185
beshinchidan, qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash, davlat
organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday
harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Shuningdek, 2019–2023-yillarda
tovar va moliya bozorlarida
raqobatni rivojlantirish strategiyasi
quyidagilarni nazarda tutadi:
−
raqobatni himoya qilish va rivojlantirish
tizimini transformatsiya
qilish hamda monopoliyaga qarshi tartibga solishning milliy iqtisodiyotda
va jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar va
jarayonlarning yuksak talablariga javob beradigan mutlaqo yangi ilg‘or
modelini yaratish;
−
tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishning moslashuvchan, shu
jumladan xulq-atvor iqtisodiyoti (behavioral economics) tamoyillariga
asoslangan vositalari va usullarini joriy etish;
−
raqobatni himoya qilish boʻyicha oldini oluvchi vositalarni, shu
jumladan monopoliyaga qarshi komplaens mexanizmi —
birinchi
navbatda tovar va moliya bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan
xo‘jalik yurituvchi subyektlar ichida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik
talablariga muvofiqlikni ta’minlash tizimini joriy etish;
−
rag‘batlantiruvchi
tariflar
shakllantirishning
raqobatni
kuchaytiruvchi taʼsir ko‘rsatadigan yangi yuqori samarali usullari va ularni
qo‘llashni nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish hisobiga tovarlar
(ishlar, xizmatlar) narxlari (tariflari)ni davlat
tomonidan tartibga solish
tizimini tubdan takomillashtirish;
−
raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solishning
samarali vositalarini, shu jumladan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik
buzilishlari transchegaraviy shakllarining oldini olish maqsadida yaratish;
−
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik
talablarini buzganlik uchun
huquqiy taʼsir ko‘rsatish choralarini kuchaytirish va bir vaqtning o‘zida
huquqni qo‘llashda keng ixtiyor beradigan vakolatlarni bekor qilish;
−
kartel kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi
harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish
maqsadida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish;
−
iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti metodikasi boʻyicha
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish indikatorlaridan
foydalangan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatining
eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) joriy etish;
−
raqobatni cheklash holatlarini aniqlash va ularga nisbatan taʼsir
choralarini ko‘rish tezkorligini oshirish uchun Monopoliyaga qarshi
186
kurashish qo‘mitasi faoliyatiga innovatsion ishlanmalar va axborot
texnologiyalarini joriy etish;
−
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining
kadrlar salohiyatini
tizimli ravishda oshirish, oliy o‘quv yurtlari o‘quv dasturlariga raqobat
siyosati va raqobat huquqi sohasida kadrlarni tayyorlash boʻyicha maxsus
yo‘nalishlarni joriy etish;
−
munosib moddiy ta’minot va ijtimoiy sharoitlar borasida ijtimoiy
kafolatlar nazarda tutgan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
faoliyati samaradorligini oshirish hamda korrupsiyani
keltirib chiqaruvchi
turli omillarning oldini olish.
Do'stlaringiz bilan baham: