Yerga oid huquqiy normalarning tuzilishi
– yerga oid huquqiy
normalarning ichki mazmuniga qarab ajratilishi. Ular quyidagi tuzilishga
ega: gipoteza-huquqiy normalarning harakat shartlarini ifodalovchi
normalar; dispozitsiya-gipotezali me’yorlarda ko‘rsatilgan holat va
shartlar mavjud bo‘lgan tarzda yerga oid huquqiy munosbat
sub’ektlarining harakatlarini ko‘rsatuvchi normalar; sanksiya-yer qonun
hujjatlarini buzuvchilarga nisbatan qo‘llanuvchi choralarni belgilovchi
huquqiy muhofaza normalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |