past yerlar
o‘rtacha
yerlar
yaxshi
yerlar
eng
yaxshi
yerlar
shu jumladan, klasslar bo‘yicha
I
I
I
III
IV
V
VI
VII
VIII
IX
X
bonitet ballari
148
1-10
11-20
21-30
31-40
41-50
51-60
61-70
71-80
81-90
9
1-
10
0
Tuproq bonitirovkasi - tuproq sifatining solishtirma qiymati bo‘lib,
bu yerning o‘rtacha agrotexnik va dehqonchilikdagi ishlab chiqarish
qobiliyatidir. Bonitirovka, qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi
bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u tuproqning xususiyatlarini hisobga
olib tuziladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni foydalanishga
berish tartibi
Yer uchastkalaridan foydalanish maqsadiga qarab qishloq xo‘jalik
korxonalari yerlari tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishga
mo‘ljallangan hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga (uy-
joylar, binolar, inshootlar, yo‘llar va h.k.) bo‘linadi. Suv bilan
ta’minlanganlik darajasiga qarab qishloq xo‘jaligi korxonalari yerlari
sug‘oriladigan yerlar hamda lalmi yerlari toifalariga bo‘linadi.
Yuqoridagilardan tashqari, qishloq xo‘jalik korxonalarining yerlari
xo‘jalik yuritish shakliga qarab jamoa fondi yerlari va dehqon xo‘jaligi
yuritish uchun ajratilgan yerlar toifalariga bo‘linadi.
Ma’lumki barcha qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar
kimning foydalanishida bo‘lishidan qat’i nazar, foydalanish maqsadlari
hamda qonunda belgilangan huquqiy holatlariga ko‘ra ma’lum umumiy
o‘xshashlikka ega. Bunday yerlardan, ya’ni qishloq xo‘jaligi uchun
mo‘ljallangan yerlardan foydalanish huquqining sub’ektlari jismoniy va
yuridik shaxslar bo‘lishlari mumkin. Amaldagi yer qonunchiligiga
binoan yerdan foydalanuvchilar ularga berilgan yerdan faqat qonunda
ko‘rsatilgan maqsaddagina foydalanishlari mumkin. Qishloq xo‘jaligi
korxonalari o‘zlariga berib qo‘yilgan yerlardan, avvalo, qishloq xo‘jalik
ishlab chiqarishini amalga oshirsalar, ikkinchi tomondan, ular yerdan
ishlab chiqarish binolari qurish, yordamchi xo‘jaliklar barpo etish,
qurilish materiallarini ishlab chiqarish, turar-joy va ma’muriy binolar,
madaniy-maishiy binolar qurish uchun ham foydalanadilar.
Qishloq xo‘jalik korxona va tashkilotlarini yer bilan ta’minlash
amalda xo‘jaliklararo yer tuzish usuli bilan o‘tkaziladi. Bunday yer
149
tuzish ishlari bajarayotgan paytda yer uchastkasi chegaralanadi va uning
chegaralari marzalar bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 32-moddasida, yer
uchastkasi ajratib berilganda bu uchastka chegarasi natura holida
(yerning o‘zida) aniqlanib, o‘zga uchastkalardan marza va boshqa xil
chegara belgilari bilan ajratib qo‘yiladi deyilgan.
Tegishli yer tuzish organlari berilgan yer uchastkasi chegarasini
natura holida belgilaganlaridan so‘ng, yerdan foydalanish huquqini
tasdiqlovchi hujjat beradilar. Bu hujjat tegishli hokimiyat organlari
tomonidan beriladi va yerdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi yagona
yuridik hujjat bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi yer qonunchiligiga ko‘ra, qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar quyidagilarga beriladi:
•
qishloq
xo‘jaligi
kooperativlariga
(shirkat
xo‘jaliklariga), boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari
va tashkilotlariga - tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini
yuritish uchun;
•
tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-
ishlab chiqarish xo‘jaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq
xo‘jalik muassasalari va tashkilotlariga - ilmiy-tadqiqot va ta’lim
maqsadlari, tovar qishloq xo‘jaligini yuritish va ilg‘or tajribani
targ‘ib qilish uchun;
•
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga - fermer
xo’jaliklarini yuritish uchun;
•
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga - dehqon
xo‘jaliklarini, yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va
chorvachilikni yuritish uchun;
•
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga - jamoa
bog‘dorchiligi, polizchiligi va uzumchiligi uchun;
•
qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydigan korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarga - yordamchi qishloq xo‘jaligini
yuritish uchun.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollarda yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligini
yuritish, shuningdek, o‘zga maqsadlar uchun berilishi mumkin.
150
Qishloq xo‘jaligi yerlari o‘zga maqsadlarda, qoida tariqasida,
keyinchalik qishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalanish uchun yaroqli
holga keltirish sharti bilan vaqtincha foydalanishga beriladi. (YK 46-
modda)
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi uchun ajratilgan yerlar eng
qimmatli yerlar hisoblanib, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan va
sanoatni xom ashyoga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda o‘ta muhim
ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |