Yer kodeksining 16-moddasi esa
Konstitutsiyada belgilangan ushbu moddaning mantiqiy davomidir.
Aslida ushbu qoida mamlakatimiz qonunchiligida Konstitutsiya qabul
qilinguniga qadar mustahkamlangan edi. Chunki,
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi 1991
yil 31 avgustda qabul qilingan qonunining 7-moddasida O‘zbekiston
Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir, deb
belgilangan.
Shuningdek, ushbu hujjatda
“Respublika hududida yer, yer osti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi va mulki hisoblanadi”,- deb
ta’kidlangan.
42
Ta’kidlash joizki, biz yuqorida keltirgan qonun normalari mazmuni