Toshkent davlat yuridik universiteti


O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2001  yil  14



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2001  yil  14 
sentyabrdagi  №22  sonli  qarori
ga  ko‘ra,  yer  uchastkasi  davlat  yoki 
jamoat  ehtiyojlari  uchun  olib  qo‘yilishi  munosabati  bilan  fuqarolar 
mulkida  bo‘lgan  uylar  (kvartiralar)  buzilgan  taqdirda  mazkur 
fuqarolarga,  ularning  oila  a’zolariga,  shuningdek  ushbu  uylarda 
(kvartiralarda)  doimiy  yashayotgan  fuqarolarga  ularning  hoxishlariga 
binoan  taraflar  kelishuviga  ko‘ra  barcha  qulayliklarga  ega  bo‘lgan, 
avvalgisiga teng qiymatli uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam 
bo‘lmagan sahndagi turar joy mulk qilib beriladi. Yer uchastkasi davlat 
yoki  jamoat  ehtiyoji  uchun  olib  qo‘yilishi  munosabati  bilan  ijarachi 
yashayotgan 
uyi 
(kvartirasi) 
buzilishi 
oqibatida 
uydan 
ko‘chirilayotganda  sud  yer  uchastkasini  davlat  yoki  jamoat  ehtiyojlari 
uchun  olib  qo‘yish  haqidagi  tegishli  hokimlikning  qarori  mavjudligini 
tekshirishi  lozim.  Bunday qarorning  mavjud  emasligi  da’voni  rad  etish 
uchun asos bo‘ladi
2
.   
O‘zbekiston  Respublikasi  yer  qonunchiligiga  ko‘ra  yer  uchastkasi 
mulkdoriga  uning  huquqlari  qonuniy  asoslarda  bekor  qilinishi 
munosabati  bilan  ham  zarar  yetkazilishi  mumkin.  Yer  kodeksining  36-
moddasiga  ko‘ra  yer  uchastkalariga  bo‘lgan  mulk  huquqi  belgilangan 
tartibda quyidagi hollarda bekor qilinadi:  
1)  savdo  va  xizmat  ko‘rsatish  sohasi  ob’ektlari,  shuningdek  uy-joy 
binolari  va  boshqa  binolar  yoki  binolarning  bir  qismi  shu  binolar 
joylashgan yer uchastkalari bilan birga sotilganda; 
2)  davlat  va  jamoat  ehtiyojlari  uchun  savdo  va  xizmat  ko‘rsatish 
sohasi  ob’ektlari,  shuningdek  uy-joy  binolari  va  boshqa  binolar  yoki 
binolarning  bir  qismi  ular  joylashgan  yer  uchastkalari  bilan  birgalikda 
qayta sotib olinganda; 
3)  qonunda  belgilangan  hollarda  savdo  va  xizmat  ko‘rsatish  sohasi 
ob’ektlari,  shuningdek  uy-joy  binolari  va  boshqa  imoratlar  yoki 
imoratlarning  bir  qismi  ular  joylashgan  yer  uchastkalari  bilan  birga 
musodara etilganda.  
 
2
 O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarining to’plami. 1999-2005, 220-229 b. 


47 
 
Yer  uchastkasining  egalik  qiluvchisi,  foydalanuvchisi,  ijarachisi 
hamda mulkdori yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlardan voz kechishidan 
yaqqol dalolat beruvchi xatti-harakatlar (chet elga jo‘nab ketganlik, yer 
uchastkasidan 
belgilanganidan 
ko‘proq 
muddat 
davomida 
foydalanmaslik) sodir etgan taqdirda, bu yer uchastkasi qonun hujjatlari 
bilan belgilangan tartibda egasiz mol-mulk tariqasida hisobga olinadi.  
Yer  uchastkasiga  bo‘lgan  huquqlardan  voz  kechish  mazkur  yer 
uchastkasining  egalik  qiluvchisi,  foydalanuvchisi,  ijarachisi  hamda 
mulkdori  majburiyatlarining,  yer  uchastkasi  boshqa  shaxsga  berilgunga 
qadar,  biroq  voz  kechilgan  paytdan  yoki  egasiz  mol-mulk  tariqasida 
davlat  ro‘yxatiga  olingan  kundan  e’tiboran  uzog‘i  bilan  bir  yil 
mobaynida, bekor qilinishiga sabab bo‘lmaydi.  
Shuningdek, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Yer 
kodeksining  
42-moddasida  qaysi  hollarda  yer  egalari,  yerdan  foydalanuvchilar,  yer 
uchastkalari  ijarachilari  va  mulkdorlari  huquqlarining  cheklanishi 
belgilangan.  Unga  ko‘ra  yer  egalari,  yerdan  foydalanuvchilar,  yer 
uchastkalari 
ijarachilari 
va 
mulkdorlarining 
huquqlari 
davlat 
manfaatlarini, 
atrof 
muhitni 
muhofaza 
qilish, 
muhandislik 
kommunikatsiyalari qurish va ulardan foydalanish manfaatlarini, boshqa 
yer  egalari,  yerdan  foydalanuvchilar,  yer  uchastkalari  ijarachilari  va 
mulkdorlarining  manfaatlarini,  shuningdek  fuqarolar  xavfsizligini 
ko‘zlab faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda cheklanishi mumkin.  
Ta’kidlash joizki, yer uchastkasi mulkdoriga qonunga zid ravishda, 
ya’ni  noqonuniy  asoslarda  zarar  yetkazilganda,  keltirilgan  zarar 
fuqarolik  qonunchiligi  normalari  bilan  qoplanadi.  Ushbu  holatni  biz 
umumiy  asoslardagi  fuqarolik-huquqiy  javobgarligi  tushunchasiga 
kiritib,  uni  o‘ziga  xos  xususiyatlari  bilan  alohida  ajratib  ko‘rsatamiz. 
Ya’ni, yer uchastkasi mulkdoriga noqonuniy asoslarda yetkazilgan zarar 
sodir etilgan huquqbuzarlik natijasi bo‘lib, bunday huquqbuzarliklar yer 
uchastkasining huquqiy muhofazasi ta’minlanmaganda kelib chiqadi.  

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish