8.2. Tovar bozorini huquqiy tartibga solish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor tovar ishlab chiqaruvchi
sifatida ko‘riladi. Uning xo‘jalik faoliyati natijasi u tomonidan ishlab
chiqilgan tovar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar hisoblanadi.
1
Г.Л.Багиев и др. Маркетинг, Учебник, 2-е изд. М.Экoномика, 2001. –C.34.
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi //
www.uza.uz.
190
Tovar bozori deganda, eng avvalo, ishlab chiqaruvchilar va
isteʼmolchilar o‘rtasida tovarlar muomala doirasi hisoblanadi. Bozor
iqtisodiyotining asosini tovarlar bozori tashkil etadi. Oʻzbekiston
Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida” q onuniga asosan tovar bozori —
tovarning (shu jumladan, bir-birining o‘rnini bosadigan tovarning)
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala
doirasi bo‘lib, u Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy
bo‘linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi
chegaralarida tovarni olish yoki realizatsiya qilish imkoniyati mavjud
1
.
Yuqoridagi qonunda berilgan ta’rifga ko‘ra tovar deganda faoliyatning
olish va realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan mahsuli, shu jumladan
ishlar va xizmatlar tushuniladi.
Hozirgi davrda bozor murakkab strukturani tashkil etadi. Tovar
bozorining strukturasini tovar bozori subyektlari va ular o‘rtasidagi
munosababatlar tashkil etadi. Tovar subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar
shartomalar orqali tartibga solinadi. Tovar bozori subyektlariga tovar
ishlab chiqaruvchilar, isteʼmolchilar hamda tovarlarning ishlab
chiqaruvchilardan isteʼmolchilarga yetkazib berilishi jarayonini tashkil
etuvchi va amalga oshiruvchi tashkilotlar va vositachilar kiradi. Bozor
strukturasi bozor qatnashchilari tarkibi, unda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik
subyektlarining
soni,
ishlab
chiqilayotgan
va
almashinilayotgan
tovarlarlarning tarkibi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga
kirishiga to‘siqlarning mavjud ekanligi yoki yo‘qligi bilan aniqlanadi.
Tovar bozorini tashkil etuvchi barcha qatnashchilarni quyidagi
guruhlarga ajratish mumkin:
1) tovar ishlab chiqaruvchilar;
2) ulgurji va chakana savdo korxonalari va boshqa vositachi
tashkilotlar;
3) isteʼmolchilar
Bozor munosabatlarini rivojlanishida tovar bozorining zamonaviy
strukturasi mavjudligi hamda unga xizmat ko‘rastuvchi infrastrukturaning
shakllanishi va faoliyat yuritishini taqozo etadi. Tovar bozori
infrastrukturasi deganda bozor ishtirokchilarining normal faoliyatini
ta’minlab beruvchi tashkilotlar tushuniladi. Tovar bozorlarining muhim
elementlari quyidagilar hisoblanadi:
1
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami, -– 2012.
–
№ 1. 5-modda
191
•
omborxona xo‘jaligi;
•
transport ta’minoti;
•
tovarlarni qadoqlash sanoati;
•
axborot ta’minoti;
•
moliya-kredit ta’minoti.
Infrastrukturaning qanchalik rivojlanganligi mamlakat bo‘ylab tovar
harakatining tez va sifatli harakatlanishini ta’minlab beradi. Tovar bozori
infrastrukturasining rivojlanishi milliy tovar bozori rivojlanish holatini
belgilab beradi.
Tovar bozorini tartibga solish raqobat muhitini shakllantirish va
bozorga yangi tadbirkorlarning kirishini belgilovchi normativ-huquqiy
hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Mamlakat tovar bozori strukturasida ulgurji savdo tashkilotlari muhim
rol o‘ynaydi. Bunday tashkilotlar sirasiga ulugurji savdo korxonalari,
vositachi korxonalar hamda maxsus tashkilotlar – ulgurji bozorlar hamda
birjalar kiradi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra tijorat maqsadlarida
foydalanish yoki o‘z ishlab chiqarish-xo‘jalik ehtiyojlari uchun hisob-
kitoblarning naqd pulsiz shaklida xarid qilinadigan tovarlarni sotish ulgurji
savdo faoliyati deb e’tirof etiladi. 2019-yilga qadar ulgurji savdo olib
borish faoliyati uchun yuridik shaxslar litsenziya olishga majbur edi. 2019-
yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga
ko‘ra, savdo mexanizmlarini yanada takomillashtirish, tovar bozorlarida
sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, tadbirkorlik
subyektlari faoliyatining samaradorligini oshirish va xarajatlarni
kamaytirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning
raqobatbardoshligini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida
ulgurji savdoni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash va savdo
korxonalarini soliqqa tortishning maxsus tartibi bekor qilindi
1
.
Tovar bozorini tashkillashtirishning huquqiy shakllaridan tovarlar,
ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishning shartnomaviy shakllari alohida
o‘rin tutadi. Bunday shartnomalarga oldi-sotdi, yetkazib berish,
kontraktatsiya shartnomalari va boshqa shartnomalar kiradi.
Ulgurji savdoning eng muhim shakllaridan biri birja savdosi
hisoblanadi. Birjalar faoliyatini tartibga solish Birjalar va birja faoliyati
to‘g‘risidagi qonun bilan tartibga solinadi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada
erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘‘g‘risida” PF–5564-son qarori.
192
Mazkur qonun ilk marotaba 1992-yilning 2-iyulida qabul qilingan.
Ushbu qonunning maqsadi birjalarni tashkil etish va ularning faoliyati
bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lgan.
2014-yilning 12-sentabrida Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risidagi
Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
haqida Oʻzbekiston Respublikasining O‘RQ–375-son qonuni qabul qilindi
va ushbu qonunning yangi tahriri tasdiqlandi.
Birja oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan
qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shaxs hisoblanadi.
Birjalar o‘z faoliyatini tovar-xomashyo, fond va valyuta birjasi turida
amalga oshirib, ular aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi
qonuni.
Birjalar belgilangan tartibda litsenziya olganidan keyin birja
faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Birjalar faoliyatini
litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
4-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Birja faoliyatini
litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Tovarlar ulgurji savdosida tovar-xomashyo birjalari muhim rol
o‘ynaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
2004-yil 31-mayda qabul qilingan “Tovar-xomashyo birjalari faoliyatini
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga
binoan tovar-xomashyo birjalarida birja, auksion, ko‘rgazma-yarmarka
savdolari:
muayyan turdagi va sifatdagi tovarlar, shu jumladan belgilangan
tartibda birja savdolariga qo‘yilgan hosila moliyaviy vositalar
(derivativlar) elektron birja savdolari natijalari boʻyicha birja bitimlari;
tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan o‘ziga xos xususiyatlarga
ega bo‘lgan tovarlar auksion savdolari (shu jumladan, davlat xaridlarini
tashkil etish boʻyicha elektron savdolar) natijalari boʻyicha auksion
bitimlari;
birja tovariga qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan hamda
xaridorlarga ularning namunalari va modellarini, elektron kataloglarini,
prospektlarini, reklama bulletenlarini yoki boshqa tavsiflovchi hujjatlarini
ko‘rib chiqish imkoni berilishini talab qiladigan har qanday tovar bilan
ko‘rgazma-yarmarka bitimlari tuzish vositasida tashkil etilishi mumkin.
193
Birjada amalga oshiriladigan savdolar birja bitimlari orqali
rasmiylashtiriladi. Birja bitimi birja tomonidan roʻyxatga olingan, birja
savdosining birjada qayd etilgan natijasi boʻyicha tuzilgan birja tovariga
doir oldi-sotdi shartnomasidir. Yuridik shaxslar hisoblanadigan budjetdan
mablag‘ oluvchilar-buyurtmachilar o‘zlariga elektron tarzda birja
tomonidan personal kabinet orqali yuborilgan kontraktlar nusxalarini
mustaqil ravishda ko‘chirib oladi, ularni tashkilotning rahbari imzosi va
muhri bilan tasdiqlaydi va o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan g‘aznachilik
organlariga roʻyxatdan o‘tkazish uchun taqdim etadilar. Budjetdan
mablag‘ oluvchilar hisoblanmaydigan buyurtmachilar o‘zlariga personal
kabinet orqali elektron tarzda birja tomonidan yuborilgan kontraktlar
nusxalarini mustaqil ravishda ko‘chirib oladi va zarurat bo‘lganda, o‘zi
joylashgan hududdagi birjada (birjaning mintaqaviy bo‘linmasida)
tasdiqlaydi. Savdolarda g‘olib chiqqan yetkazib beruvchi kontrakt tuzishni
rad etganda yoki uni tuzishdan boshqacha tarzda bosh tortganda uning
moliyaviy zakalati, savdolar g‘olibi aniqlangan sanadan boshlab bir hafta
muddatda,
yetkazilgan
zarar
uchun
kompensatsiya
sifatida,
buyurtmachining tegishli hisobraqamiga (agar buyurtmachi g‘aznachilik
ijrosi bilan qamrab olingan bo‘lsa budjet mablag‘lari yoki budjetdan
tashqari mablag‘lar boʻyicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobraqamini
ko‘rsatgan holda yagona g‘azna hisobraqamiga, agar buyurtmachi
g‘aznachilik ijrosi bilan qamrab olinmagan bo‘lsa, uning bankdagi talab
qilib olingungacha depozit hisobraqamiga) o‘tkaziladi.
Yetkazib beruvchi kontrakt tuzishni rad etgan yoki uni tuzishdan
boshqacha tarzda bosh tortgan taqdirda buyurtmachi kontrakt tuzishdan
bosh tortish tufayli yetkazilgan zararlarni qoplash talabi bilan sudga
murojaat qilishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |