Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020


 
qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan qishloq xo‘jaligi 
kooperativ (shirkat xo‘jalik)larining hamda boshqa qishloq xo‘jaligi 
korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalaridan; 


54 

 
qishloq xo‘jaligi kooperativ (shirkat xo‘jalik)larining hamda boshqa 
qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer 
uchastkalaridan beriladi.
Fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi kooperativ (shirkat 
xo‘jalik)larining hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasa va 
tashkilotlarining yer uchastkalaridan berilgan yer uchastkalari ularning 
balansidan chiqariladi. 
Ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylar
kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining yerlari, shuningdek, 
suv fondi yerlari fermer xo‘jaliklariga berilishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi, katta va kichik 
daryolar, suv havzalari bo‘ylab joylashgan yer uchastkalari fermer 
xo‘jaligi yuritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi. 
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi bo‘ylab besh yuz metrli 
mintaqada faoliyati hayvonlar (chorva mollar, parrandalar, mo‘ynali va 
boshqa hayvonlar, baliqlar, asalarilar, hayvonot bog‘lari hamda 
vivariylarning hayvonlari va boshqa jonivorlar)ni ko‘paytirish, o‘tlatish va 
boqish bilan bog‘liq bo‘lgan chorvachilik, parrandachilik hamda boshqa 
yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari berish taqiqlanadi. 
Fermer xo‘jaligi o‘z ustavida va yer uchastkasini ijaraga olish 
shartnomasida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga muvofiq faoliyati 
yo‘nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilmasi va hajmlarini mustaqil ravishda 
belgilaydi. Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining 
qonunlarda taqiqlanmagan har qanday turi bilan, shuningdek, qishloq 
xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan 
shug‘ullanishga haqli.
Fermer xo‘jaligi o‘zi yetishtirayotgan mahsulotni realizatsiya qilish, 
shu jumladan, davlat ehtiyojlari uchun realizatsiya qilish maqsadida 
yuridik va jismoniy shaxslar bilan xo‘jalik shartnomalari tuzish huquqiga 
ega. Shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda taraflar qonun hujjatlarida 
yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 
Fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirish (moliya-xo‘jalik faoliyatini 
tekshirishlar bundan mustasno), davlat ehtiyojlari uchun mahsulot 
realizatsiya qilish shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki yer 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligiga dalillar bo‘lgan, shuningdek, 
yagona yer solig‘i o‘z vaqtida to‘lanmagan hollarda ijaraga olish 
shartnomasiga muvofiq ijaraga berilgan yer uchastkasidan faqat 


55 
belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish masalalari boʻyicha 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Fermer xo‘jaligi o‘z majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan, tuzilgan 
kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq 
xo‘jaligi mahsuloti nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib berilishini 
ta’minlash boʻyicha, shuningdek, moddiy-texnika resurslari yetkazib 
berilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun o‘z vaqtida haq to‘lash 
boʻyicha qonunlarga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘z mol-
mulki bilan javob beradi.
Fermer xo‘jaligining boshlig‘i fermer xo‘jaligining mol-mulki yetarli 
bo‘lmagan taqdirda fermer xo‘jaligining majburiyatlari boʻyicha o‘ziga 
qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar 
bo‘ladi.
Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning 
hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar qayta tashkil 
etilayotgan yoki tugatilayotgan fermer xo‘jaligida mablag‘ bo‘lmagan 
yoxud yetarli bo‘lmagan taqdirda undirilishi lozim bo‘lgan summalar 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish