Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

Xorijiy tajriba! 
 
Yer uchastkalari mulkchilikning qanday shaklida bo‘lishidan hamda 
qanday  maqsadda  foydalanilishidan  qat’i  nazar  insonlarning  yashash 
manbai  bo‘lib  hisoblanadi.  Shu  sababli  ham  mamlakatimizda  qishloq 
xo‘jalik  maqsadlarida  foydalanish  uchun  ajratilgan  yer  uchastkalaridan 
bir  yil  davomida,  uy-joy  yoki  boshqa  bino-inshoot  qurish  uchun 
ajratilgan  yer  uchastkalaridan  ikki  yil  davomida  foydalanish  ishlari 
boshlanmasa  ushbu  yer  uchastkasi  davlat  tomonidan  olib  qo‘yilishi 
mumkin.  Bugungi  kunda  qonunga  asosan  xususiylashtiriladigan  yerlar 
aholi  punktlarining  qurilish  yerlariga  to‘g‘ri  keladi.  Shahar  (posyolka) 
va  qishloq  aholisining  yashash  yerlari  mamlakatimiz  butun  yer 
fondining  0,5  %  ini  tashkil  qiladi.  Eng  asosiysi  esa,  yer  davlat  hududi 
hisoblanadi.   
Davlatning  yer  fondini  boshqarish  faoliyati  yer  uchastkalariga 
nisbatan  xususiy  mulk  huquqi  joriy  etilgan  sharoitda  o‘ziga  xos 
xususiyatlarga  ega  bo‘ladi.  Shu  sababli  davlat  nafaqat  yer  fondini 
boshqarishga  vakolatli  organ  sifatida  faoliyat  yuritadi,  balki  yer 
uchastkalari  xususiy  mulkdorlarining  huquq  va  manfaatlarini  himoya 
ham  qiladi.  Shuningdek,  davlat  yer  uchastkalari  fuqarolar  va  yuridik 
shaxslarga qanday shaklda tegishli bo‘lishidan qat’i nazar (ular xususiy 
yoki  davlat  mulkchiligida  ekanligiga  qaramay)  ma’muriy-hududiy 
boshqaruvni amalga oshirish orqali ularga ta’sir o‘tkazadi.   
O‘zbekiston  Respublikasida  yer  fuqarolik  muomalasi,  aylanmasiga 
kiritiladi,  deyish  mumkin.  Mamlakatimizda  1994  yil  24  noyabrda 
Respublika  Prezidenti  tomonidan  “Yerdan  foydalanish  samaradorligini 
oshirish to‘g‘risida”gi farmoni (№ PF-1009) qabul qilingach, tuman va 
shaharlarning  hokimliklariga  fuqarolarning  meros  qilib  qoldirish  sharti 
bilan umrbod egalik qilishlari uchun yakka tartibda uy-joy qurishga 0,04 


44 
 
gektargacha,  shaxsiy  yordamchi  xo‘jalikni  yuritishga  0,06  gektargacha 
yer maydonini kimoshdi savdosi asosida sotishga ruxsat berilgan. Ya’ni, 
mamlakatimizda  fuqarolik  huquqida  nazarda  tutilgan  yerga  nisbatan 
ashyoviy huquqlarni sotish tartibi joriy qilingan.   
O‘zbekiston  Respublikasida  fermer  xo’jaliklarining  yerga  bo‘lgan 
ijara  huquqi,  dehqon  xo‘jaliklarining  yerga  nisbatan  meros  qilib 
qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish  huquqi  bankdan  kredit  olish  uchun 
garov  ob’ekti  bo‘lishi  mumkin.  Shuningdek,  fermer  xo’jaligi  boshlig‘i 
vafot  etgan  taqdirda,  yer  uchastkasini  ijaraga  olish  huquqi  qonun 
hujjatlariga  muvofiq  ijaraga  olish  shartnomasining  amal  qilish 
muddatiga meros bo‘yicha o‘tadi.  
Mamlakatimizda  quyidagi  yer  uchastkalari  fuqarolarga  xususiy 
mulk  sifatida  berilmaydi  va  kimoshdi  savdolarida  meros  qilib  qoldirish 
sharti bilan umrbod egalik qilish uchun sotilmaydi: 

 
Shahar  va  shaharchalardagi  umumiy  foydalanishdagi 
yerlar  (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, soxil bo‘ylari, 
istirohat  bog‘lari,  skvyerlar,  xiyobonlar,  suvni  muhofaza  qilish 
zonalari, cho‘milish joylari va boshqalar).  

 
Tabiat yodgorliklari, botanika bog‘lari yerlari.  

 
Sog‘lomlashtirish  va  tarixiy-madaniy  maqsadlarga 
mo‘ljallangan yerlar.  

 
Yer  osti  boyliklaridan  foydalanish  va  ularni  qo‘riqlash 
uchun berilgan yerlar.  

 
Xavfli 
moddalar 
bilan 
zararlangan 
va 
biogen 
zaharlanishga uchragan yerlar.  

 
Shaharlarni  rivojlantirish  bosh  rejalarida,  mukammal 
rejalashtirish  loyihalarida  va  ob’ektlarni  (savdo  va  xizmat 
ko‘rsatish  sohasi  ob’ektlaridan  tashqari)  joylashtirish  sxemalarida 
nazarda tutilgan yerlar.  

 
Bosh yo‘llarga tutash yerlar.  

 
Elektr  quvvati  uzatish  liniyalari,  kabel  liniyalari  va 
podstansiyalar,  issiqlik,  suv  va  kanalizatsiya  trassalari  hamda  gaz 
quvurlari,  umumdavlat  aloqa  liniyalari  uchun  ajratilgan  yerlar  va 
ulardagi inshootlar,  suv xo‘jaligi inshootlari.  
Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish huquqi har bir davlatda 
uning  tabiiy  iqlim  sharoiti,  iqtisodiy  rivojlanish  darajasi,  aholining 
ijtimoiy  tabaqalanishi,  eng  asosiysi  ushbu  toifa  yerlarning  huquqiy 
rejimidan kelib chiqib, yerga nisbatan davlatning mulk huquqi, xususiy 


45 
 
mulkchilikni  belgilash  va  uni  huquqiy  ta’minlash  masalalari  turli 
holatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.   

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish