48
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning o‘ziga xos xususiyati uning ishtirokchilarini
jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi ularning ustav kapitaliga qo‘shgan
ulushlari
bilan cheklanmaganligidadir, ya’ni jamiyatining ishtirokchilari uning
majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol-mulklari bilan qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan
hamma uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan, karrali
miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladi.
Xo‘jalik shirkatlari (to‘liq va kommandit shirkatlar)
Avvalambor, xo‘jalik shirkatining ustav kapitali xo‘jalik jamiyatining
ustav kapitalidan iqtisodiy hamda huquqiy jihatlari bilan farqlanadi.
Xo‘jalik shirkatida ustav kapitali uning ish
faoliyatini boshlash uchun
zarur bo‘lsa, xo‘jalik jamiyatida ustav kapitali uning kreditorlari oldidagi
javobgarligining kafolatidir.
Xo‘jalik shirkatining xo‘jalik jamiyatlaridan farqi shundaki, shirkat shaxslarning
birlashuvini hamda ularni shirkat faoliyatida faol ishtirokini talab qilsa, xo‘jalik
jamiyatlarida mablag‘ (kapital) birlashtiriladi va unda ishtirokchilarning jamiyat
faoliyatida shaxsan ishtiroki talab qilinmaydi.
Qonun xo‘jalik shirkatining ustav fondini uning asosiy aktivlari bilan
bevosita bog‘lab qo‘ygan. Agar shirkatning zarar ko‘rishi natijasida uning
asosiy aktivlari qiymati ustav kapitali miqdoridan kamayib ketsa, shirkat
tomonidan olingan daromad uning a’zolari o‘rtasida taqsimlanmaydi.
Asosiy aktivlarning qiymati ustav kapitali
miqdoridan oshgandagina
daromadlar uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin. Shirkat
kreditorlari manfaatlarining asosiy kafolati uning ishtirokchilarining
o‘zlariga tegishli bo‘lgan butun mol-mulklari bilan bo‘lgan javobgarligidir.
Xo‘jalik shirkati to‘liq shirkat bo‘lishi uchun uning ishtirokchilari o‘z
o‘rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanishlari hamda uning majburiyatlari boʻyicha
o‘zlariga qarashli butun mol-mulki bilan javob berishlari lozim. To‘liq
shirkatning holati ishtirokchilarning soni uncha ko‘p bo‘lmagan tijorat
tashkilotlariga ko‘proq mos keladi. To‘liq shirkatda
uning ishtirokchilari
soni cheklanmagan, biroq uni ta’sis etish uchun kamida ikki ishtirokchi
bo‘lishi shart.
Agar qandaydir sabablar tufayli to‘liq shirkat faqatgina yagona
ishtirokchidan iborat bo‘lib qolsa, mazkur holat yuz bergan vaqtdan
boshlab olti oy muddat ichida mazkur to‘liq shirkatga yangi to‘liq sheriklar
qabul qilinib, u saqlab qolinishi yoki unga hissa qo‘shuvchi a’zo topilib, u
kommandit shirkatga aylantirilishi yoxud tugatilishi lozim. Mazkur holatda
49
to‘liq shirkat yagona ishtirokchi bilan xo‘jalik
jamiyatiga aylantirilishi
mumkin. To‘liq shirkatni ta’sis etish xo‘jalik jamiyatini ta’sis etishdan
ko‘ra birmuncha osonroq, ammo to‘liq shirkatning o‘ziga xos kamchiligi
mavjud. Bu shirkat ishtirokchilari shirkat majburiyatlari boʻyicha o‘zlariga
qarashli bo‘lgan butun mol-mulklari bilan solidar tarzda, subsidiar tarzda
javobgar bo‘lishidir. Demak, to‘liq shirkatning qarzini qoplash uchun mol-
mulki yetarli bo‘lmasa, undiruv shirkat ishtirokchilarining mulkiga
qaratilishi mumkin. Xo‘jalik jamiyatlarida esa ishtirokchilar uning
majburiyatlari boʻyicha faqatgina ustav kapitaliga qo‘shgan
hissalari
qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: