161
tadbirkorlik subyektini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi
uchun javobgarlikka tortishni yoki uni rad etishni.
Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib
chiqish natijalari boʻyicha qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1)
hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penya, shuningdek,
qo‘llanilgan jarima summasi;
2)
o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlangan
tadbirkorlik subyekti
tomonidan soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlari, mazkur
holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa maʼlumotlar;
3)
tadbirkorlik subyektini soliqqa oid muayyan huquqbuzarlik uchun
javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq
kodeksining muayyan huquqbuzarlikni va qo‘llaniladigan javobgarlik
choralarini nazarda tutuvchi moddalari ko‘rsatilgan qaror;
4)
soliqqa oid huquqbuzarlikni bartaraf
etish hamda hisoblangan
soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penyani to‘lash muddati;
5)
tadbirkorlik subyekti belgilangan muddatlarda soliqqa oid
huquqbuzarlikni bartaraf etgan hamda hisoblangan soliqlar, boshqa
majburiy to‘lovlar va penyani to‘lagan taqdirda uning jarima to‘lashdan
ozod etilish huquqi.
Soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish natijalari boʻyicha davlat
soliq xizmati organining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran ikki ish
kunidan oshmaydigan muddatda qarorning nusxasi tilxat olish orqali yoki
tadbirkorlik subyekti tomonidan olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usul
orqali soliq to‘lovchiga topshiriladi. Agar tadbirkorlik
subyektiga qaror
nusxasini topshirishning imkoni bo‘lmasa, u pochta orqali buyurtma xat
bilan jo‘natiladi va jo‘natilganidan e’tiboran uch kun o‘tgach topshirilgan
hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyekti tomonidan davlat soliq xizmati organining
qarorini bajarish tadbirkorlik subyekti davlat soliq xizmati organi
qarorining ko‘chirma nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida
qarorda ko‘rsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etishi hamda
hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penya summasini
to‘lashi shart.
Yuqorida ko‘rsatilgan muddatda soliqqa oid huquqbuzarliklar bartaraf
etilgan hamda hisoblangan soliqlar, majburiy to‘lovlar va penya summasi
to‘langan taqdirda davlat soliq xizmati organi qarorining tadbirkorlik
subyektiga nisbatan qo‘llaniladigan jarima qismi bekor qilingan
hisoblanadi. Mazkur norma tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya
qilishdan olingan tushumni yashirish (kamaytirish) va kirim qilinmagan
162
tovarlarni saqlash, fiskal xotiraga ega bo‘lgan
nazorat-kassa
mashinalarining qo‘llanilish tartibini buzish hollariga tatbiq etilmaydi.
Ammo belgilangan muddatda soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf
etilmagan hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penya
summasi to‘lanmagan taqdirda davlat soliq xizmati organi soliqlar, boshqa
majburiy to‘lovlar va penyani majburiy ravishda undirish choralarini
ko‘radi, shuningdek, tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qo‘llash
to‘g‘risida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qiladi.
Agar davlat soliq xizmati organining qarori budjetga hamda davlat
maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning
tushmasligiga olib kelmagan soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik
uchun tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qo‘llanilishini nazarda tutsa,
tadbirkorlik subyekti qaror nusxasini olgan kundan e’tiboran besh ish
kunidan kechiktirmasdan davlat soliq
xizmati organiga mazkur
huquqbuzarliklardagi aybini tan olganligi va ixtiyoriy ravishda jarima
to‘lashi to‘g‘risida yoki uni rad etishi to‘g‘risida yozma bildirish taqdim
etishi (yuborishi) shart.
Tadbirkorlik
subyekti
soliqqa
oid
huquqbuzarliklarni
sodir
etganlikdagi aybini tan olgan taqdirda belgilangan muddatda davlat soliq
xizmati organiga jarimani (aniq muddatni ko‘rsatgan holda) ixtiyoriy
ravishda to‘lash uchun zarur bo‘lgan muddat berish to‘g‘risida murojaat
qiladi. Jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilgan davlat
soliq xizmati
organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari arizani olgan kundan e’tiboran
ikki ish kunidan kechiktirmasdan tadbirkorlik subyekti tomonidan
so‘ralgan muddatni berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Muddat jarimani
ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun muddat berish to‘g‘risidagi qaror qabul
qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan oshmasligi kerak. Ammo
tadbirkorlik subyekti davlat soliq xizmati organiga yozma bildirish yuborib,
moliyaviy sanksiyalar summalarini to‘lashni undirish to‘g‘risida qaror
qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda amalga
oshirishga haqli.
Mazkur qarorning nusxasi tadbirkorlik subyektiga tilxat olish orqali
yoki tadbirkorlik subyekti qaror nusxasini olgan sanani tasdiqlovchi
boshqa usul orqali topshiriladi. Agar tadbirkorlik
subyektiga qarorning
nusxasini bunday usullar orqali topshirish imkoni bo‘lmasa, u pochta
orqali buyurtma xat bilan jo‘natiladi va jo‘natilganidan uch kun o‘tgach
topshirilgan hisoblanadi.
163
Tadbirkorlik subyekti sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi
aybini tan olganligi va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lash to‘g‘risidagi yoki
uni rad etganligi to‘g‘risidagi yozma bildirishni taqdim etmagan yoxud rad
etganligi to‘g‘risida yozma bildirish taqdim etgan taqdirda, shuningdek,
berilgan muddat ichida jarima to‘lanmagan taqdirda davlat soliq xizmati
organi tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qo‘llash to‘g‘risidagi da’vo
arizasi bilan sudga murojaat qiladi.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining Oʻzbekiston
Respublikasi Soliq kodeksi qoidalariga rioya
etmaganligi davlat soliq
xizmati organining qarori davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi
tomonidan bekor qilinishi yoki mazkur qarorning sud tomonidan haqiqiy
emas deb topilishi uchun asos bo‘lishi mumkin.
Soliq tekshiruvi jarayonida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi
ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llash Oʻzbekiston
Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: