O’zbekistonda davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan so‘ng, mamlakatda demokratik huquqiy davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakl-lantirish oliy maqsad qilib qo‘yildi



Download 45,6 Kb.
Sana22.01.2020
Hajmi45,6 Kb.
#36491
Bog'liq
jamoatchilik nazoratini huquqiy asoslari

Jamoatchilik nazorati deganda bu davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda nodavlat tashkilotlar faoliyati ustidan fuqarolar, ularning birlashmalari va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa tuzilmalari (institutlari), shuningdek, davlat va nodavlat organlari tarkibida tuzilgan jamoatchilik organlari tomonidan qonun doirasida olib boriladigan nazorat tushuniladi.

O’zbekistonda davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan so‘ng, mamlakatda demokratik huquqiy davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakl-lantirish oliy maqsad qilib qo‘yildi. Huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biri esa, jamiyat va davlat hayotida qonun ustuvorligining so‘zsiz tan olinishi, jamiyat a’zolari o‘rtasida yuzaga keladigan barcha munosabatlarda qonunga itoat va hurmat ruhining mavjudligidir. Shu sababdan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasi 2-qismida “Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar”, deb qat’iy belgilab qo‘yilgan. Shunday ekan, jamoatchilik nazorati institutining qonun hujjatlari orqali mustahkamlab qo‘yilishi har jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.

Asosiy Qomusimizning qator moddalarida jamoatchilik nazoratining umumiy asoslarini belgilovchi normalar mavjudki, mazkur institutni tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari belgilangan konstitutsiyaviy norma asosida va uning doirasida qabul qilinadi. Jumladan, Konstitutsiyaning 2-moddasida “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar”, 7-moddada esa, “Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi”, deb belgilangan.

Jamoatchilik nazorati instituti konstitutsiyaviy normalardan tash-qari boshqa qonun hujjatlari bilan ham tartibga solingan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi qonunining 2-moddasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirishning asosiy prinsiplari keltirilgan bo‘lib, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini har tomonlama mustahkamlash va davlat hokimiyati markaziy organlarining vakolatlarini joylardagi boshqaruv organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish, ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlikni ta’minlovchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoat nazorati mexanizmini shakllantirish va kuchaytirish” uning beshinchi tamoyili sifatida qayd etilgan.

Shuningdek, O’zbekiston Respublika-sining “O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonunining 15-moddasida jamoat birlashmalari davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarini tuzishda qatnashish, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarini tayyorlashda ishtirok etish, davlat va jamoat idoralarida o‘z a’zolari (qatnashchilari) nomidan ish yuritadi va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqlariga egaligi qayd etilgan.

Yana shuni aytish lozimki, har yili O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan am-nistiya hujjati qabul qilinar ekan, unda doimo Senatning tegishli qo‘mita va komissiyalari ushbu amnistiya akti qo‘llanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralik amalga oshirilishida deputatlar korpusining bevosita ishtirokini ta’minlasin mazmunidagi band mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi MJtK, JK, JPK, FPK va boshqa qator qonun hujjatlarida ham jamoatchilik nazorati yoki jamoatchilikning ishtiroki shaklida keltirilgan normalar mavjud. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi JKning 6-moddasida jinoyat qonunchiligining demokratizm prinsipi aks etgan bo‘lib, unda jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishi mumkinligi belgilangan.

O’zbekiston Respublikasi JPKning 19, 21, 25, 40-44, 80, 322, 326, 349, 459, 524, 531, 536, 539, 543, 545, 580-moddalarida jinoyat protsessida jamoatchilikning ishtiroki va o‘rni belgilab qo‘yilgan. Xususan, O’zbekiston Respublikasi JPKda jamoatchilik nazorati hamda jinoyat protsessida jamoat birlashmalari va jamoalarning ishtiroki to‘g‘risida quyidagi normalar aks etgan:

– shartli hukm qilish to‘g‘risida jamoat birlashmasi yoki jamoaning iltimosnomasi bo‘lsa, sud shartli hukm qilingan shaxsning xulq-atvorini kuzatish uchun uni shu birlashma yoki jamoaga topshirishi mumkin (459-modda);

– muayyan huquqdan mahrum etish tarzidagi jazodan ozod qilish jamoat birlashmasi, jamoa iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan amalga oshiriladi (536-modda);

– jarima solinishi va axloq tuzatish ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish Jinoyat kodeksining 44- va 46-moddalariga muvofiq sudya tomonidan jazoni ijro etuvchi organlar taqdimnomasi bilan yoki jamoat birlashmasi yoxud jamoaning iltimosnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi (539-modda);

– axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo‘shish to‘g‘risidagi masala sudya tomonidan ko‘rib chiqilayotgan paytda iltimosnoma kim haqida berilgan bo‘lsa, shu shaxsning, shuningdek, iltimos qo‘zg‘atgan jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili qatnashishi shart (545-modda);

– manfaatdor fuqarolarning, shuningdek, jamoat birlashmalari va jamoalarning iltimosnomasi tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini bekor qilish yoki o‘zgartirish va ish yuritishni umumiy tartibda tiklash to‘g‘risidagi masalalarni sudda ko‘rib chiqishga sabab bo‘ladi (580-modda).

Shuni qayd etish lozimki, jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi normalar amaldagi qonun hujjatlarida u yoki bu darajada tartibga solingan bo‘lsa-da, ammo yaxlit bir institut sifatida hech qaysi normada aks etmagan, ya’ni jamoatchilik nazorati institutining to‘liq mohiyati, jamoatchilik nazoratining turlari, shakllari va sub’ektlari, nazorat predmeti, uni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari, qolaversa, mazkur sohada amaldagi qonun hujjatlarini ijro etmagani uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi shartlari kabi masalalar shu kungacha hech qaysi qonun hujjati bilan tartibga solinmagan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2010 yil 12 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida mazkur muammo xususida to‘xtalib, “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan “O’zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish fursati yetdi”, deb ta’kidladi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, jamoatchilik nazorati institutini huquqiy jihatdan mukammal tartibga solish insonning huquq va erkinliklari nafaqat davlat tomonidan kafolatlanganligini, balki davlat organlari faoliyatida ularning ustuvor ahamiyatga egaligini ta’minlaydi va bunda jamoatchilik nazoratining mavjudligi siyosiy hokimiyat tom ma’noda xalq qo‘lida ekanligining ifodasi hisoblanadi.

– O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashdek yuksak vazifalarga fuqarolik jamiyati institutlarisiz erishish mumkin emas.
O’zbekistonda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda. Avvalo, Konstitutsiyamizda davlatning jamiyat oldidagi mas’ulligi mustahkamlab qo‘yildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasiga muvofiq davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Shuningdek, 2014-yil 16-aprelda qabul qilingan qonunga asosan, Konstitutsiyamizning 32-moddasi jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga oid yangi norma bilan to‘ldirildi. Asosiy qonunda bunday normalarning aks etishi, jamoatchilik nazorati institutiga konstitutsiyaviy-huquqiy maqom berdi. Shu bilan birga, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga oid qonunchilik tizimining shakllanishiga zamin yaratdi.
Yuqoridagi islohotlarning mantiqiy davomi sifatida O’zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.
– Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar tajribasida uchramaydigan bunday yaxlit qonunning qabul qilinishi, keng jamoatchilik tomonidan ijobiy kutib olindi. Shu ma’noda, yangi qonun orqali belgilab berilgan jamoatchilik nazoratining subektlari va shakllari xususida gapirsangiz.
– Mazkur Qonun bilan jamoatchilik nazoratining subektlari, uni amalga oshirish shakllari va huquqiy mexanizmlari aniq belgilab berildi.
Qonunda jamoatchilik nazorati subektlari sifatida O’zbekiston Respublikasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, jamoatchilik kengashlari, komissiyalar belgilangan. Ular bir so‘z bilan aytganda, fuqarolik jamiyati institutlari hisoblanadi.
Qonunning 6-moddasida jamoatchilik nazoratining quyidagi sakkizta shakllari belgilangan:
• davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar;

• davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish;

jamoatchilik muhokamasi;

• jamoatchilik eshituvi;

• jamoatchilik monitoringi;

• jamoatchilik ekspertizasi;

• jamoatchilik fikrini o‘rganish;

• fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa tashkilotlar va muassasalarning hisobotlarini eshitish.


Aynan ushbu shakllar orqali davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligini o‘rnatish, bu orqali ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish mumkin. Masalan, jamoatchilik nazorati subektlari davlat organlariga arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qilishga, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularga so‘rovlar yuborishga haqli. Fuqarolik jamiyati institutlari muayyan hududda aholini tashvishga solayotgan masala yuzasidan murojaat yoki so‘rov yuborish orqali mazkur muammoni hal etishga ko‘mak berishi mumkin.


– Ushbu qonunning 16-moddasida aks etgan davlat organlarining jamoatchilik nazorati sohasidagi huquq va majburiyatlari qatorida “jamoatchilik nazoratini o‘tkazish yuzasidan tashabbus ko‘rsatishga haqli” ekani belgilandi. Bu nima degani? Ushbu norma amaliyotda nima beradi?
– Darhaqiqat, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunda yana bir muhim qoida mustahkamlandiki, uni to‘g‘ri va samarali qo‘llanishi kelgusida davlat va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Aynan siz aytgan jihatlarni nazarda tutmoqdaman. Agar, mazkur norma amalda to‘g‘ri va maqsadli qo‘llansa, muayyan davlat organi rahbari o‘z faoliyatini yaxshilash, unga chetdan baho berish maqsadida fuqarolik jamiyati institutlariga jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yuzasidan tashabbus bilan chiqadi. Natijada o‘z ishidagi ayrim kamchiliklar, qonuniy faoliyati davomida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar hamda foydalanilmagan imkoniyatlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olib, o‘z faoliyatini yaxshilashga erishadi.
Bu huquqiy norma o‘z ahamiyatiga ko‘ra, muayyan davlat organlari faoliyatini qonuniy asosda tashkil etishga, o‘z vakolatlaridan samarali foydalanish va majburiyatlarni to‘liq bajarish yo‘lida yangi imkoniyatdir. Shu bilan birga, mohiyatan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
– Yana bir muhim masala normativ-huquqiy hujjatlar yoki ijtimoiy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazishdir. “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingunga qadar ham mazkur amaliyotning huquqiy mexanizmlari ayrim qonunlarimizda o‘z aksini topgan edi.
– To‘g‘ri, masalan bunday tartib “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasida mavjud edi. Unga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun loyihani ishlab chiqayotgan tashkilot tomonidan ishchi guruh (komissiya) tuzilishi mumkinligi uning tarkibiga nodavlat tashkilotlar vakillari va fuqarolarning o‘z roziligi bilan kirishi mumkinligi belgilangan. Mazkur qoidalarning amaliy ijrosi sifatida, so‘ngi vaqtlarda parlament faoliyatida, uning qo‘mitalari va komissiyalari ishiga nodavlat notijorat tashkilotlar vakillarini keng jalb etish kuzatilmoqda. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitalari qonun loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhlari tarkibiga davlat organlari, ilmiy muassasalar vakillari bilan bir qatorda, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ham kiritilmoqda.
Mazkur jarayonning huquqiy mexanizmlarini “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasida yanada to‘liq shaklda quyidagicha bayon etildi: “Ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, davlat organlarining boshqa qarorlarini ommaviy muhokama qilish jamoatchilik muhokamasidir.
Jamoatchilik muhokamasini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari o‘tkazishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasi turli ijtimoiy guruhlarning vakillari, shu jumladan, muhokama etilayotgan masala huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan yoki daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarning ishtirokida o‘tkazilishi mumkin”.
Bu normalar davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni ta’minlashda alohida ahamiyatga ega. Masalan, 2017- yilning yanvar oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, u bilan birga quyidagi ikkita hujjat – 2017 – 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Loyihalarni tayyorlash davomidagi muhokamalarda fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari siyosiy-huquqiy jihatdan yuksak faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar. Xususan, loyihalarning “Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi” portalida yo‘lga qo‘yilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bo‘yicha 1 310 ta taklif va mulohazalar kelib tushib, ular asosida Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko‘rib chiqildi.
Yuqoridagi jamoatchilik muhokamalariga qo‘yilgan davlat dasturida faqat davlat yoki, davlat organlarining manfaatlari emas, balki oddiy xalqning, aholining turli qatlamlarining xohish-irodalarini ham aks etishiga erishilmoqda. Yoki, ushbu muhokamalar sabab, bir qator davlat organlari bilan turli nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik o‘rnatildi. Bu davlat ahamiyatiga molik eng muhim qarorlarni qabul qilishda fuqarolik jamiyati institutlarini davlat organlari bilan hamkorligining huquqiy asoslarini amalga tatbiq etilishining yorqin namunasidir.
– Yuqoridagi ijobiy tendensiyalar bilan birga, jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi zarur bo‘lgan yana qanday masalalar bor?
– Darhaqiqat, jamiyat hayotidagi eng dolzarb, aholini, ularning muayyan qatlamini tashvishga solayotgan muammolarni hal etish uchun jamoatchilik nazoratini amalga oshirish muhim. Masalan, korrupsiyaga qarshi kurash, aholi bandligini ta’minlash, mahalliy davlat hokimiyati rahbarlarining qonun hujjatlariga zid ravishda ayrim soha (ta’lim, tibbiyot va h.k.) vakillarini majburiy ishlarga jalb etish kabi aholini tashvishga solayotgan, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga, aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan sohalar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish zarur.
Ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurashda davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligi kuchaytirilishi lozim. 2017-yildan boshlab O’zbekistonda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirdi. Korrupsiogen ko‘rinishlarning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O’zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida” qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi Qarori bilan “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi” qabul qilindi.
Shuningdek, “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003-yil 31-oktyabr) O’zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha boshqarmalar tuzildi.
Amaliyotda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat, shu jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari, bilan korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik turli ko‘rinishlarda amalga oshirilmoqda.
Lekin, bugungi kunda mazkur sohadagi ikki sektor hamkorligi talab darajasida emas. Fikrimizcha, avvalo davlat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash faqatgina normativ hujjatlarni qabul qilish yoki targ‘ibot ishlari bilan emas, balki zamonaviy va ta’sirchan choralarni keng qo‘llash bilan amalga oshirilishi lozim. Shuningdek, tegishli davlat organlari tomonidan nodavlat sektorining mazkur sohadagi hamkorligiga kengroq yo‘l ochish, korrupsiogen vaziyatlarni aniqlagan, ular haqida ogohlantirgan fuqarolik jamiyati institutlarini rag‘batlantirishning huquqiy mexanizmlari ishlab chiqilib, amalga tatbiq etilishi zarur.
– Qonunning 4-moddasida jamoatchilik nazoratining obektlari sifatida “Davlat organlarining, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalarning va ular mansabdor shaxslarining” faoliyati nazarda tutilgan. Lekin aholining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta’minlashga xizmat qiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyati obekt doirasiga kiritilmagan. Vaholanki, “O’zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O’ztransgaz”, “O’zbekenergo” va “O’zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati kabi xo‘jalik boshqaruvi organlari va ularning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan ham jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi bugungi kunning eng muhim masalalaridan. Aholining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta’minlashga xizmat qiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyati qonunda nega obekt doirasiga kiritilmadi?
– Aynan ushbu jihatlar Qonunchilik palatasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Ehtimol xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyati obekt doirasiga kiritilmagani nazariy-huquqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Biroq, savolingiz o‘rinli. Ko‘plab fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta’minlashga xizmat qiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyati obekt doirasiga kiritilishi kerak edi. Mamlakatimizdagi bugungi real vaziyatdan kelib chiqsak, xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyati ham obekt doirasiga kirishi maqsadga muvofiq. Jamoatchilik nazoratining subekti bo‘lgan oddiy fuqaro o‘zi hayoti davomida “O’zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O’ztransgaz”, “O’zbekenergo” va “O’zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati kabi xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyati bilan ko‘p to‘qnashadi. Shu nuqtai nazardan, xo‘jalik boshqaruvi organlari va ularning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan ham jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Chunki fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini ta’minlash bo‘yicha; o‘z zimmasiga yuklatilgan sotsial va ijtimoiy manfaatlarga daxldor bo‘lgan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish bo‘yicha; samarali va sifatli xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha; ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarish bo‘yicha ularning faoliyati ham jamoatchilik nazorati obekti bo‘la oladi. Kelgusida amaliyotdagi ehtiyojdan kelib chiqib, bu masalani ham qonunchilikka kiritish lozim.
Shu o‘rinda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-iyuldagi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasini yodga olaylik. Davlatimiz rahbari “Bugun hayotning o‘zi parlament nazorati obektlari doirasini kengaytirishni ham talab etmoqda. Amaldagi qonunga ko‘ra, parlament faqat davlat organlari faoliyati ustidan nazorat olib borishi mumkin. Biroq xo‘jalik boshqaruvi organlari, xususan, “O’zbekneftgaz”, “O’zbekenergo” va boshqa kompaniya va birlashmalar bundan chetda qolmoqda. Shu maqsadda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish lozim, deb hisoblayman” deya fikr bildirgan edilar.
Bundan so‘ng, 2018-yil qabul qilingan qonunga asosan, parlament nazorati obektlari doirasi kengaytirilib, jamoatchilik nazorati obektlari doirasiga xo‘jalik boshqaruvi organlari ham kiritildi.
Ushbu tajribadan kelib chiqib, kelgusida O’zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasidagi, jamoatchilik nazorati obekti doirasiga xo‘jalik boshqaruvi organlari va ular mansabdor shaxslarining faoliyati ham kiritilsa, xalqimiz uchun foydali bo‘lar edi.

Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, mazkur qonun huquqiy amaliyotimizda yangi hujjat, nazorat-sinov desak ham to‘g‘ri bo‘ladi. Agar qonun normalari hayotga izchil tatbiq etilib, keyinchalik kamchiliklari namoyon bo‘lsa, kelajakda yanada takomillashtiriladi, albatta.



Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun huquqiy asoslar yaratilgan. Ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish orqali davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligiga sharoit yaratiladi. Ushbu Qonun jamiyatga juda zarur huquqiy hujjat hisoblanadi. Agar xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyati ham obekt doirasiga kiritilganida, balki ushbu Qonunni mukammal huquqiy hujjat deyishimizga to‘la asos bo‘lar edi.
Download 45,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish