan darajada farqlar mavjud. Bu esa, o‘z navbatida, 
tadbirkorlik 
faoliyatini 
yuritishning 
tashkiliy-huquqiy 
shaklining 
ko‘payishiga olib keladi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish