Toshkent davlat yuridik universiteti


Dehqon xo‘jaliklarining yerdan foydalanish huquqi O‘zbekiston



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

Dehqon xo‘jaliklarining yerdan foydalanish huquqi O‘zbekiston 
Respublikasi  Yer  kodeksi  (55-modda)  hamda  “Dehqon  xo‘jaligi 
to‘g‘risida”  gi  qonunning  2-bobi  bilan  tartibga  solinadi.  “Dehqon 
xo‘jaligi  to‘g‘risida”  gi  qonunning  1-moddasiga  muvofiq  “dehqon 
xo‘jaligi  oilaviy  mayda  tovar  xo‘jaligi  bo‘lib,  oila  a’zolarining 
shaxsiy  mehnati  asosida,  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik 
qilish  uchun  oila  boshlig‘iga  berilgan  tomorqa  yer  uchastkasida 
qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtiradi va realizatsiya qiladi”.  
Oilali va qishloq joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan 
fuqarolarga  dehqon  xo‘jaligi  yuritish  uchun  meros  qilib  qoldiriladigan 
umrbod  egalik  qilishga  tomorqa  yer  uchastkasi  sug‘oriladigan  yerlarda 
0,35  gektargacha  va  sug‘orilmaydigan  (lalmikor)  yerlarda  0,5 
gektargacha 
o‘lchamda, 
cho‘l 
va 
sahro 
mintaqasida 
esa 
sug‘orilmaydigan  yaylovlardan  1  gektargacha  o‘lchamda  beriladi. 
Qishloq  joylarda  kamida  uch  yil  yashab  turganlik  to‘g‘risidagi  talab 
yangi  sug‘oriladigan  yer  massivlari  uchun  qo‘llanilmaydi.  Bunda 
dehqon xo‘jaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkasining o‘lchami 
yakka  tartibda  uy-joy  qurish  uchun  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod 
egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkasini hisobga 
olgan holda aniqlanadi.  
Dehqon  xo‘jaligi  yuritish  uchun  yer  uchastkalari  imoratlar  va 
inshootlar qurish huquqisiz beriladi. Mazkur qoida yakka tartibda uy-joy 
qurish  uchun  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilishga  ilgari 
berilgan yoki beriladigan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi.   
Dehqon  xo‘jaligi  yuritish  uchun  beriladigan  yer  uchastkalarining 
aniq  o‘lchamlari  yer  resurslarining  mavjudligi,  aholining  zichligiga 
qarab belgilanadi. Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish 
to‘g‘risidagi qaror tuman (shahar) hokimi tomonidan yer uchastkalarini 
berish  (realizatsiya  qilish)  masalalarini  ko‘rib  chiquvchi  komissiyaning 
ijobiy  xulosasi  asosida  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  qabul 
qilinadi.   
Fuqarolarga  dehqon  xo‘jaligi  yuritish  uchun  0,06  gektar  doirasida 
tomorqa  yer  uchastkalariga  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik 
qilish huquqi kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilinishi mumkin.  


156 
 
Dehqon  xo‘jaligini  yuritish  uchun  yer  uchastkasini  olishga  muhtoj 
bo‘lgan  fuqarolar  yashash  joyidagi  tuman  (shahar)  hokimiga  oilasining 
tarkibini  va  yer  uchastkasining  mo‘ljallangan  joyini  ko‘rsatgan  holda 
ariza beradi.   
Tuman  (shahar)  hokimi  yer  uchastkalarini  berish  (realizatsiya 
qilish)  masalalarini  ko‘rib  chiquvchi  komissiyaning  xulosasi  asosida 
dehqon  xo‘jaligini  yuritish  uchun  fuqarolarga  yer  uchastkalari  berish 
to‘g‘risida  qaror  qabul  qiladi  yoki  arizachiga  yer  uchastkasi  berish 
bo‘yicha asoslantirilgan rad javobini yuboradi.   
Qishloq  joylarda  yashovchi  va  o‘z  mulkida  chorva  mollari  bo‘lgan 
fuqarolarga pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish uchun vaqtincha 
foydalanishga yer uchastkalari berilishi mumkin.   
Dehqon  xo‘jaligi  yurituvchi  oilalar  o‘zlari  etishtirgan  mahsulotni 
tasarruf etishda mutlaq huquqqa, shu jumladan, uni iste’molchilarga o‘z 
xohishiga ko‘ra realizatsiya qilish huquqiga ega.  
Transport,  aloqa,  suv  xo‘jaligi,  baliq  xo‘jaligi,  o‘rmon  xo‘jaligi, 
shuningdek,  xalq  xo‘jaligi  boshqa  tarmoqlarining  korxonalari, 
muassasalari  hamda  tashkilotlari  o‘z  egaligidagi  yoki  foydalanishidagi 
yerlardan ayrim toifadagi o‘z xodimlariga xizmat chek yerlari beradi.  
Dehqon xo‘jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish 
huquqi  asosida  beriladigan  yer  uchastkalari  tomorqa  yer  uchastkasi 
deyiladi.  
 
Qonunchilik  tomorqa  yer  uchastkasiga  quyidagicha  ta’rif  beradi: 
tomorqa  yer  uchastkasi  -  qishloq  xo‘jalik  mahsulotini  erkin  savdo 
hamda  oila  ehtiyojlari  uchun  yetishtirish,  shuningdek,  yakka  tartibdagi 
uy-joy  qurilishi  hamda  uy-joyni  obodonlashtirish  maqsadida  oila 
a’zolaridan  biriga  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilishga 
qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  va  o‘lchamlarda  ajratib 
beriladigan yer uchastkasidir.  
 
Tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik 
qilish huquqi yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik 
qilish  huquqini  beruvchi  davlat  hujjati  bilan  guvohlantiriladi.  (Dehqon 
xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunning 7-moddasi) 
Yangi  tashkil  etilayotgan  dehqon  xo‘jaligi  uchun  tomorqa  yer 
uchastkasi  olish  huquqidan  mazkur  joyda  kamida  uch  yil  mobaynida 
doimiy 
yashab 
kelayotgan 
shaxslar 
foydalanadilar 
(yangi 
o‘zlashtirilayotgan  yer  maydonlari  bundan  mustasno).  Dehqon 


157 
 
xo‘jaligiga  ajratilgan  yerning  chegaralari  naturada  (joyning  o‘zida)  yer 
tuzish  xizmati  organlari  tomonidan  mahalliy  budjet  mablag‘lari 
hisobidan rasmiylashtiriladi.   
 
Dehqon  xo‘jaligiga  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik 
qilishga  berilgan  tomorqa  yer  uchastkalari  xususiylashtirilishi  va  oldi-
sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’ekti bo‘lishi mumkin emas.   
 
Yer  uchastkasiga  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish 
huquqi  kredit  olish  uchun  garovga  qo‘yilishi  mumkin.  Dehqon 
xo‘jaligiga  berilgan  tomorqa  yer  uchastkasi  bo‘linishi  mumkin  emas. 
Tomorqa  yer  uchastkasining  o‘lchami  va  chegaralari  faqat  dehqon 
xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.  
Dehqon  xo‘jaligi  boshlig‘i  vafot  etgan  taqdirda,  tomorqa  yer 
uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi shu 
xo‘jalik  a’zolarining  o‘zaro  kelishuvi  asosida,  dehqon  xo‘jaligi 
faoliyatini  davom  ettirish  istagida  bo‘lgan  xo‘jalik  a’zolaridan  biriga 
meros  bo‘yicha  o‘tadi.  Dehqon  xo‘jaligi  boshlig‘i  mehnat  qobiliyatini 
to‘la  yo‘qotgan  taqdirda,  yer  uchastkasiga  egalik  qilish  va  undan 
foydalanish  huquqi  xo‘jalik  a’zolaridan  biriga  qonun  hujjatlarida 
belgilangan tartibda va shartlarda topshiriladi.  
Dehqon  xo‘jaligi  yer  uchastkasini  olib  qo‘yishga  qonunda  nazarda 
tutilgan hollarda, faqat boshqa teng qimmatli yer uchastkasi berilgandan 
keyin,  dov-daraxtlar,  buzilayotgan  binolar  va  inshootlarning  yoxud 
ularni boshqa joyga ko‘chirish yoki boshqa binolar va inshootlar qurish 
qiymati hamda boshqa barcha xarajatlar (boy berilgan foydani qo‘shgan 
holda)  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  to‘la  hajmda  to‘langan 
holda yo‘l qo‘yiladi. 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish