84
Quyidagi hujjatlar qayta roʻyxatdan o‘tkazish so‘rovnomasiga
ilova
qilinadi:
tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining ta’sis
hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulush (hissa)ning boshqa
shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘risidagi qarori;
davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;
topshirish dalolatnomasi – qo‘shib
yuborilganda va qayta
tuzilganda;
taqsimlash balansi – ajratib chiqarishda;
tadbirkorlik subyekti vakolatli organining ta’sis hujjatlarida e’lon
qilingan ustav fondi miqdori shakllantirilganligi to‘g‘risidagi hujjat – ustav
fondi miqdori oshirilganda;
tadbirkorlik subyekti – yuridik shaxs ishtirokchilari tomonidan
qo‘shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan to‘la miqdordagi
hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar –
ustav fondi miqdori
oshirilganda;
ulush (hissa)ning boshqa shaxsga o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat
(shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) –
ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tganda.
Ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish ta’sis
hujjatlarini yangi tahrirda qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda
ariza beruvchi qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda o‘z
ixtiyoriga ko‘ra ta’sis hujjatlarining namunaviy
shakllaridan yoki boshqa
shakllardan foydalanish huquqiga ega.
Davlat boji to‘langandan keyin tizim roʻyxatdan o‘tkazuvchi organ
mas’ul
xodimiga
tegishli
bildirishnoma
yuboradi,
kiritilgan
o‘zgartirishlarni davlat roʻyxatidan o‘tkazadi va ularni elektron hujjatlar
repozitoriysida saqlaydi.
Ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulush (hissa) ning boshqa shaxsga
o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan qayta roʻyxatdan o‘tkazish amalga oshirilgan
taqdirda “yagona darcha” markazi mas’ul xodimi taqdim etilgan hujjatlarni
rad etish uchun asoslar mavjud emasligi yuzasidan ko‘rib chiqishi va qayta
ishlashi shart.
Umuman olganda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik
hujjatlarida nazarda tutilgan, biznesni roʻyxatdan o‘tkazish
tizimini isloh
qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish davlat
xizmatining – biznesni roʻyxatdan o‘tkazishning shaffofligi va sifati
sezilarli darajada oshdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekistonni 2017–2021-yillarda
rivojlantirishga doir “Harakatlar strategiyasi”da Jahon bankining
85
“Doing Business – 2018” tadqiqotlaridagi
mamlakatning xalqaro
reytingini oshirishni ta’minlashga oid vazifa qo‘yilgan. Shu sababli
korxonalarni roʻyxatdan o‘tkazishning yangi mexanizmi Jahon bankining
navbatdagi “Doing Business–2018”
tadqiqotlarida
Do'stlaringiz bilan baham: