218
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash;
investitsiya kiritishi munosabati bilan o‘z zimmasiga olgan shartnoma
majburiyatlarini bajarish;
investitsiya loyihalarining sanitariya-gigiyena, radiatsiya,
ekologiya,
arxitektura-shaharsozlik talablariga va boshqa talablarga rioya etilishiga
taalluqli qismi boʻyicha ekspertiza xulosasini olish;
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada
bajarilmaganligi tufayli investitsiya faoliyati ishtirokchisiga yetkazilgan
zararning o‘rnini qoplash;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati
organlarining o‘z vakolatlari doirasida qo‘yadigan talablarini bajarishi
shart.
Investordan farqli ravishda investitsiya faoliyatining ishtirokchisi
investitsiya faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Garchi
ishtirokchi tomonidan investitsiya kiritilmasa ham, uning saʼy-harakatlari
bilan investitsiya mablag‘lari mol-mulk topshirish, ish bajarish, xizmat
ko‘rsatish munosabatlari bilan bog‘liq jarayonlar orqali o‘zining amaliy
mujassamini topadi. Investitsiya faoliyati ishtirokchisining to‘g‘ri
tanlanishi investitsiya faoliyati samaradorligini ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega.
Investitsiya faoliyati ishtirokchisi tanlov (tender)
savdolarining
ishtirokchisi bo‘lishga, investorlar bilan ularning buyurtmalarini bajarish
uchun shartnomalar tuzishga, investor oldidagi o‘z shartnoma
majburiyatlarini bajarishga boshqa shaxslarni jalb etishga, investitsiya
faoliyati obyektining haqiqiy qiymatini pasaytirish natijasida erishilgan
tejamni mustaqil ravishda tasarruf etishga haqli.
Ularning majburiyatlari esa qonun hujjatlarida
belgilangan texnik
jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablariga rioya etishi,
shartnomalarni o‘z vaqtida va lozim darajada bajarishi, shartnoma
majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi
tufayli investorga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi,
davlat
boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z
vakolatlari doirasida qo‘yadigan talablarini bajarishi, mablag‘lardan
belgilangan maqsadda foydalanishi, litsenziyalanishi lozim bo‘lgan
faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishi shart.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, qonunosti hujjatlari va xalqaro
hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
219
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda:
investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
asosiy fondlarning jadal amortizatsiya qilinishi huquqini berish;
texnik jihatdan tartibga solish normalari,
qoidalari va talablarini
belgilash;
raqobatni qo‘llab-quvvatlash boʻyicha choralarni qo‘llash;
kredit va narx belgilash siyosatini o‘tkazish;
yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish hamda ulardan
foydalanish shartlarini belgilash;
investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan
investitsiya loyihalarining ro‘yobga chiqarilishini monitoring qilish yo‘li
bilan amalga oshiriladi.
Shuningdek, investitsiya subyekti sifatida davlat investitsiya
faoliyatini quyidagi yo‘llar bilan rag‘batlantiradi:
• investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun qulay investitsiya
muhitini yaratish;
• investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
• soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, faoliyat turiga va
investitsiya hajmlariga qarab har bir alohida
holat uchun belgilanadigan
muddatlarga preferensiyalar berish;
• erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish;
• xalqaro shartnomalar tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: