TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR
...................................218
4
KIRISH
Yer barcha tabiiy resurslar ichida o‘ziga xos alohida huquqiy
maqomga ega. Mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan
demokratik huquqiy davlat qurish jarayonida ijtimoiy, iqtisodiy,
madaniy jihatdan aholining turmush darajasini oshirish singari ustuvor
vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda yer boyliklaridan oqilona
foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu yo‘nalishdagi
islohotlarni
amalga
oshirishda
ayniqsa
qishloq
xo‘jaligida
ixtisoslashuvni kuchaytirish hisobiga uni jadal su’ratlar bilan
rivojlantirish va sohani industrlash muhim ahamiyatga ega ekaligini
inobatga
olsak,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoevning “Qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish bo‘yicha ustivor
vazifa - avvalo, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishdir”
1
,- degan
fikri yerga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishda hal
qiluvchi ahamiyatga egadir.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi umumiy
yer maydoni hozirda 44896,9 ming gektarni tashkil etadi. Respublika
bo‘yicha korxona, tashkilot, muassasalar, fermer xo’jaliklari va
fuqarolarning foydalanishidagi jami yerlar 44410,3 ming gektarni,
shundan sug‘oriladigan yerlar 4312,2 ming gektarni yoki umumiy yer
maydonining 9,7 foizini tashkil qiladi.
Markaziy Osiyo sharoitida yer nihoyatda noyob tabiiy resurs bo‘lib,
mintaqada ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy, demografik vaziyat, ta’bir joiz
bo‘lsa, siyosiy barqarorlik ham ko‘p jihatdan uning holatiga, undan
oqilona va samarali foydalanish darajasiga bevosita bog‘liq. Chunki,
aholi soni muntazam oshib borayotgan va unga qarshi o‘laroq, unumdor
yerlar miqdori sekin-astalik bilan kamayib borayotgan bir sharoitda
mavjud unumdor yer zaxiralaridan oqilona va samarali foydalanish
hamda uni muhofaza qilish choralarini ko‘rib borish dolzarb muammo,
davlat ekologik siyosatidagi markaziy masalalaridan bo‘lib qolmoqda.
Zero, yer ekologik tizimning tarkibiy qismi sifatida atrof tabiiy muhit
barqarorligini ta’minlash, davlat suvereniteti va iqtisodiyotning moddiy
asoslarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir.
1
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Tadbirkorlar va ishbilarmonlar
harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s’ezdidagi ma’ruzasi. Demokratik islohotlarni izchil
davom ettirish, xalqimiz uchun tinch va osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish-barqaror taraqqiyot
kafolatidir// Xalq so‘zi, 2016 yil 2 noyabr, №216 (6651)
5
Yer resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish, yer
mulkdorlari, egalari, yerdan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlari tizimini yaratish, bu sohada
qonun ustuvorligiga erishish jamiyatning muhim ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy ahamiyatga molik vazifalaridan biridir. Zero, davlatning
iqtisodiy salohiyati, jamiyatning moddiy negizi va fuqarolarning
farovonligi ko‘p jihatdan tabiatning bebaho boyligi hisoblangan yerga
nisbatan qonuniylikni ta’minlash, yerdan qonun talablari asosida
foydalanish, yer qonunchiligini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, yer
munosabatlari sohasida huquq-tartibotni ta’minlash kabi vazifalarni hal
qilishga bog‘liq bo‘ladi.
Shu sababli ham fuqarolar va yuridik shaxslar yer to‘g‘risidagi
qonunlarni yaxshi bilishlari, ularga og‘ishmay rioya qilishlari va
amaliyotga to‘g‘ri tatbiq qila olishlari lozim bo‘ladi. Ushbu darslik
aynan ana shu maqsadga xizmat qilishi uchun e’tiboringizga havola
etilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, yerlarni muhofaza qilish va
ulardan
foydalanish
sohasidagi
milliy
qonunchilik
tizimini
takomillashtirish, mavjud qonun hujjatlari normalarini amalda to‘g‘ri
qo‘llash va ushbu mexanizmni rivojlantirish uchun hozirgi zamon
talablariga javob beradigan malakali yurist kadrlarni tayyorlash talab
etiladi.
Aynan shu kabi maqsadlar ko‘zlangan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2013 yil 28 iyundagi PQ–1990–son “Yuridik kadrlarni
tayyorlash
tizimini
yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroriga va 2017 yil 28 apreldagi PQ–2932–son
“Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini
tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” gi qarorlariga muvofiq, zamonaviy yuridik fanning
yutuqlarini, davlat-huquqiy, sud, huquqni muhofaza qilish, huquqni
qo‘llash sohalaridagi demokratik o‘zgarishlar tajribasini inobatga olgan
holda huquqiy fanlar va predmetlar bo‘yicha yangi avlod darsliklarini
tayyorlanishi ko‘zda tutilib, yuridik ta’lim tizimining fundamental
negizini tubdan isloh qilish va yaxshilashning poydevori yaratildi. Shu
ma’noda mazkur “Yer huquqi” darsligi ham yuqoridagi maqsadlarga
erishishga xizmat qiladi.
Darslikda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar, ularga
kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar inobatga olingan. Darslikda
zamonaviy yer huquqining dolzarb mavzulari qamrab olingan.
6
Shuningdek, keltirilgan mavzular doirasida xorijiy davlatlar tajribasi
ham bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |