92
yoki “One stop business registration” organlarida ma’lum chegirmalar va
ayrim to‘lovlardan ozod etilishi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu toifadagi
tadbirkorlar bilan shug‘ullanuvchi alohida bo‘linmalar, ya’ni “Minority
and Women’s Business Enterprises Division” (M/WBED) faoliyati
mavjud bo‘lib, ular uchun alohida www.in.gov/idoa/2352.htm,
www.irs.gov, www.sba.gov (Small Business Administration)
va shu kabi
saytlar tashkil etilgan. Yaponiyada tadbirkorlik subyektlari faoliyatini
tashkil etish va davlat roʻyxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq huquqiy
munosabatlarni tartibga soluvchi 3 ta asosiy qonun hujjatlari qabul
qilingan. Bular: 1963-yilgi “Savdoni roʻyxatga olish” qonuni (Commercial
Registration Act 1963), 1899-yilgi Savdo kodeksi (Commercial Code
1899) va 2005-yilda qabul qilingan “Kompaniyalar to‘g‘risida”gi
qonun
(Companies Act 2005). Shu bilan birgalikda, ushbu davlatda 2016-yil 22-
dekabrda poytaxt shahar Tokioda alohida markaz ochildi. Biznesni tashkil
etish yagona darcha Tokio markazi (TOSBEC – Tokyo One-stop Business
Establishment Center) deb nomlanuvchi ushbu markazning asosiy maqsadi
2020-yilda bo‘lib o‘tadigan Tokio olimpiadasiga puxta tayyorgarlik
ko‘rish va ushbu yirik xalqaro tadbirga mahalliy va xorijiy investorlarni
jalb qilishdir. Shu sababli ushbu markazda tadbirkorlik subyektlari ikki
tilda: yapon va ingliz tilida davlat roʻyxatidan o‘tkazilishi
va ular uchun
alohida qulayliklar mavjudligi rasmiy OAVlar va internet saytlarida
ko‘rsatib qo‘yilgan. Janubiy Koreyada tadbirkorlik subyektlarini davlat
roʻyxatidan o‘tkazish uchun haq olinishi korxonaning ustav kapitali
miqdoridan foiz hisobida hisoblanadi. Korxonaning ustav fondi qanchalik
katta bo‘lsa, davlat bojining miqdori shuncha katta bo‘ladi. Bu, o‘z
navbatida, kichik va yirik korxonalarni differensiatsiya qilish imkoniyatini
beradi.
Ushbu davlatda tadbirkorlarni roʻyxatdan o‘tkazish shakli 4 qismdan
iborat bo‘lib, birinchi
registratsiya raqami beriladi, ikkinchi ushbu
tadbirkorlik subyektiga mol-mulk tituli beriladi, uchinchisi esa “Gap-ku”,
ya’ni ushbu mol-mulkka egalik huquqi beriladi va so‘nggi to‘rtinchi qism
“Ul-ku”, ya’ni ushbu mol-mulkka bo‘lgan ijara, lizing huquqlarini qayd
qiluvchi maʼlumotlar beriladi. Ushbu xizmatlar uchun 20000 vondan
30000 vongacha (15–25 AQSH dollari) to‘lov miqdori undiriladi. Agar
mol-mulkni notarial tasdiqlash kerak bo‘lsa, uning qiymatiga qarab,
lekin
kamida 80000 von (70 dollar) pul to‘lanishi ko‘rsatib qo‘yilgan. “Registry
division” (section)larning aynan sudlar qoshida tashkil etilishiga sabab bu
tadbirkorlar davlat roʻyxatidan o‘tishda, mol-mulkka bo‘lgan egalik
huquqlarini tasdiqlatishda va boshqa davlat xizmatlari bilan bog‘liq
93
masalalarda
turli
tushunmovchiliklar
kelib
chiqadi,
tomonlarda
kelishmovchiliklar va huquqiy yordamga ehtiyoj seziladi. Ushbu
masalalarni vaqtida va joyida hal qilish uchun bu kabi markazlar Janubiy
Koreya sudlari qoshida tashkil etilishi maqsadga
muvofiq deb belgilab
qo‘yildi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasida ham
ushbu sohada rivojlangan xorij davlatlarning tajribasi o‘rganilib keng
ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda va buning samarasi o‘laroq, Jahon
banki tomonidan har yili reyting tarzida e’lon qilinadigan “Doing
Business” (“Biznesni yuritish”) Oʻzbekiston Respublikasi yanada yuqori
pog‘onalarni egallab borayotgani bunga yaqqol misol bo‘ladi. Va birgina
2014-yil iyun oyidan 2015-yil iyun oyi oralig‘ida Oʻzbekiston
Respublikasining tadbirkorlarga, investitsiya muhitiga
yanada yengilliklar
va qulayliklar berish boʻyicha olib borgan islohotlari kuchli o‘nlik
davlatlar qatorida Jahon banki tomonidan alohida e’tirof etilgan. “Doing
Business” reytingining 2017-yil hisoboti boʻyicha davlatimiz biznes
yuritishda 190 davlat orasidan 87-o‘rinni, xususan, tadbirkorlik
subyektlarini roʻyxatdan o‘tkazish boʻyicha 25-o‘rinni egallagan .
Do'stlaringiz bilan baham: